Mundarija I. Kirish…


Urug’shunoslik fanining maqsadi va vazifasi


Download 83.17 Kb.
bet2/8
Sana02.05.2023
Hajmi83.17 Kb.
#1421782
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'simlik uruglarining saqlash usullari

1. Urug’shunoslik fanining maqsadi va vazifasi
Donli ekinlarda don hosil bo’lish jarayoni 1870 yilda A. Novas­kiy tomonidan o’rganilgan. Bug’doyda: sut, sariq (mum), to’la va pishib o’tgan fazalar aniqlanadi. Don hosil bo’lishi uch bosqichga bo’linadi: shakllanish, to’lish va pishish.Nafas olish. Namlik yuqori bo’lganda urug’lar qiziydi, mog’orlaydi, ekinboplik va tovar xossalarini yo’qotadi.
Urug’larning hosil yig’ishtirilgandan keyin pishib yetilishi. Hosilni yig’ishtirishdan to’la unuvchanlikkacha bo’lgan davr fiziologik yoki hosil yig’ishtirilgandan keyingi pishish davri deyiladi. Bu ko’rsatkich o’simlikning turiga, naviga bog’liq.
Makkajo’xori va esparsetda bu davr juda qisqa – bir necha kun, bug’doy, arpa, tariq, kungaboqar, g’o’zada – 30-40 kun va undan ham uzoqroq bo’lishi mumkin. Urug’lar quritilib, oftobga yoyilsa hosilni yig’ishtirishdan keyingi pishish tezlashadi. Urug’lardagi bu xususiyat turni saqlab qolishdagi muhim ekologik moslanishdir.Urug’larning alohida tipdagi tinim davri – qattiq urug’ shakli­dir. Bunday tinim davri dukkaklilarda ayniqsa, dukkakli o’tlarda kuza­ti­ladi. Qattiq urug’ laboratoriya sharoitida o’stirilganda po’stini suv o’tkazmasligi tufayli bo’rtmaydi, hajmi kattalashmaydi. Havo quruq va issiq sharoitda pishgan urug’larda qattiq urug’lar ko’p hosil bo’ladi, salqin, sernam havoda esa aksincha. Urug’lar po’stini jarohatlab ekishga tayyorlashga skarifikasiya deyiladi. Dukkakli ekinlar urug’ining po’sti zich bo’lganligi uchun ular 100 yilgacha tirik saqlanishi mumkin. Bug’doy, arpa, suli, makkajo’xori, sho­lida bu ko’rsatkich 5-10 yil, biologik tirikligi 15-30 yil davom etadi.
Dala unuvchanlik urug’larning dala sharoitida aniqlangan unuvchan­ligidir. Urug’larning dala unuvchanligi laboratoriya unuvchan­likdan farq qilib ekilgan unuvchan urug’larga nisbatan hisoblanadi. Dala unuvchanlik hamisha laboratoriya unuvchanligidan past bo’ladi. Urug’larning dala unuvchanligi urug’larning sifatiga, agrotexnik sharo­itga, ekologik omillarga bog’liq bo’ladi.
Donli ekinlarning dala unuvchanligi 65-85 % bo’lsa, qand lavlagi va ko’p yillik o’tlarniki undan ham past bo’ladi.
Urug’larning o’sish energiyasi, laboratoriya unuvchanligi, o’sish kuchi yuqori bo’lsa urug’larning dala unuvchanligi shuncha yuqori bo’ladi. Tup­roqda nam yetarli bo’lmasa, ekish juda erta yoki kech o’tkazilsa urug’larning dala unuvchanligi pasayib ketadi. Urug’lar mexanik ja­rohatlanganda ham dala unuvchanlik kamayadi, bunday hollarda urug’larni dorilash bu kamchilikni bartaraf qiladi (infeksiyani yo’q qiladi).
Yirik urug’larda dala unuvchanligi yuqori bo’ladi. YUqori, shu­ning­dek, past harorat, begona o’tlar, zararkunandalar, namlikning yetish­mas­ligi, urug’ni juda chuqur yoki yuza ekish, tuproqning zichlanmas­ligi ham urug’lar dala unuvchanligini pasaytiradi. Dala unuvchanlik ekolo­gik va agrotexnik omillarga bog’liq holda 17 % dan 80 % gacha o’zgarishi mum­kin.«Qishloq xo’jalik ekinlarining urug’i, sifatini aniqlash usul­lari» kitobida urug’lar sifatini aniqlash usullari bo’yicha davlat standartlari belgilangan. «Urug’larning navdorlik va 2ekinboplik si­fatlari» kitobida hamma dala ekinlarining sifatiga qo’yilgan talab­lar keltirilgan: tozalik, namlik, urug’lar kasalliklari va boshqa ko’rsatkichlar.Ekinboplik sifatlariga ko’ra urug’lik sinflarga bo’linadi. Urug’lik uchun ekilgan dalalarda faqat I sinf urug’lar, ishlab chiqarishda I va II sinf talablariga javob beradigan urug’lar ekiladi. Ko’pgina ekinlar uchun I sinf urug’larda unuvchanlik 95 %, tozaligi 99 % dan kam bo’lmasligi kerak, III sinf urug’lari ayrim hollardagina umu­miy ekin­zorlarga ekish uchun ruxsat etilishi mumkin. O’zbekistonda urug’lik sifatlarini aniqlashni «O’zDavurug’nazo-ratmarkaz» va uning viloyat hamda tumanlardagi bo’limlari amalga oshi­radi.
Urug’larning ekinboplik va hosildorlik sifatlariga ekologik hamda agrotexnik omillar katta ta’sir ko’rsatadi. Urug’lik yetishtirila­yotgan mintaqa va ob-havo sharoiti ekologik omillarning asosini tash­kil qiladi.
Urug’lik ob-havo sharoiti qulay, unumdor tuproqli dalalarda yetish­tirilishi maqsadga muvofiq. O’zbekiston sharoitida sug’oriladigan yerlarda yetishtirilgan urug’lik sifati lalmikorlikda yetishtirilgandagiga nisbatan yuqori bo’ladi. Ko’plab o’tkazilgan tajribalarning ko’rsatishicha, mahalliy sha­ro­itda yetishtirilgan urug’lar boshqa mintaqa yoki respublikadan kelti­ril­gan urug’larga nisbatan yuqori hosil yetishtirishni ta’minlaydi. Donning to’lish va pishish davrida issiq va havo nisbiy namligi op­timal bo’lsa, bunday urug’larning ekinboplik va hosildorlik sifat­lari yuqori bo’ladi. Namlik yuqori, havo salqin, yoki juda issiq sha­ro­itda yetishtirilgan urug’larning ekinboplik va hosildorlik xususiyat­lari past bo’ladi.O’simliklarning yotib qolishi, bir tomonlama azotli o’g’itlarning ko’p qo’llanishi, o’simliklarning qalin bo’lishi urug’larning ekinboplik va hosildorlik sifatlarini pasaytiradi. O’simliklar yotib qolishining oldini olishda retardantlar qo’llaniladi.Urug’chilik xo’jaliklarining asosiy maqsadi faqat sifatli urug’ yetishtirishgina emas, balki har gektar yerdan maksimal hosil olish hamdir. O’simlik yuqori hosil va sifatli urug’larni faqat hamma texno­logik usullar o’z vaqtida, tez va sifatli o’tkazilgandagina shakllanti­radi.
Urug’larning hosildorlik sifati uning yirikligi, bir tekisligi, o’sish energiyasi, unuvchanligi, o’sish kuchi, oqsil miqdori, kasalliklarga chidamliligi va boshqa ko’rsatkichlardan iborat. SHuning uchun urug’lik ekinzorlar parvarishi bo’yicha alohida texnologiya qo’llanilishi zarur.Urug’lik ekinzorlar eng yaxshi o’tmishdoshlardan keyin joylashti­ri­lishi kerak. Bunda o’tmishdoshlar o’simliklarning o’sishi, rivojla­nishi uchun qulay sharoit yaratishlari hamda tur va navlarning iflosla­nishiga yo’l qo’ymasligini ta’minlashlari juda muhim. O’zbekistonda kuzgi boshoqli don ekinlarini urug’ uchun yetishti­rishda eng yaxshi o’tmishdoshlar – g’o’za, makkajo’xori, sabzavot ekinlari, kartoshka, beda, dukkakli don ekinlari hisoblanadi.
Ekish me’yori va usullari bilan tup qalinligi boshqariladi. ekish me’yori oshirib borilishi bilan o’simlikning tuplanishi, shoxla­nishi, mahsuldorligi, 1000 urug’ massasi kamayadi, ammo hosildorlik or­tishi mumkin. Bunday holda hosil asosan bosh poya hisobidan shaklla­nadi, donlar bir tekis bo’ladi.
Siyrak ekinzorda (keng qatorlab, lentali) tuplanish kuchayadi, ik­kinchi va navbatdagi poyalar hosil bo’ladi. Ularda don soni, 1000 urug’ massasi kam bo’ladi, ammo bitta o’simlikning mahsuldorligi ortadi.
Eng sifatli urug’ maksimal hosil shakllanishigacha hosil bo’ladi. Masalan, kuzgi bug’doy sug’oriladigan yerda gektariga 4 mln. unuvchan urug’ ekilganda, ekish me’yori 6,0 mln va 2 mln bo’lgandagiga nis­batan sifatli urug’ beradi, ammo maksimal hosil ekish me’yori 6,0 mln bo’lganda kuza­tilgan. Bug’doy, oddiy qatorlab ekilganda tor qatorlab, keng qatorlab va sochib ekilgandagiga nisbatan hosildorlik hamda ekin­boplik sifati yuqori hosil yetishtirilgan. Optimal ekish me’yori tovar don yetishti­rishdagi me’yorga teng yoki undan 10-15 % kam bo’lishi maqbul ekanligi aniqlangan. Keng qatorlab ekish urug’ (yangi nav)ni ko’paytirishda qo’llaniladi. 3
Ekish muddatlari ham urug’ sifatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. ekish muddati o’simlikning me’yorida rivojlanishi, qishlab chiqishi uchun qulay sharoit yaratishi lozim. Bahori ekinlar tuproq yetilishi bi­lan ertaroq ekilsa, kechki bahori ekinlar yer muzlash xavfi tugashi bilan ekiladi.
Bunday paytlarda oxirgi bo`g`indagi zarb kuchliroq bo`ladi va asosiy urg`u sanaladi, qolgan urg`ular ikkinchi darajali hisoblanadi: kaltakesak, temirbeton, gultojixo`roz, aka-uka, qozon-tovoq kabi. Bunday ikkinchi darajali urg`ular, rus tilida ham uchraydi: железобетон, самопроизвольность, темно-синийkabi.So`z urg`usining til va nutqdagi roli: a) so`zning fonetik qobig`ini bir butun (kompleks) holatda ushlab turuvchi markaz bo`ladi; b) nutq oqimida so`zni boshqa so`zdan ajratib olishga yordam beradi; v) so`z urg`usining harakatchan turi so`zlarning leksik va grammatik ma’nolarini farqlashi ham mumkin; g) nutqda fonostilistik vosita bo`la oladi. Keyingi ikki holat urg`uning fonologik va aksentologik xususiyatlari sanaladi. Sintagma urg`usi – nutq oqimining ma’no jihatdan muhim bo`lgan qismini (sintagmani) alohida ta’kidlash, ajratish uchun qo`llangan urg`u. Sintagmani aniqlash mezoni ikkitadir: a) semantik mezon; b) sintaktik mezon. Bu mezonlar sintagmaning grammatik-semantik jihatdan yaxlit bir butun konstruksiya ekanligidan kelib chiqadi. Sintagma urg`usi fraza (gap) ichidagi mazmunan yaxlit, grammatik jihatdan bir butun bo`lgan qismni maxsus ta’kidlash, uni shu fraza (gap) ichidagi boshqa sintagmalardan ajratish uchun xizmat qiladigan fonetik vositadir. Buni quyidagi nutqiy parcha tahlilida ko`rib chiqaylik: «Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg`onish g`oyasini ro`yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga etkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo`lib qoladi.» (Prezident I. Karimovning 1995 yil fevral oyidagi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma’ruzasidan.) Yuqoridagi nutqiy parchada ikkita sodda yoyiq gap bor: 1. «Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir». 2.»Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg`onish g`oyasini ro`yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga etkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo`lib qoladi». Har bir gap nutqning fonetik bo`linishida bir frazaga teng bo`lishini hisobga olsak keltirilgan nutqiy parchada ikkita fraza borligi ma’lum bo`ladi. Frazalar, ma’lumki, katta pauzalar bilan birbiridan ajratiladi (pauza ham fonetik vosita – intonatsiyaning tarkibiy uzvlaridan biri). Har bir fraza taktlarga (sintagmalarga) bo`linadi. Demak, sintagmalar frazaning kichikroq (qisqaroq) pauzalar bilan ajratiladigan parchalaridir. Yuqoridagi ikki frazadan birinchisida quyidagi parchalar – sintagmalar bor: a) «Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi»; b) «yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir». Bu sintagmalardan birinchisi alohida urg`u (sintagma urg`usi) bilan yakunlangan bo`lib, uning fonetik tabiati quyidagi belgilarga ega: sintagma oxiridagi «maqsadi» so`zining so`nggi bo`g`ini ochiq bo`lib, bu bo`g`indagi «i» unlisi cho`ziq talaffuz etilmoqda (kvantitativ urg`u), tovush toni ko`tarilgan (ton belgisi), kuchi esa intensivlashgan (zarb belgisi), bu hol shu sintagmaning ma’nosini alohida ta’kidlash imkonini bergan. Sintagma urg`usidan so`ng kelgan qisqa pauza birinchi va ikkinchi sintagmalarni bir-biridan ajratish vazifasini bajargan. (16,54-56). Sintagma urg`usining o`rni kuzatilgan maqsad va nutq situatsiyasiga qarab o`zgartirilishi ham mumkin. Bunday paytda u gapning grammatik jihatlariga ham ta’sir qiladi. Qiyos qiling: Bu shifokor – Dilbarning onasi. (Bu shifokor-ega sostavi; Dilbarning onasi – kesim sostavi).Bu – shifokor Dilbarning onasi. (Bu – ega, shifokor Dilbarning onasi – kesim sostavi).  Ayiruv urg`usi – gap bo`laklaridan birini alohida ta’kidlash uchun yoki so`zlovchining his-hayajoni, voqelikka munosabatini maxsus ifodalash maqsadida qo`llanadigan urg`u . u ikki turga bo`linadi: logik urg`u (mantiq urg`usi) va emfatik urg`u. 1.Logik urg`u – tinglovchining e’tiborini gap bo`laklaridan biriga alohida jalb etish, shu bo`lak orqali ifodalangan ma’noni maxsus ta’kidlash uchun qo`llanadigan urg`u. Gapning logik urg`u olgan bo`lagi odatda boshqa bo`laklardan kuchliroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling: 1)Men universitetda o`qiyman (boshqa birov emas, men…). 2) Men universitetda o`qiyman (litseyda emas, universitetda…).3) Men4 universitetda o`qiyman (ishlamayman, o`qiyman…) kabi. Logik urg`u ob’yekti bo`lgan bo`lakning leksik urg`uli bo`g`ini boshqa bo`g`inlardan kuchliroq, undagi unli esa ancha cho`ziq talaffuz etiladi. .Emfatik urg`u (emotsional urg`u). Urg`uning bu turi ham biror gap bo`lagini alohida ta’kidlashga asoslanadi, ammo logik urg`uda bo`lakning (so`zning) ma’no tomoni ta’kidlansa, emfatik urg`uda shu ma’no bilan birga so`zlovchining his-hayajoni, voqelikka bo`lgan sub’yektiv munosabatini ifodalash ham maqsad qilinadi: bu urg`u gapdagi so`zning ta’sirchanligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Masalan: «Eh, qanday go`zal manzara! Tabiat shu daraja go`zalki, ko`rib bahri diling ochiladi!» Bu gapda qanday va go`zal so`zlariga, aniqrog`i, shu so`zlardagi «qan-» va «-zal» bo`g`inlariga emfatik urg`u tushgan: shu bo`g`inlardagi unli tovush ancha cho`ziq va maxsus ton bilan talaffuz etilgan.
Urug’ deb o’simliklarning tarqalishiga, ko’payishiga xizmat qiluvchi generativ organga aytiladi. Urug’ urug’ kurtakda ro’y bergan qo’sh urug’lanish jarayonidan keyin rivojlanib hosil bo’ladi. U o’zida bo’lg’uvchi o’simlikning barcha qismlarini ildiz, poya va bargini saqlagan bo’ladi. Bu qismlar qo’sh urug’lanish jarayonidagi tuxum xujayraning otalanishidan hosil bo’lsa, zapas oziq moddalar to’planadigan epdosperm markaziy xujayraning otalanishidan hosil bo’ladi. Urug’ po’sti urug’kurtakdagi integumentning rivojlanishidan hosil bo’ladi.
Tabiatda urug’lar turli - tumandir. Ularning og’irligi milligramdan 15 kg gacha bo’ladi2. Urug’ning shakli, o’lchami, rangi turlichadir. Har qanday urug’ quyidagi qismlardan tashkil topgan bo’ladi. Urug’ po’sti, murtak va zapas oziq moddalar saqlanuvchi qism. Zapas oziq moddalarning saqlanishiga qarab urug’larni uchta guruhga ajratish mumkin.

Download 83.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling