b. Ko’zdan kechirganda teri qoplamlari bo’zarganligi, lab ko’karishi, nafas olishning
tezlashganligi, yuzakiligi, ko’krak qafasining nafas harakatidan orqada qolishi qayd qilinadi.
v. Paypaslaganda zararlangan tomonda mushaklar og’rishi va tarangligi aniqlanadi.
g. Perkussiyada o’pka to’qimasida infiltratsiya bo’lmasa o’zgarish kuzatilmaydi.
d. Auskultatsiyada xastalikning asosiy belgisi - plevraning ishqalanish shovqini aniqlanadi.
Vezikulyar nafas yallig’lanish sohasida susaygan.
e. Rentgent tekshirishida diafragmaning yuqori turishi va nafasdagi harakatining
chegaralanganligi aniqlanadi.
j. Qon sinamasida odatda o’zgarishlar kuzatilmaydi, kam hollarda neytrofilli leykotsitoz,
ECHT ortadi.
Tashxisi. Ko’krak qafasida chuqur nafas olganda va yo’talganda kuchayadigan og’riqqa, plevraning ishqalanish shovqiniga asoslanib qo’yiladi.
Davosi. Quruq plevrit ikkilamchi jarayon bo’lganligidan muolajalar asosiy xastalik (o’pka sili, o’tkir zotiljam, o’pka abstsessi, revmatizm va boshqalar)ni tugatishga qaratilgan bo’lishi kerak. Davolash vositalari og’riqni va yo’talni yo’qotishga yo’naltiriladi. Buning uchun analgin yoki amidopirin kuniga 2g, butadion 0,45g, aspirin 2-3g, pirazolon qatoridagi preparatlar (indometatsin 0,025g 3-4 marta), glauvent (0,05g 2-3 marta), tusupreks (0,01-0,02g 3-4 marta).
EKSSUDATLI PLEVRIT
Klinik ko’rinishi. Ekssudatli plevrit rivojlanishida 3 davr farqlanadi: Suyuqlik yig’ilishi (ekssudatsiya), barqarorlashishi va suyuqlik so’rilishi (rezorbtsiya). Kasallik ko’p hollarda o’tkir, ba’zida sekin-asta boshlanadi.
a. Shikoyati. Plevra bo’shlig’iga suyuqlik yig’ilishining boshlang’ich davrida yonboshda
sanchiqli og’riq, quruq yo’tal, harorat ko’tarilishi bezovta qiladi.
Suyuqlik to’planishi ortib brogan sari og’riq va yo’tal kamayib borib, xastalikning barqarorlashish davrida mutloq yo’qoladi. Bu vaqtda bemor yonboshda og’irlik hissi seziladi, xansirash kuchayib boradi, ba’zi bemorlarda umumiy zaharlanishning ifodalangan belgilari (bosh og’rig’I, ko’ngil aynishi, qayt qilish behollik loqaydlik ishtahaning pasayishi) kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |