Mundarija: I. Kirish. II. Asosiy qism


Yunon-Baqtriya podsholigining tashkil topishi va kuchayishi


Download 0.87 Mb.
bet2/3
Sana02.06.2020
Hajmi0.87 Mb.
#113126
1   2   3
Bog'liq
Qadimgi Baqtriya KURS ISHI


2. Yunon-Baqtriya podsholigining tashkil topishi va kuchayishi. Iskandar vafotidan so`ng u tuzgan saltanat bir necha katta-kichik davlatlarga bo`linib ketgan. Ularning biri Salavkiylar davlati edi. Bu davlatning hukmdori Salavka I Nikator bo`lgan. O`rtayer dengizining sharqiy sohilidan O`rta Osiyo va Hindiston chega-ralarigacha bo`lgan yerlar Salavka davlati tarkibida edi.

Salavka vafot etgach, uning vorislari davrida sharqiy viloyatlarda qo`zg`olonlar boshlanadi. Bundan salavkiylarning Baqtriyadagi noibi Diodot ham foydalanadi. U mahalliy zodagonlarning xayrixohligiga tayanib miloddan avvalgi 250-yilda o`zini Baqtriya podshosi deb e`lon qiladi.8

Davlat ishlariga yunonlar va mahalliy baqtriyalik zodagonlar jalb qilinganligi uchun bu davlat Yunon-Baqtriya podsholigi deb ataldi. Bu davlatning asosi dastlabki Baqtriya bo`lgan, uning poytaxti Zariasp edi. Keyinchalik bu shahar Baqtr nomi bilan mashhur bo`lib ketdi.

Diodot I va Diodot II lar davrida Yunon-Baqtriya So`g`diyona, Marg`iyona, Choch, Davon, Sharqiy Eron hisobiga kengayadi. Miloddan avvalgi 230-yili So`g`diyona noibi Evtidem I qo`shinlari Diodot II qo`shinlarini yengib Baqtriya taxtini egallaydi.



Miloddan avvalgi 208–206-yillarda Salavka podshosi Antiox III bilan Evtidem I o`rtasidagi ikki yilga cho`zilgan urush, sulh bilan tugaydi. Antiox III Evtidemning shohligini tan olishga majbur boladi. Chunki shu davrda shimoldan ko`chmanchi qabilalar xavf solib turgan edi. Evtidem I va uning o`g`li Demetriy davrida Yunon-Baqtriya kuchayib Seyistondan Hind daryosigacha bo`lgan yerlar Yunon-Baqtriya podsholigiga qo`shib olinadi.

3. Yunon-Baqtriya podsholigining parchalanishi va qulashi. Miloddan avvalgi 175-yilda podsho Demetriy Hindistonda jang olib borayotgan edi. Shu davrda uning sarkardasi Yevkradit qo`zg`olon ko`tarib Yunon-Baqtriya taxtini egallaydi. Demetriy esa janglarning birida halok bo`ladi. Shundan keyin podsholik ikkiga bo`linib ketadi. Birinchisi Yevkradit va uning vorislari boshqargan Yunon-Baqtriya, ikkinchisi Demetriy va vorislari boshqargan Yunon-Hind davlatlaridir.

Miloddan avvalgi 162-yili Yevkradit Panjobga qo`shin tortib uni bosib oladi. Lekin ko`p o`tmay Yunon-Hind shohi Menandr qo`shinlari Yevkradit qo`shinlarini Panjobdan uloqtirib tashlaydi.

Shu davrda Parfiya podshosi Mitridat I Yunon-Baqtriyaning g`arbiy viloyatlarini bosib oladi. Miloddan avvalgi 160-yili Yevkradit bilan o`g`li Geleokl o`rtasida janjal chiqadi. Yevkradit o`z o`g`li Geleokl tomonidan o`ldiriladi. Geleokl davrida Yunon-Baqtriya davlati kuchsizlanib, uning ixtiyorida Baqtriyagina qoladi. Miloddan avvalgi 140–130-yillar orasida shimoli-sharq va shimol tomondan sak va yuechji qabilalarining shiddatli hujumlari boshlanadi. Bu hujumlar natijasida Yunon-Baqtriya davlati ag`darib tashlanadi. Shu bilan 120 yil davr surgan Yunon-Baqtriya davlati ham barham topadi.



4. Yunon-Baqtriya podsholigining ijtimoiy tuzumi, xo`jaligi va madaniyati. Yunon-Baqtriya o`sha zamonning quldorlik davlatlaridan biri bo`lgan. Yunon-Baqtriya davlati tepasida podsho turgan. Podsholik taxti otadan o`g`ilga meros bo`lib o`tgan. Podsholikmulklari viloyatlargabo`linib, uni viloyat hokimlari – gipparxlar boshqarganlar. Gipparxlar esa to`g`ridan-to`g`ri podshohlarga itoat etganlar.9

Podsholikning Yunon-Baqtriya qismida urug`i Hindistondan keltirilgan paxtaham ekilgan. Ehtimol ipak qurti ham boqilgandir.

Podsholikda qo`y, echki, qoramol, ot, tuya, qo`tos, o`rgatilgan fil, it va parranda boqqanlar. Yunon-Baqtriya otlari va tuyalari juda mashhur bo`lgan.

Boshqa joylarga qaraganda Yunon-Baqtriyada shaharlar ko`p bo`lgan. Shuning uchun qadimgi tarixchilar Pompey va Apolloderlar Yunon-Baqtriyani «ming shaharlar mamlakati», deb bejiz aytishmagan. Eng yirik shaharlar Baqtra, Termiz, Yevkratideya, Demetriya, Aleksandriya va boshqalar bo`lgan. Bu shaharlarlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topgan.

Yunon-Baqtriyada savdo-sotiq ham juda rivojlangan edi. Yunon-Baqtriya slpmoldan janubga, sharqdan g`arbga o`tadigan karvon yo`lining qoq o`rtasida joylashgani savdo-sotiqning rivojlanishiga imkon bergan. Yunbn-Baqtriya savdogarlari va podsholari Hindiston, Xitoy, Parfiya davlatlari, Oks va Yaksart bo`yi xalqlari bilan savdo, iqtisodiy va madaniy aloqalar olib borganlar. Yunon-Baqtriya podsholari savdoda qo`llaniladigan oltin va kumush tangalar chiqarganlar. Yunon-Baqtriya madaniyatining ildizlari uzoq o`tmishga borib taqaladi. Buni biz miloddan avvalgi X–V mingyilliklarga mansub Zarautsoy suratlari misolida ko`ramiz.

Yunon-Baqtriyada yunon va mahalliy baqtr madaniyatining aralashuvi natijasida ellin madaniyati vujudga kelgan. Haykaltaroshlik, rassomchilik, naqqoshlik kabi tasviriy san`at ham rivoj topgan. Yunon-Baqtriyada hindlarning buddizm, zardushtiylik va yunonlarning ko`p xudolik dinlari aralashib ketgan edi.

Yunon-Baqtriya davlati 130–140 yil yashadi. Lekin u yerda yashagan xalqlar yuksak madaniyat yaratib qo`shni xalqlar madaniyatiga barakali ta`sir ko`rsatgan. Bu madaniyatning rivojida O`rta Osiyo, xususan o`zbek xalqi bobokalonlarining ham katta xizmati bor.

Mamlakatning keyingi taraqqiyoti Kushon podshlogi bilan bog’liq bo’lgan. Tadqiqotchilaming fikricha, Yunon-Baqtriya davlatining chegaralari doimiy mustahkam bo‘lmasdan, harbiy-siyosiy vaziyatdan kelib chiqib o‘zgarib turgan. MiLavv. III asming oxirlari 0 ‘rta Osiyo janubidagi harbiy-siyosiy vaziyat haqida Polibiy ma’lumot beradi. Uning yozishicha, Salavqiylar tomonidan Baqtriyada qamal qilingan Yevtidem ulaming hukmdori Antiox III ga “chegarada ko‘chmanchi qabilalar turganligi va ular chegaradan o‘tadigan bo‘lsa har ikkala tomonning ham ahvoli og‘ir bo‘lishi mumkinligini” bildiradi. Bu ko‘chmanchilar mil.avv. III asming oxirlarida Zarafshon daryosiga qadar deyarli butun Sug‘dni egallagan bo‘lib, bu hududlar Yunon-Baqtriya davlatining vaqtinchalik shimoliy chegarasi edi. Shuningdek, g‘arbiy Hisor tog‘lari ham shimoliy chegaralar boigan boiishi mumkin. Yunon-Baqtriya davlatining gullab-yashnagan davri mil.aw. III asming ikkinchi yarmi va II asming birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Janubiy hududlardagi o‘sha davrga oid Jondavlattepa, Dalvarzin (pastki qatlamlar), Oyxonim, Qorabog‘tepa kabi yodgorliklardan hokim saroylari, ibodatxonalar, turar-joy, mehnat va jangovar qurollar, turli hunarmandchilik buyumlari hamda ko‘plab tanga pullaming topilishi bu hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi rivojlanish jarayonlaridan dalolat beradi.

Yunon Baqtrya Osiyodagi eng yirik davlatlaridan biri bo`lgan. U ravnaq topgan vaqtda Turonning sharqiy, janubi-sharqiy viloyatlari, g`arbiy Xitoy, Baqtriya va Hindistonning katta qismini egallagan edi. Podsholik yerlarining katta-katta maydonlari tog`lardan iborat. Hind, Oks, Gang, Braxmaputra va Jamna daryolarining bo`ylari tekisliklardan iborat bo`lgan. Bu o`lka hayvonot, o`simliklar, yer osti va usti qazilma ashyolariga juda boy edi.

O`lkaning boy tabiiy sharoiti bu yerda qadimdan odamlarning yashashlari uchun imkon bergan. Bu o`lkada ilk tosh asridan beri aholi yashab keladi. Podsholik katta maydonni egallagani uchun unda – hind, tohar, sug`d, baqtra, yunon, usun va boshqa qabila va elatlar yashaganlar.

Shak qavmlariga mansub yuechji qabilalari Markaziy Osiyoning g`arbiy qismida yashar edilar. Yuechjilardan sharqdagi bepoyon dashtlarda esa xunn qabilalari yashar edilar. Uzoq yillar mobaynida yuechjilar o`tloq talashib xunnlar bilan kurash olib borganlar. Bu janglarda goh xunnlar, goh yuechjilar g`olib chiqar edilar. Keyinchalik xunnlar kuchayib, yuechjilarni Markaziy Osiyodan g`arbga chekinishga majbur qilganlar. Ular dastlab Oloy va Dovonga (Farg`ona vodiysi) ko`chib, so`ng So`g`diyona, Shimoliy Baqtriyaga, undan esa Janubiy Baqtriya bo`ylab tarqalganlar. Yuechjilar xyumi, shuanji, guyshan, xise va dumi kabi bir-biriga qarindosh qabilalardan iborat edilar. Aynan ushbu qabilalar Yunon baqtrya davlatiga bostirib kirib barham bergan.10

Bir tomondan yuechji, ikkinchi tomondan ko`chmanchi saklarning shiddatli hujumlari natijasida Yunon-Baqtriya davlati ag`darib tashlanadi. Guyshan qabilasining sardori Kudzula Kadfiz qolgan 4 qabilani birlashtirib Kushon davlatiga asos solgan va o`zini «Shohlar shohi» deb e`lon qilgan.Shu tariqa

Kushon podhlogi tashkil topgach u Parfiya bilan zafarli urushlar olib boradi. Kanishka davrida Qashqar, Yorkent va Xutan ham Kushon saltanati tarkibiga kiradi. Shu davrda Kushon saltanatining yerlari Hindistondan Orol dengizigacha, Parfiyadan Xutongacha yoyilgan edi. Bu davrda Kushonlaf saltanatining poytaxti Baqtradan Peshavarga ko`chirilgan.Aynan Kushon podsholigiga ham Baqtrya asosan tasir o’tkazgan.Unda Baqtryada bo’lgan siyosiy tizim joriy qilingan..

Xo’jalik rivojlangan davrida xo`jalikning hamma tartnoqlari rivoj topdi. Gang, Hind, Oks, Jamna kabi katta-kichik daryolarning bo`ylaridagi unumdor yerlar dehqonchilikning markazlari edi. Yunon Baqtrya davrida suv omborlari, kanallar, ariqlar va suv inshootlari qurilishiga katta e`tibor berilgan. Ziroatkorlar bug`doy, arpa, sholi, g`o`za, tariq, kunjut, mosh, no`xat kabi ekinlar ekib, ulardan mo`1 hosil olganlar. Dehqonlar podsholikning O`rta Osiyo qismida qovoq, bodring, qovun, tarvuz ekib polizchilik bilan shug`ullanganlar. Podsholikning ko`p joylarida, ayniqsa tog` va tog` oldi yerlarida, bog`bonlar olma, nok, o`rik, gilos, shaftoli, anor, anjir kabi mevali daraxtlarni ekib parvarish qilganlar. Kushonlar pod-sholigi davrida chorvachilik ham ancha rivoj topadi.

Baqtrya davrida hunarmandchilik ham rivoj topgan. Podsholikda temirchilik, to `qimachilik, kulolchilik, qurolsozlik, me`morchilik, zargarlik, kemasozlik ancha rivoj topgan edi. Hunarmandchilikning yirik markazlari – shaharlar va yirik qishloqlar bo`lgan.

Baqtrya davrida savdo-sotiq ham rivoj topgan edi. Hind savdogarlari «Buyuk Xitoy yo`li» va boshqa savdo yo`llarining tarmoqlari orqali Xitoy, O`rta Osiyo, Old Osiyo mamlakatlari bilan savdo qilganlar.

Yunon Baqtrya podsholigida juda ko`p xalqlar va elatlar yashaganlar. Shuning uchun ularning madaniyati rang-barang bo`lgan. Bu narsa tasviriy san`atda, diniy e`tiqodda ham o`z aksini topgan. Yunon Baqtrya podsholigidagi qabila va elatlar buddizm, zardushtiylik va ibtidoiy din shakllariga e`tiqod qilganlar.

Yunon Baqtrya davrida ilmiy-amaliy bilimlar – falsafa, tarix, geografiya, tabobat, matematika kabi fanlar rivoj topgan edi. Kushon madaniyati Qadimgi Hindiston va O`rta Osiyo xalqlarining mashaqqatli mehnati bilan yaratilgan.

.

2.4.Qadimgi Sug‘diyona.

Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O‘rta Osiyoda eng qadimgi davlatning shakllanish jarayoni dehqon-chorvachilik iqtisodiyoti, ixtisoslashgan xunarmandchilik va shahar markazlarining paydo bo‘lishi bilan o‘zviy bog‘liqdir. Hozirgi kunga qadar olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari bu hududlarda ilk temir davridagi ijtimoiy-siyosiy rivojlanishning ayrim muhim masalalarini yangicha yondashuv asosida izohlashga imkoniyat yaratadi. Ammo, shunga qaramasdan bu masala to‘liq yechimini topmagan bo‘lib, xususan, O‘rta Osiyodagi eng qadimgi davlatlar shakllari va sanasi bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular shular jumlasidandir.

Ilk temir davri O‘rta Osiyo ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim o‘rin egallagan Sug‘diyona o‘lkasi turli qadimgi manbalarda Sug‘da, Sug‘uda, Sug‘diyona nomlari ostida eslatib o‘tiladi. Bu nomlarning kelib chiqishi va ularning ma’nosi haqida hozirchi aniq fikr yo‘q. Ayrim tadqiqotchilar (V.Tomashek) bu nomni eroncha “SUS” – “yonmoq, yaltiramoq, nur taratmoq” so‘zidan olingan desa, ayrimlari (O.Smirnova) bu “Gava sug‘uda” atamasi “hosildor vohalar o‘lkasi” degan ma’noni beradi deb hisoblaydilar. Avestoning Yasht kitobida tilga olingan “Sug‘d makoni Gava” – Sug‘diyonaning eng qadimgi viloyati bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra (A.Sagdullayev), Gava (Gau) – “buqa”, “poda”, Qashqadaryo vohasi bilan bog‘lanadi. Bu so‘z viloyatning juda ko‘p geografik nomlarida takrorlanib saqlangan (Gavdara, Gauxona, Gaumurda, tog‘lar Gau, cho‘qqi Gau va boshqalar).11

Hozirgi Qashqadaryo va Zarafshon vohalarini (Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqardaryo viloyatlari, Tojikistonning Panjikent atroflari) o‘z ichiga oluvchi Qadimgi Sug‘diyona va Sug‘diylar haqida ilk yozma manbalarda ma’lumotlar deyarli kam. Avestoda viloyatlarning nomi ikki xilda ko‘rsatilgan – Gava Sug‘da va alohida Sug‘da. Gerodot esa Sug‘diylarni ikki marotaba – Ahamoniylar davlatining XVI satrap o‘lkasidagi xalqlarni sanab o‘tganda va forslarning qo‘shinlari safida jangchi – sug‘diylarning o‘rnini ko‘rsatib berganda tilgan olgan. Ammo tarixchi Sug‘d shaharlari, daryolari, tog‘lari, hududiy chegaralari haqida bizga hech qanday ma’lumotlar qoldirmagan. Ahamoniylar mixxatlari Sug‘diyona haqida asosan rasmiy darajada e’lon qiladilar va turli xil tarixiy muammolarni o‘rganishda ulardan foydalanish og‘ir kechadi. Gekatey, Ktesiy va Ksenofont asarlarida Sug‘diylar haqida ma’lumotlar yo‘q.

Aleksandr Makedonskiy davri va so‘nggi yunon-rim tarixshunoslari asarlarida tarixiy-geografik ma’lumotlar ancha keng berilgan. Sug‘diyonadagi alohida joylarda, viloyatlar, qal’alar – Nautaka, Ksenippa, Maroqanda, Bagi, Basileya – “podsho shahri”, Politemet-Zarafshon, “Oksiart, Sug‘d qoyasi” va boshqa xabarlar shular jumlasidandir.

Bu ma’lumotlar asosida turli fikrlarga ega bo‘lish mumkin. Dastavval, mill. avv. IV asrga kelib, sug‘diylarning hududiy joylashuvi, ularning yashash uchun foydalangan asosiy yerlarining chegaralari, daryo vohalari va viloyatlari aniqroq ko‘rinadi. Ammo, bu jarayonning tarixiy an’analari – sug‘diylarning yoyilishi, o‘troq vohalarining paydo bo‘lishi va shu joylarda yirik shahar markazlariga asos solinishi yanada qadimgi davrlarga borib taqaladi.

Qadimgi viloyatlarning joylashuv hududlari anchagina muammoli masala bo‘lib, tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlariga (jumladan, Sug‘diyonaga ham) ko‘chmanchilarning hujumi-bu hududlarda davlat uyushmalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin edi.12

Arxeologik topilmalarning ma’lumot berishicha, Qashqadaryo havzasi, Surxon vohasi va Shimoliy Afg‘oniston hududlarida mil. avv. X-VIII asrlarga oid uncha katta bo‘lmagan va mustahkamlangan o‘troq dehqonchilik manzilgohlari haqiqatdan ham ko‘chmanchilarning otliq kamonchilari hujumlariga dosh berolmas edilar. Ammo, bunday manzilgohlardan kuchli harbiy to‘qnashuvlar va siyosiy qarama-qarshiliklardan dalolat beruvchi yong‘in hamda vayrongarchilik izlari aniqlanmagan. Undan tashqari, bu hududlarda yangi yerlar jadallik bilan o‘zlashtirilgan va o‘troq aholi bilan chorvador ko‘chmanchi aholi qo‘shnichilikda yashashgan (Zarafshon va Qashqadaryo quyi oqimlari).

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, aholi soni va zichligining o‘sib borishi, hosildor yer maydonlarining o‘zlashtirilishi va o‘troq manzilgohlar sonining oshib borishi natijasida yaylovlar qisqarib, chorva yemishiga talab ortib boradi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning jadallik bilan rivojlanishi aholi joylashuvining hayotiy zarur hududlarga bo‘linib ketishiga olib keladi. Bunday sharoitda chorvador aholining ma’lum qismi xo‘jalikning yarim o‘troq va haydama chorvachilik shakliga o‘tishga majbur bo‘ladilar. Shuning uchun ham O‘rta Osiyodagi mill. avv. VI-IV asrlarga oid ko‘chmanchilar yodgorliklari o‘troq aholi hududlari chegaralarida (Orolbo‘yi, shimoliy Turkmaniston, Zarfshonning quyi oqimi, Pomir va boshqa) joylashganligi tasodifiy hol emas. A.Sagdullayevning fikricha, nisbatan yirik siyosiy uyushmalarning paydo bo‘lishiga O‘rta Osiyo o‘troq va ko‘chmanchi aholisi o‘rtasidagi doimiy siyosiy qarama-qarshiliklar sabab bo‘ladi.

Aholi aralash joylashuvi hududlarida o‘troq viloyatlar siyosiy uyushmalarining shakllanishiga turtki bo‘lgan omillardan biri, O‘zbekiston janubidagi dasht hududlarda joylashgan ko‘chmanchi qabilalar hujumi xavfi edi. Mil. avv. VII-VI asrlarga kelib bunday hujumlar tez-tez bo‘lishi muqarrar edi. Chunki, O‘rta Osiyoning ko‘pgina tog‘ va dasht hududlarida yilqichilik va chorvachilik keng tarqalib, ko‘chmanchilarning o‘zlari esa jangovar qurollanishda katta muvaffaqiyatlarga erishib, jiddiy harbiy xavf tug‘dira boshlaydilar.


O‘rta Osiyodagi eng qadimgi davlat uyushmalari haqida so‘z borar ekan, eng qadimgi shaharlarni ifodalovchi mustahkamlangan markazlarga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Chunki, eng qadimgi shaharlar dastlabki davlatlarning markazlari sifatida shakllanadi va bu masala ko‘pgina tadqiqotchilar tomonidan maxsus ko‘rib chiqilgan, hamda rivojlanish taraqqiyotining turli davrlari bilan belgilangan.

Hozirgi kunga kelib olingan yangi ma’lumotlar asosida bu masalaga birmuncha aniqliklar kiritildi. Hususan, shuni alohida ta’kidlash lozimki, Qadimgi Baqtiriya va Sug‘diyona hududlarida I ming yillikning boshlariga oid eng qadimgi rivojlangan shahar harobalari uchramaydi, ilk temir davri shaharlarining rivojlanishi esa mil. avv. VII-II asrlarga oiddir.

Mil. avv. VIII asrning oxiri – VII asrga kelib qadimgi O‘zbekiston hududidagi manzilgohlar rivojlanishida jadallik bilan o‘zgarishlar boshlanib, Baqtriya, Marg‘iyona va Sug‘diyona hududlarida o‘zida shaharsozlik belgilarini (mustahkam devorlar, saroylar, burjlar, xandaqlar, devorlardagi o‘q otish yo‘laklari va boshqa) aks ettiruvchi manzilgohlarning soni 20 tadan ziyodroq. Asosiy manzilgohlar esa (maydoni 5 gektardan kam) qishloq qo‘rg‘onlari, uncha katta bo‘lmagan alohida qal’alar va dehqonchilik qishloqlaridan iborat. Shaharlar turiga kiritish mumkin bo‘lgan, kattagina qo‘rg‘onli mustahkamlangan manzilgohlar ayrim qadimgi dehqonchilik vohalarida (Surhon, Qashqadaryo, Zarafshon havzalari va boshqa) bitta yoki ikktadan ko‘p bo‘lmagan.13

Ilk temir davri Sug‘diyonada, alohida hududiy tartib guruhida bo‘lib markaz vazifasini bajargan bir necha manzilgohlar turlari mavjud edi. Bular maydoni 5 gektardan 15 gektargacha bo‘lib, tuman – voha markazi vazifasini bajaruvchi markazlar – Daratepa, Konimex, Chordara; maydoni 20 gektardan 80 gektargacha bo‘lgan viloyat markazlari vazifasini bajarishi mumkin bo‘lgan shaharlar – O‘zunqir, Yerqurg‘on, Xo‘ja Bo‘ston; bir necha viloyatlar markazi vazifasini bajaruvchi shaharlar – Afrosiyob (Maroqanda) va Buxoro kabilardir.


Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda, hunarmandchilik muassasalari yirik manzilgohlar ichida markazlashib boradi. Bu manzarani Afrosiyob topilmalari tasdiqlaydi. Bunday manzilgohlar asta – sekinlik bilan hunarmandchilik, savdo va madaniy markazlarga aylanib boradi. Bu jarayonda qadimgi yo‘llar nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lganligini ta’kidlab o‘tishimiz joizdir. Afrosiyob, O‘zunqir, Yerqurg‘on kabi ko‘hna shaharlar O‘rta Osiyo shimoliy dasht hududlardan keluvchi yo‘llar ustida joylashgan.

Tadqiqotchi Sh.Odilov Sug‘diyonada, xususan Buxoro va Zarafshon vohalarida topib tekshirilgan ilk temir davriga oid arxeologik ma’lumotlarni boshqa hududlar bilan solishtirib chuqur tahlili etadi. Buxoro hududlaridan topilgan “ahamoniylar davri” yodgorliklari uncha katta bo‘lmagan hududlarda joylashgan bo‘lib, bu yerlarning keng hududlarga yoyilgan etno-madaniy viloyat tarkibiga kiritish lozimki, ilk temir davrida bu hududlarda tashqi ko‘rinishi bir xil bo‘lgan dehqonchilik madaniyati shakllanadi. Bu etno-madaniy viloyat dastavval Amudaryo vohasi (Xorazm, Marg‘iyona, Baqtriya), Janubiy Sug‘d, markaziy Sug‘dning bir qismi, Buxoro Sug‘dining shimoli – g‘arbiy va shimoliy – sharqiy hududlari, shuningdek, Ustrushona kabi tarixiy viloyatlarini o‘z ichiga olgan.

Qadimgi Baqtriya hududlaridan ko‘chib borish bevosita Amudaryo, Surxon, Qashqadaryo suv havzalari va ularning irmoqlari orqali bo‘lib o‘tgan. So‘nggi bronza davridayoq Qashqadaryo yuqori oqimlarida mavjud bo‘lgan madaniyat sohiblari tog‘lar orqali Markaziy Sug‘d (Samarqand) hududlariga yetib keladilar. Zarafshon vohasiga kelsak, Sh.Odilovning fikricha, Markaziy Sug‘dning kattagina, qismi (bir tomondan Afrosiyob qo‘hna shahri atroflari va Ko‘ktepa, ikkinchi tomondan, Sarmishsoy va Konimex yodgorliklarigacha) so‘nggi bronza va “ahamoniylar davri”da (mil. avv. IV asrning boshlarigacha) umuman o‘zlashtirilmagan edi. Ammo, bizning fikrimizcha, aynan mana shu davrda Janubiy Sug‘dning kattagina qismi o‘troq dehqonchilik aholisi tomonidan egallanib, daryo vohalari va tekisliklar xaydama dehqonchilik aholisi tomonidan o‘zlashtirilib, bu hududlar haydama dehqonchilikka ixtisoslashgan edi.
Qo‘shni Qadimgi Baqtriyaning kattagina hududlarida ham aynan mana shu jarayonni ko‘zatishimiz mumkin.

SH.Odilov, G‘arbiy Sug‘dda mil. avv. VI-V asrlardagi qishloqlar paydo bo‘lishini O‘rta Amudaryo tomonidan aholining kirib kelishi bilan bog‘laydi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar O‘rta Osiyoda davlatchilik tarixining boshlanishi janubiy hududlarda boshlanib markaziy va shimoliy hududlarga yoyilgan deb hisoblanadi.

Arxeologik manbalarning ma’lumot berishicha, mil. avv. VII-VI asrlarga kelib O‘rta Osiyoning janubida ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy munosabatlar anchagina murakkablashadi. Bu o‘rinda Qadimgi Baqtriya ma’lumotlarini keltirib o‘tish joizdir.

Agar Midiya saltanatining sharqiy chegaralari Shimoliy Parfiya va Ariyani o‘z ichiga olganligini hisobga oladigan bo‘lsak, midiyaliklarning Baqtriyaga harbiy xavf tug‘dirishi aniq edi va yana bir harbiy hujum havfi shimoldagi ko‘chmanchi qabilalar bo‘lib, bu holat Baqtriya davlat uyushmasi paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin edi. Kir II ning O‘rta Osiyoga yurishi-Ahamoniylarning Baqtriya va sak-massaget uyushmasi kabi jiddiy raqiblari mavjud bo‘lganligining dalilidir. Forslar O‘rta Osiyo janubiy vloyatlarini bosib olganlaridan keyingina, ya’ni, mil.avv. 530 yilda sak – masagetlar ustiga yurish boshlaydilar. Demak, bu paytga kelib Baqtriya harbiy – siyosiy uyushmasi tarkibiga Baqtriyadan tashqari Marg‘iyona va Sug‘diyona ham kirgan edi.

Bizning fikrimizcha, O‘rta Osiyo hududlarida ilk davlat uyushmalarining paydo bo‘lishida harbiy-siyosiy omillardan tashqari ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar ham katta ahamiyatga ega edi. Chunki, siyosiy jihatdan shakllangan davlat yoki uyushma iqtisodiyotsiz taraqqiyot bosqichiga ko‘tarila olmaydi.

Eng so‘nggi arxeologik tadqiqotlar natijalarini tahlil etar ekanmiz, Qiziltepa (Surxondaryo), Yoztepa (Turkmaniston), O‘zunqir, Yerqo‘rg‘on (Qashqadaryo), Afrosiyob, Ko‘ktepa (Samarqand) kabi ko‘hna shahar va manzilgohlar sopol buyumlari va qurilish usullari bir-biriga nihoyatda o‘hshash ekanligining guvohi bo‘lamiz. Ammo, Yerqo‘rg‘on, Kuchuktepa, Qiziltepa, Yoztepadan topilgan mil. avv. IX-VII asrlarga oid buyumlarga o‘xshash buyumlar Xorazm hududlaridan shu paytga qadar topilmagan.

Demak, qurilish usullari va moddiy madaniyatdagi o‘zaro o‘xshashlik, mil. avv. I ming yillikning boshlari Baqtriya, Marg‘iyona va Sug‘diyona hududlari o‘rtasida hech bo‘lmaganda etnik tarixiy – madaniy birlik mavjud bo‘lganligidan dalolat berib, bu o‘xshashlik savdo-sotiq munosabatlari, o‘zaro almashinuv va qadimgi savdo-tranzit yo‘llariga ham bog‘liq edi. Mil. avv. VI asrga kelib esa, Xorazm mustaqil davlat sifatida tashkil topadi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, o‘zaro almashinuvda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Xorazmdagi ilk temir davri savdo-tranzit yo‘llari voha ichidagi ichki yoki ikkinchi darajadagi yo‘llar vazifasini o‘tar edi. Asosiy savdo yo‘llari esa Baqtriyadan Janubiy Sug‘d (Qashqadaryo), Markaziy Sug‘d (Samarqand) orqali Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysiga o‘tib ketardi.

Arxeologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi va ixtisoslashgan hunarmandchilik natijasida bronza davridayoq O‘rta Osiyo hududlarida ijtimoiy tabaqalanish va mulkiy tengsizlik paydo bo‘ladi. Bu jarayon faqat ichki sabablarga bog‘liq bo‘lmay, Yaqin Sharqdagi yuqori darajada rivojlangan an’anaviy tarixiy-madaniy aloqalarga ham bog‘liq edi. Har bir jamoaning rivojlanishi uning ichki qonuniyatlaridan kelib chiqsa ham, dastlabki markazlardan bo‘ladigan tashqi ta’sir chetdagi viloyatlarning taqdirida katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin edi.14

O‘zbekiston hududlaridan yangi arxeologik ma’lumotlar ilk davlat uyushmalari paydo bo‘lishini yanadi kengroq izohlash imkonini yaratadi. Bu ma’lumotlarga qaraganda, ilk temir davri umumiy jamoalardagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni bir necha kichik oiladan iborat uy jamoalari tashkil etgan. Manzilgohlar joylashuvining tashqi belgilariyoq katta oilali uy jamoalari ancha yirik uyushmalarga kirganligidan dalolat beradi. Boshqaruv tartibida katta oilalar jamoasi boshliqlari yoki uy hujayinlari, shuningdek, alohida qishloq qo‘rg‘onlarini boshqaruvchi eski jamoalar katta o‘rin tutgan. Har bir katta oila mumkin bo‘lgan qarindoshlik aloqalariga qaramasdan alohida uyga, ishlab chiqarish buyumlariga ega bo‘lishgan, o‘zining qishloq hujalik mahsulotlari zahiralari va chorvalari bo‘lgan yoki o‘zining iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan xo‘jalikni aks ettirgan.

Olib borilgan tadqiqotlar natijalarini solishtirib va umumlashtirib shunday xulosaga kelish mumkinki, Sug‘diyona hududlariga odamlar eng qadimgi davrlardayoq kirib kelib, tog‘oldi hududlari, daryo vohalari, keyinchalik esa, dasht hududlariga tarqaladilar.



Bu hududlarda mavjud bo‘lgan qo‘lay tabiiy sharoit – ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratgan.

Turli qadimgi manbalarda Sug‘diyona nomi tilga olinsa ham, alohida davlat sifatida eslatilmaydi. Bu hol tadqiqotchilarning turli bahslariga sabab bo‘lishiga qaramasdan, arxeologik tadqiqotlar bu masalaga ko‘pgina aniqliklar kiritadi. Darslik muallifi bu tadqiqotlarni tahlil qilib va boshqa ma’lumotlarni umumlashtirib shunday hulosa chiqaradi.:

Mil. avv. I ming yillikning boshlariga oid tarixiy – madaniy yodgorliklar Sug‘diyona hududlarida davlatchilik tarixi aynan mana shu davrdan boshlanganligidan dalolat beradi.15


  • Sug‘diyona davlatchiligi tarixida nafaqat chetdan bo‘lgan tashqi ta’sir, balki, ichki omillar imkoniyatlarining ham ahamiyati katta bo‘ldi;

  • Mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmida Sug‘diyona Baqtriya davlati doirasida nafaqat siyosiy, balki etnik-madaniy birlikni tashkil etardi. Qurilish usullari , me’morchilik san’ati va moddiy madaniyatdagi o‘xshashlik fikrimiz dalilidir. Zero, bunday o‘xshashlik iqtisodiy, madaniy munosabatlar hamda siyosiy birlik asosida paydo bo‘lishi mumkin edi;

  • Makedoniyalik Aleksandr yurishlaridan keyingi davrlarda Sug‘diyona mustaqil davlat sifatida mavjud bo‘lib, qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni yanadi rivojlantiradi.

Xulosa.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mil.avv. V-IV asrlarda Xorazm va unga qo‘shni bo‘lgan hududlarni urbanizatsiya jarayonlari qamrab olgan edi. Natijada bu hududlarda tarixiy-madaniy dehqonchilik vohalari paydo bo‘ladi va ular ilk davlatchilikning asosi edi. Mil.avv. VI asrdan boshlab esa hozirgi Xorazm vohasida davlatchilik shakllanib u qadimgi Sharq sivilizatsiyasi markazlaridan birga aylanib bordi.

Baqtriyaning Ahamoniylar davlati tarkibiga kirganligi haqida yozma va arxeologik ma’lumotlar nisbatan ko‘pchilikni tashkil etadi. Arxeologiya ma’lumotlariga ko‘ra, milloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalariga kelib, Amudaryodan kechuv joyida va daryo yoqalab yo‘llar bo‘yida qal’alar (SHo‘rtepa, Talashqon, Termiz, Xirmontepa) bunyod etiladi. Bu holatni olimlar Ahamoniylar ma’muriyatining Baqtiriyadan Sug‘dga o‘tuvchi yo‘llarni qattiq nazoratda tutgan bo‘lishi mumkinligi bilan izohlaydilar. Bu davrga kelib Baqtriya aholisi joylashuvida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Bronza davrida o‘troq dehqonchilik manzilgohlari asosan Baqtriyaning shimoli-g‘arbida markazlashgan bo‘lsa, keyinroq bu ko‘lam kengayib shimoli-sharqiy qismlarni ham qamrab oladi. Tog‘ oldi hududlaridagi vohalarda aholi turmush tarzi yanada qizg‘inlashib borgan bo‘lsa, Surxondaryo, Konfirnihon, Vaxsh, Yavansuv atroflarda yangi vohalar o‘zlashtiriladi.


Adabiyotlar:

1.Siyosiy adabiyotlar


  1. Karimоv I. A. Bizdan оzоd va оbоd Vatan qоlsin. T.2. – T., 1996. – 379 b. Karimоv I. A. Vatan sajdagоh kabi muqaddasdir. T. 3. – T., 1996. – 366 b. Karimоv I. A. Хavfsizlik va barqarоr taraqqiyot yo`lida. T. 6. – T., 1998. –b.

  2. Karimоv I. A. Хavfsizlik va tinchlik uchun kurashmоq kеrak. T. 10. – T., 2002. – 432 b.

  3. Karimоv I. A. Tinchlik va хavfsizligimiz o`z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irоdamizga bоg`liq. T. 12. – T., 2004. – 400 b.

  4. Karimоv I. A. Yuksak ma’naviyat – еngilmas kuch., 2008. – 176 b.

  5. Karimоv I. A. Mamlakatimizni mоdеrnizatsiya qilish yo`lini izchil davоm ettirish – taraqqiyotimizning muhim оmilidir // POSTDA. – 2010. – 11 dеk.

  6. Karimоv I. A. O`zbеkistоn Rеspublikasi ichki ishlar idоralari хоdimlariga bayram tabrigi // POSTDA. – 2007. – 25 оkt.

  7. Mirziyoyev Sh.M. “Erkin va farovon, demakratik O’zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqi.-T.: “O’zbekiston” , 2016.-56.

  8. Mirziyoyev Sh.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi ” mavzusidagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. - T.: “O’zbekiston” , 2016.-48.

  9. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. - T.: “O’zbekiston” , 2016.-102 b.

  10. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. - T.: “O’zbekiston” , 2016.- 488 b.


2.Tarixiy adabiyotlar

1..Azamat Ziyo O‘zbek davlatchiligi tarixi: (Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar). T., 2000.

2..Axmadjonov Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoda. T., 2003

3.Ismoilova J. Farg‘ona vodiysida milliy ozodlik kurashlari. T., 2003.

4..Istoriya Uzbekistana. – T.: Fan, 2012.

5..Sagdullayev A.S. Qadimgi O‘rta Osiyo tarixi. T., 2004.

6..Sagdullayev va boshqalar. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. T., 2000.

7..Tarix shohidligi va saboqlari: chorizm va sovet mustamlakachiligi davrida O‘zbekiston milliy boyliklarining o‘zlashtirilishi. \ Loyiha rahbari, mas’ul muharrir: D.A.Alimova. – T.: Sharq, 2001.

8.Murtazayeva R.H. O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag‘rikenglik. –Toshkent: Universtitet, 2007.

9.O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 13-jildlik. T.: O‘zME, 2000-2006.

10.O‘zbekiston tarixi. T.: Universitet, 1997.

3.Internet malumotlari

1.Wikipedia

2.Ziyonet.uz

3.Mirking.com



V.Ilova






Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling