Mundarija kirish 1 atb mikrokredit bankning tarixi va tarkibiy tuzilishi


Qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish va sotish hisobini yuritish, ularni saqlash; qimmatli qog’ozlarni xarid qilish


Download 52.38 Kb.
bet24/29
Sana15.06.2023
Hajmi52.38 Kb.
#1488160
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
mikrokredit bank

Qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish va sotish hisobini yuritish, ularni saqlash; qimmatli qog’ozlarni xarid qilish;

Mablag’larni qimmatli qog’ozlarga investitsiyalash;

dilerlik, depozitor va aktsionerlar reestrini yuritish va saqlash;

tijorat, brokerlik, trast operatsiyalarni bajarish va maslaxatlar berish;

mijoz bilan shartnomaga muvofiq qimmatli qog’ozlarni boshqarish.

Mablag’larni qimmatli qog’ozlarga investitsiyalash turli xil qimmatli qog’ozlar:

oddiy va imtiyozli aksiyalar;

obligatsiyalar;

davlat qarzdorlik majburiyatlari;

depozit seratikatlari;

veksel va boshqalarga mablag’larni qo’yish orqali amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog’ozlar chiqarilishiga va muomalada bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Davlat ro’yxatidan o’tkazilmagan qimmatli qog’ozlarni chiqarish amaldagi qonunga ko’ra noqonuniy xisoblanadi. Bank quyidagi turdagi qog’ozlarni chiqarishi mumkin:

ustav kapitalini shakllantirish maqsadida chiqariladigan aksiyalar;

o’z qarz majburiyatlari: obligatsiyalar, depozit va omonat seratikatlari;

qo’shimcha zayom mablag’larini jalb qilish maqsadida chiqariladigan veksellar.

Qimmatli qog’ozlar chiqarish bo’yicha qarorni amaldagi qonunchilik bilan kafolatlangan

bank boshqaruv organlari qabul qiladi.



Bankning daromadlari, xarajatlari va foydasini shakllanishi.

Bank daromadlari bank faoliyati natijasida tushgan umumiy tushum miqdori hisoblanadi. Tijorat banklarining asosiy maqsadi yuqori daromad olish hisoblanganligi uchun ular bank faoliyatining uzluksizligini ta'minlashga xizmat qiladi. Bank daromadlari darajasi bankning aktiv va passiv operatsiyalarining natijasini o’zida ifoda etadi. Bank daromadlari xarajatlarni qoplashni ta'minlashi va foydaning shakllanishi uchun yetarli bo’lishi kerak. Bank daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi o’zaro munosabat foyda miqdorini aniqlaydi. Bank tomonidan erishilgan foyda bank asosiy fondlarining oshishiga va yangilanishiga zamin yaratadi, bank balansining moliyaviy barqarorligi va likvidligini ta'minlaydi. Foyda tijorat banklari faoliyatining yakuniy ko’rsatkichi hisoblanadi. Bu ko'rsatkich bir tomondan yakuniy moliyaviy natijani ifoda etsa, 2-tomondan bankning moliyaviy resurslari,xususiy kapitalni shakllantirishning asosiy manbasi sanaladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uning hajmi investitsion yo’nalishlarni ham belgilab beradi. Foydaning o’sishi nafaqat ta'sischilar manfaati uchun, balki strategik tavsifdagi davlat dasturlarini amalga oshirishda muhim bo’lgan soliqlar to’lovi uchun ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan foydaning shakllanishi va taqsimlanishini tahlil etishda asosiy e'tibor raqobatbardoshlik va va bankning moliyaviy barqarorligini ta'minlashga imkon beruvchi foydani o’stirishning ichki imkoniyatlarini izlab topishga qaratilishi kerak. Foyda iqtisodiy vosita sifatida undan foydalanish va taqsimlash mexanizmi muhim ahamiyatga ega. Tijorat banklari samarali ish yuritishlari uchun uning davlat bank o’rtasidagi taqsimotini, bank ichidagi jamg'arma va iste'molni to’g'ri belgilashi muhimdir. Foydaning davlat va bank o’rtasidagi taqsimoti xo’jalik subyekti sifatida tijorat banklarining o’rnatilgan soliqqa tortish qonun-qoidalari asosida amalga oshiriladi.


Download 52.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling