Labarator tekshiruvlar:
I.Qonning umumiy tahlili:
1.Leykotsitoz(10,2-12x10);
2.Eozinofillarning kamayishi
3.ECHT ko’tarilishi(30-40mm/s)
4.C-rektivli oqsilga musbat reaksiya
5.Fibrinogenning oshishi
Qonning bioximik tahlili:
1.KFK aktivligining ortishi
2.Qon va siydikda mioglabin ortishi
3.Tropanin I va Troponin T qonda paydo bo’lishi
4. Qonda glyukozaning oshishi
5.AST va ALT ning oshishi
Miokard infarktining asoratlari:
1- Yurak anevrizmasi (o’tkir va surunkali)
2- Yurak yorilishi(4-11 kun)
3-Infarktdan keyin Dressler sindromi(plevrit,pnevmoniya,perikardit,peritonit)
4-O’pkada,MNS da,qo’l va oyoqlarda tromboemboliya
5-Oshqozon va ichakdan qon ketishi
Miokard infarktida asosiy davolash usullari:
1-Og’riq sindromini qoldirish(morfin ,promedol)
2-Tromboembolitik terapiya(fibrinolitiklarning 2-4 soatda qo’llanilishi)
Miokard infarktining atipik formalari:
miokard infarktining 30 %i atipik formada kechadi.Bularga:
1)abdominal
2)astmatik
3)aritmik
4)serebral
5)simptomsiz klinik forma
Abdominal variant- og’riq bir vaqtda epigastral va to’sh sohasi orqasida ,dispeptik shikoyatlar:tez –tez qayd qilish, ko’ngil aynishi,kekirish,qorin sohasida o’g’riq,oshqozon va ichak falaji.Obyektiv tekshirishda Traube bo’shlig’ning kengayishi, oshqozonda kuchli timpanik tovush,palpatsiyada qorinda og’riq va yallig’lanish belgilarining bo’lishi.
Aritmik variant – yurak ritmining o’tkir buzilishi,ekstrasistoliya ,fibrillyatsiya ,qorinchalar taxikardiyasi ,parasizmal tebranuvchi aritmiya.Yurak ritmining o’tkir buzilishi kasallikning 1-kuni va 1-soatlarida boshlanadi. Klinik ko’rinishi ko’krak qafasining qisilishi va kuchli yurak urishi bilan kuzatiladi.EKG da Morgani – Edema – Stoksi ko’rinadi;bir vaqtning o’zida ritmning 2-4 marta buzilishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |