(8) Og’riqni kamaytirish maqsadida ko’krak qafasiga banka, xantal varaqasi, isituvchi kompresslar, yod to’ridan foydalaniladi.
(9) Fizioterapiya vositalari – sollyuks, mahaliy isitgich lampalar vannasi, UVCH, ultratovush, hamda kalsiy, yod, pankreatin elektrofarezi, induktotermiya.
(10)Sanatoriya va kurort davolari mahalliy moslashgan sanatoriyalarda yilning issiq oylarida qo’llaniladi.
6. Prognozi (oqibati) xastalikni vujudga keltirgan asosiy patologik jarayonga, hamda nafas va qon aylanish tizimiga holatiga bog’liq.
7. Profilaktikasi – plevritni sodir qiluvchi kassaliklarni oldini olish, o’z vaqtida tashxis qo’yish va sifatli davolashdan iborat.
12. O’pkada bo’shliq sindro-mi. O’pka abstsessi, bronxoektaz kasalligi bilan bemorlarni tekshirish, tasnifi, kasallikni simptomatologiyasi, davolash .
O’PKA ABSSESI VA GANGRENASI
O’pka abssesi va gangrenasi og’ir yiringlash, o’pka to’qimasida nekroz va yemirilish, bo’shliqlar hosil bo’lishi bilan kechadi. O’pka abssesi o’pka gangrenasidan yiringlash o’chog’ini chegaralanganligi bilan farq qilinadi. Kasallik ko’pincha o’rta yoshdagi erkaklar orasida uchraydi. Kasallik keltirib chiqaruvchi sabablar (etiologiyasi). O’pka abssesi va gangrenasining kelib chiqishida keyinga o’n yillikda antibiotic dorilar ta’siriga chidamli bo’lgan floraning paydo bo’lishi muhim o’rin tutadi. Ko’pincha o’pka abssesi streptokokklar, stafilokokklar. Fridlender tayoqchasi, ichak tayoqchasi,viruslar va bakteriyalar assotsiatsiyasi keltirib chiqargan o’choqli zotiljamdan keyin rivojlanadi. O’pka gangrenasi esa, anaerob flora: spirallar, anaerob streptokokklar tufayli rivojlanadi.
Sovuq qotish, tamaki chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish kasallik rivojlanishiga moyil qilib qo’yadi.
Patogenezi. O’pkada yiringlash jarayonining rivojlanishi, bronxlar drenaj funksiyasining buzilishi, o’pka to’qimalarida qon aylanishi yomonlashuvi va nekroz, organizmning kasalliklarga qarshilik ko’rsatish kuchi kamayganligi, reinfeksiya, o’tkir zotiljamdan so’ng o’pka abssesini keltirib chiqaradi. Ko’pincha o’pka abssesi chuqur venalar tromboflebiti, osteomielit, bakterial endokardit kasalliklarida o’pkaga gematogen yoki emboliya yo’li bilan infeksiya tushishidan ham kelib chiqadi.
O’pkaga o’tkir yiringlash jarayonining surunkali bo’lib qolishiga, bemor yo’taldan paytda op’kada absses natijasida paydo bo’lgan bo’shliqda bosim ortishi tufayli bronxlar drenaj faoliyatining buzilishi sabab bo’ladi.
O’pkada yiringlash jarayonining rivojlanish yo’llarini quyidagi jadvaldan ko’rish mumkin (6-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |