Mundarija: I. Kirish. Kon haqida umimiy ma’lumot
Yer osti uchastka marksheyderi quyidagi vazifalarni Qizil-olma shaxtasida amalga oshirgan
Download 1.94 Mb.
|
kurs ishi marksheyderiya adxamov samandar
Yer osti uchastka marksheyderi quyidagi vazifalarni Qizil-olma shaxtasida amalga oshirgan:
-O`ziga biriktirilgan uchastkada tayanch tarmoqlarini belgilash uchun teodolit, nevelir va taxeometrda tasvirga olish ishlarini olib boradi , tasvirga olingan ma`lumotlarni qog`ozga tushiradi va kon laximlarining grafik xujjatlarini to`ldirib boradi; -O`lchash ishlarini olib boradi va bu o`lchash va tasvirga olish ishlari natijasida qazib olinayotgan foydali qazilmaning xajmini xisoblash, foydali qazilmaning yo`qotilishini (nobudgarchilik) va sifatsizlanishini ,kon laximlarini to`xtatish yoki davom ettirish kerakliligini aniqlab beradi; -Kov joyidagi tozalash ishlari chegarasini va boshqa ma`lumotlarni aniqlab beradi; -Kon laximlariga loyixa profillari bo`yicha yo`nalish berish, o`ziga biriktirilgan uchastkada o`lchash va xisoblash ishlarini olib borish, kon laximlaridan oqilona foydalanish uchun kalendar rejalar tuzishda qatnashish; -Kon laximlari uchun tasdiqlangan kalendar reja va loyixa ma`lumotlariga binoan kon laxmining to`g`ri o`tilayotganligini nazorat qilish; -Eski ,suv bosgan va xavfli kon laximlarida xavfsiz ish olib borilishini nazorat qilish; -Ximoya seliklarining shaxtada to`g`ri o`tilishini nazorat qilish va xisoblash; -Geologik xizmat bilan foydali qazilmaning zaxirasi yo`qotilishini (nobudgarchilik) ,qonun xujjatlari bilan tasdiqlangan normativ xujjatlarga binoan foydali qazilmaning yo`qotilishi (nobudgarchilik) va sifatsizlanishini nazorat qilish; -Shaxta bosh marksheyderining ko`rsatmalariga binoan umumiy marksheyderlik ishlarida qatnashadi; -Marksheyderlik ishlarini bajarish uchun maxsus yon daftarcha tutadi. Bu yon daftarchaga kon laximlarini o`tishdagi barcha kamchiliklarni buzilishlarni va ulardan oqilona foydalanish uchun o`zining taklif va muloxazalarini qayd qilib boradi; -Kon laximlarining loyixaga binoan o`tilayotganligini , o`zgarganligini va marksheyderlik xizmatiga tegishli bo`lgan boshqa talablarning buzilmaganligi xaqida shaxta bosh marksheyderiga xabar beradi; -Loyixasiz o`tilayotgan va xavfli laximlarda baryer seliklarida xavfsiz ish olib borilishini ,to`g`ri kon laxmi o`tilishini nazorat qiladi; -Foydali qazilma konlarida qurilyotgan va rekonstruksiya qilinayotgan kapital ishlarning to`g`ri bajarilayotganligini nazorat qiladi. Agar bu ishlarning noto`g`ri olib barilishi natijasida kon laximlarida xavfli gazlar, kon laximlarining xavfli deformatsiyalanishi va kon laximlariga xavfli ko`p mikdorda talofatli suv kirishi mumkin bo`lgan xolatlarga olib kelsa shaxta bosh muxandisigaga darxol xabar berishi kerak; -Xavfli xududlarda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan talofatli va mavsumiy suvlarni bartaraf etishda ularga yo`nalish berish va yo`nalish malumotlarini qog`ozga tushirishi kerak; -O`z boshlig`i, yuqori tashkilotlar tomonidan beriladigan buyruqlar farmoyishlarni kon laximlarida to`g`ri bajarilayotganligini nazorat qiladi. Qizil-olma oltin konida bugungi kunga kelib Marksheyderlik bo`limi quyidagi burchak o`lchash, masofa o`lchash asboblari va nivelirlardan iborat: - N-3 Niveliri - 4T30P Teodoliti - Elektron taxeometr - Svetodolnomer Foydalanilgan adabiyotlar 1.Marksheyderlik ishi I.I.Inagamov 2.Geodeziya va marksheyderiya V.N.Popov 2004 3.Marksheyderlik ishi Popov V.N.,Kalbekov T.I.:Nedra,2002 4.Abdullayev A.A. Geodeziya asoslari Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling