Davolash. Krupoz zotiljam bilan og’rigan bemor albatta kasalxona sharoitida davolanishi kerak.
Davolash tadbirlari har xil usullar bilan olib boriladi.
I. Bemorni kasalxona rejimiga rioya qilishini taminlash va uni to’g’ri ovqatlantirish.
II. Dorilar yordamiga davolash: 1) etiologik, 2) patogenetik, 3) simtomatik davolash.
III. Fizioterapevtik davolash.
IV. Dispanser ko’rigidan vaqti- vaqtida o’tkazilib turish va ambulatiriya davolash.
Bemor asosan kasalxonada davolanishi yoki uyda kasalxona sharoiti yaratilishi kerak. Ayniqsa tana harorati yuqori ko’tarilgan bemor Orinda yotishi, ko’p suyuqlik ichishi, vitamin va oqsillarga boy ovqatlarni istemol kilishi lozim.
11- Plevra bo’shlig’ida havo va suyuqlik to’planish sindromi. Quruq va ekssudativ plevrit etiologiyasi, patogеnеzi, kasallikni simptomatologiyasi, davolash.
PLEVRIT
1.Ta’rifi. Plevrit – plevra varaqalarining yallig’lanishi bo’lib,plevra sathida fibrinsimon nalet sodir bo’ladi yoki uning bo’shlig’ida ekssudat yig’iladi. U odatda ikkilamchi kasallik – o’pkadagi ko’pgina patologik jarayonlarning yoki kam hollarda plevra bo’shlig’iga yaqin turuvchi boshqa organ va to’qimalar (ko’krak qafasi,ko’ks oralig’i,diafragma, diafragma osti maydoni) kasalliklarning sindromi yoki asorati hisoblanadi. Birlamchi plevrit juda kam uchraydi va shikastlanish yoki plevra mezoteliomasi oqibati hisoblanadi. Quruq (fibrinsimon) va ekssudatli (nam) plevritlar farqlanadi.
Etiologoyasi. Plevritlar yuqumli va yuqumsiz (aseptik) bo’ladilar.
a. Yuqumli plevritlar spetsifik (sil mikobakteriyalari, zahm spiroxetalari) va nospetsifik
qo’zg’atuvchilar (pnevmokokklar, staflokokklar, ochak tayoqchalari, viruslar, zamburug’lar va
boshqa mikroblar) ta’sirida vujudga keladi.
b. Aseptik plevritlar ko’krak qavatining yopiq shikastlanishida, plevra varaqalari orasiga qon
quyilganda, o’pka infarktida, me’da osti bezi fermentlarining ta’sirida (pankreatit), plevraning
xavfli o’smasi bilan jarohatlanishi (kartsinomatozida), biriktiruvchi to’qimasining sistemali
kasalliklarida (revmatizm, kollagenozlarda), buyrak va jigar xastaliklarida kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |