Mundarija: I. Kirish. Kon haqida umimiy ma’lumot


-usul: 1050-balandlikda kapital shtolnya va 2ta ruda ko`tarish ko`r stvoli va yuqoridan to pastki qismigacha shamollatish stvoli bilan, 2-usul


Download 1.94 Mb.
bet2/6
Sana14.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1357640
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi marksheyderiya adxamov samandar

1-usul: 1050-balandlikda kapital shtolnya va 2ta ruda ko`tarish ko`r stvoli va yuqoridan to pastki qismigacha shamollatish stvoli bilan,
2-usul:birinchi usuldagi vertikal kletli stvollar o`sha koordinatalari bilan,
3-usul:shamollatish va qiya stvollari bilan ochilgan.
1-usulda asosiy kon laxmi bo`lib 1050-m balandlikda joylashgan kapital shtolnya xisoblanadi.Kapital shtolnyaga kirish uchun № 10 qidiruv shtolnyasidan foydalinadi, bu shtolnyaning uzunligi 2010 m.Shtolnyaning mustaxkamligi past,turg`un bo`lmagan jinslardan tashkil topganligi uchun beton va temir beton mustaxkalagichlardan foydalanilib mustaxkamlagich o`rnatilgan.Shtolniyaning 1105m gorizonti konning sharqiy qismi kletli ko`r stvol bilan va +985m,+925m va +865m gorizontlari bilan ochilgan.Yuqorigi gorizontlardan qazib olingan rudalar rudatushirgichlar orqali, pastli gorizontlarda joylashgan rudalar esa ko`r kletli stvol bilan kapital shtolnyaga yetkaziladi.
2-usulda esa kon ikkita stvollar bilan shaxta maydoni xududida ochiladi.
Qazib olingan foydali qazilma ruda ko`tarish stvoli orqali yuqoriga yetkaziladi.
3- usulda esa vertikal ruda ko`tarish stvoli bilan birga qiya transport stvoli bilan ochilgan, bu usulda 20 tonnali avtosamosval avtopoyezdlar МСАЗ -6401 bilan tashish mo`ljallangan.
Qiya stvolning yuklash stansiyasidan yuqori qismigacha uzunligi 3200 metr ko`ndalang kesim yuzasi 21.0m2 .Qiyalik burchagi 50.Qazib olingan foydali qazilma kapital rudatushirgichlardan vagon va avtosamosvalga yuklanadi va yuqoriga chiqariladi,undan keyin esa avtosamosvallarda Angren rudani qayta ishlash fabrikasiga tashiladi.
Qazib olish tizimi.
Yuqorida ko`rsatilgan ishlarni olib borish uchun nim qavatli qulatish tizimidan foydalaniladi.Bu qazib olish tizimi xorij rudniklarida keng tarqalganliginko`rsatadi.”Kurina”(SHvetsiya),“Mufurila”(Zambiya),”Stobe”(Kanada).Bu rudniklarda nim qavat balandligi 10-15m qabul qilingan.
Vertikal skvajinalarni burg`ilash aravachasi yordamida burg`ilanadi.
Yuklash ishlari yuklash tashish mashinasida(PDM) yoki kovishli turdagi avtosamosvallarda amalga oshiriladi.
Qizil-olma konida tog jinslarining turg`unligini va mustaxkamligini oshirish uchun nim qavatlari orasidagi masofa 10 metrdan kam bo`lmasligi talab etiladi.Konning sharqiy nim qavatlarida ochuvchi shtrek, g`arbiy nim qavatlarida esa tashish shtreki va ruda tanasiga xar 7 metrda ortlar o`tilgan.
Bunday tartibdagi ishlar rudaning yo`qolishini ,sifatsizlanishini, bo`shoqlanishini eng minimal darajada bo`lishini taminlaydi va imkonini yaratadi.
Rudalarni buzib olish faqatgina paralel skvajinalarni ketma –ket portlatish orqali amalga oshiriladi.
Skvajinalarning qiyalik burchagi 700-900 skvajinalar orasidagi masofa esa 1.2-1.8m. Rudani olish faqat yon ustki chegaralari puch tog jinsiga qadar olish mumkin
Bu qazish tizimida asosan rudaning sifatli maydalanganligiga , sifatli yuklash va tashish ishlari olib borilishi talab etiladi.Rudaning sifatli maydalanishi uchun skvajinalarni brizantli portlatuvchi moddalardan foydalanib zaryadlash maqsadga muvofiq.
Nim qavat shtreklarini, ortlarni mustaxkamlash asosan gumbazli temir beton mustaxkamlagichlaridan foydalaniladi.
Bu mustaxkamlash turida skvajinalarni mustaxkamlagich romlari orasidan burg`ulash imkonini yaratadi.
Bu qazib olish tizimining yuqori unumdorligini va kon ishlari xavfsizligini tashkil etish uchun ishlar ketma –ketligining to`g`ri tashkil etilishi, kesuvchi, ochuvchi va tajribaviy qidiruv kon laximlarini to`g`ri olib borish natijasida maksimal unumdorlikga erishish mumkin.
Rudani qazib olishda portlatuvchilar ,laxim o`tuvchilar ,burg`ilash va yuklash ishlari mashinistlarini brigadalarga ajratish tavsiya etiladi.




QIZIL-OLMA KONING TOPOGEODEZIK ISHLARI TAHLILI

Angren topograf – marksheyder partiyasi markaziy aerogedezik korxonasi tomonidan “Razvedochnaya”, Ventilyatsionnaya” shaxtalarida, “Qizil –olma” maydonida topogeodezik ishlarni amalga oshirgan.


Ishlar 2003- yil may – iyun oylarida markaziy aerogeodezik korxonasi va Olmaliq tog‘ – metalurgiya OAJ (OAO AGMK) kelishuvi asosida amalga oshirilgan.
Ishlar “Razvedochnaya”, Ventilyatsionnaya”shaxtalarida kirish punktlariga ustun qo`yish va aniqlash, hamda +925 m gorizontida marksheyderlik tayanch tarmogini markazlashtirish va barpo qilishdan boshlangan..Ishlar maxalliy koordinat tizimda va Boltiq balandlik tizimida amalga oshirilgan.
ARU OAO AGMK “Qizil-olma” maydoni O`zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatida joylashgan. Karta varaqasi masshtabi 1:100000(K-42-104). “Razvedochnaya”, Ventilyasionnaya”shaxtalari sanoat maydonchasi Angren shahridan g‘arb tomonda 7 km masofada joylashgan va u asfalt yo‘li bilan bog‘langan.
Ishlab chiqarish ishlarini bajarishda quyidagi meyoriy – texnik hujjatlardan foydalanilgan:

  1. 1:5000, 1:2000, 1:1000, 1:500 masshtabida topografiya suratga olish yo`riqnomasi bo‘yicha, 1982 yil nashri.

  2. Marksheyderlik ishlari bo‘yicha yo‘riqnoma, 1987 y.

  3. Kapital, marksheyderlik va maxsus topografiya geodezeya ishlari bo‘yicha yo‘riqnoma.1984 y.

  4. Marksheyder ishlari bo‘yicha texnik hisobotlarni tuzish tartibi, RTM, GKIN-6-141-81, 1981 y.


Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling