Mundarija ikp faniga kirish va nafas tizimi kasalliklari Tibbiyot dеontolgiyasi asoslari, «yatrogеniya»
Download 0.63 Mb.
|
Referat - Bezgak
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANAMNESIS MORBI
- ANAMNESIS VITAE
Yurak kasalliklarida:
hansirash (dyspnoe)—bu yurak faoliyati yetishmasligi natijasida yuzaga keladi va kichik qon aylanish doirasida qon dimlanishi havo yetishmasligi holatini keltirib chiqaradi. Hansirashning darajasiga qarab qon aylanish yetishmovchiligi darajasi to’g’risida xulosa qilish mumkin. Agar kuchli fizik zo’riqishda hansirash yuzaga kelsa, qon yetishmasligining 1-darajasi hisoblanadi. Yengil fizik zo’riqish natijasida yuzaga kelsa 2-daraja hisoblanadi. Tinch holatda yuzaga kelsa 3-darajasi to’g’risida fikr yuritiladi. Yurak astmasida kuzatiladigan bo’g’ilish xurujini hansirashdan farqlash kerak. Bo’g’ilish xuruji asosan kechasi uyqu holatida birdaniga yuzaga keladi. Bemorlar havo yetishmasligi, nafas qisishi, havoga to’ymaslik, ko’pikli qon aralash balg’amajralishiga shikoyat qiladi (o’pka shishi). Qon tuflash holati kichik qon aylanish doirasida qonning dimlanishi bilan kechadigan yurak xastaliklarida(yurak mitral poroklarida) shuningdek, o’pka arteriyasi tromboemboliyasida kuzatiladi.Bemorlardagi yurak tez urishi ko’pgina yurak kasaliklarida: miokarditlarda, yurak poroklarida kuzatiladi. Yurak ritmi buzulish holatlarida bemorlarda “yurak to’xtaganday” holatning buzulishi kuzatiladi.Bemorlar oyoqlarida kechqurunga qarab shishlarning paydo bo’lishi, ertalabga yaqin yo’qolishidan shikoyat qiladi. Keyinchalik bu shishlar boldir sohasida, keyinroq qorin bo’shlig’ida va boshqa serroz bo’shliqlarda yig’ilishi mumkin, bunday payitlarda bemorlarning ko’ngil aynishi, tez charchash,qusush,qorin dam bo’lishi, ishtahaning buzilishidan shikoyat qiladi.Bosh og’rishi,bosh aylanishi,uyqusizlik,giperimiya kuzatiladi.\ ANAMNESIS MORBI—so’rab surishtirishda kasalliklarga xos simptomlarni yuzaga kelish vaqti, ularning xarakteri, intensivligi, biror bir in’eksia yoki boshqa sabab bilan bog’liqligi, qanaqa ko’rinishda davo muolajalari qabul qilinganligi, ularning samaradorligi va kechishi o’rganiladi. ANAMNESIS VITAE—kasalikning kelib chiqishiga ta’sir etuvchi omillar o’ganiladi. Bemorlarning boshidan kechirgan kasalliklari: difteriya, revmatizm, angina, sifilis va boshqalar.Bemor hayotdagi va ish joyidagi sharoitlar o’rganiladi. Bemorning zararli odatlari va kasbga aloqadar holatlari o’rganiladi. Bemorning irsiy anamnezi, ayollarda esa homiladorlik va tug’ruqlarning kechishi hamda klimakterik davri o’rganiladi va boshqalar so’raladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling