Mundarija ikp faniga kirish va nafas tizimi kasalliklari Tibbiyot dеontolgiyasi asoslari, «yatrogеniya»
MIOKARD INFARKTINING klassifikatsiyasi
Download 0.63 Mb.
|
Referat - Bezgak
- Bu sahifa navigatsiya:
- FIZIKAL TEKSHIRUVLAR.
MIOKARD INFARKTINING klassifikatsiyasi:
1.Transmural (miokard nekrozi) 2.Notransmural (subendotelial) 1.IM Q tishchasi bilan 2.IM Q tishchasiz bilan Kasallik tabiati:dastlab kasallikning o’tkir davri . Asoratlari: qon aylanishining o’tkir yetishmovchiligi va yurak ritmining buzilishi .Bu davr 10 kun davom etadi. Miokard qismining faoliyati buzilishi natijasida chap qorinchaning o’tkir yetishmovchiligi kelib chiqadi (o’pka shishi),kardiogen shok,yurak ritmi va o’tkazuvchanligini buzilishi(aritmiya va yurak blokadasi), yurak yorilishi,katta va kichik qon aylanish doirasida tromboemboliya,yurak o’tkir anevrizmasi. O’tkirdan keyingi davr 4-6 hafta davom etadi.Asoratlar:Dresslera sindromi(plevrit,perikardit,penevmanit),surunkali chap qorincha yetishmovchiligi,tromboembolik asoratlar va bq. Infarkdan keying davr 2-6 oy davom etadi.Bu davrda yurak muskuli yangi holatga ko’nikadi. Klinikasi: Kasallik kutilmaganda ro’y beradi.To’sh orqasida kuchli kuydiruvchi og’riq paydo bo’ladi.Bu og’riq chap qo’lga ,chap yelkaga,chap kurakka hamda pastki jag’ning chap tomonida bo’ladi.Stenokardiyadan farqli og’ir infarktda koranar arteriyalarning kengayishida qo’llaniladigan preparatlar og’riqni qoldirmaydi.Ko’pincha bemorda o’lim oldi qo’rquvi,holsizlik,rangining oqarishi ,sovuq ter chiqishi. FIZIKAL TEKSHIRUVLAR. Ko’rik davomida bemor terisi oqargan,sovuq va yopishqoq,ter bilan qoplangan.Arterial gipertenziya gipotenziya bilan almashib turadi, taxikardiya bo’lishi mumkin,tana haroratining ko’tarilishi kuzatiladi. Auskultatsiya: Yurak tonlari bo’g’iq,qo’shimcha III ton(Galop ritmi),mezosistolik shovqin,yurak ritmining buzilishi,infarkning aritmik variant. EKG da miokard infarktining har qaysi davrida turli xil o’zgarishlar bo’ladi.O’tkir davrda ST segmenti izochiziqdan ko’tariladi va T tishcha bilan qo’shiladi(mushuk yelkasi simptomi),keyin R tishcha yo’qoladi,patologik Q tishcha paydo bo’ladi va QS kompleksi hosil bo’ladi.Shu o’zgarishlar bilan birgalikda manfiy T tishcha hasil bo’ladi.Infarkning o’tkir osti stadiyasida bu holat maksimal cho’qqiga yetadi,keyin(infarkdan so’ngi davr) tiklanish holatlari yuz beradi,lekin manfiy T tishcha va patologik Q hayot davomida qoladi.Bular transmural miokard infarktining ko’rinishlari,Xolterov monitori(EKGning sutkalik uzlusiz qayd etilishi). Miokard infarktida og’riqli xurujdan 6-12 soatdan keyin miokard sintigrafiyasida texnetsiy radio izotopini(Tc 99)qo’llash mumkin. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling