Lizing shartnomasi - lizing amaliyotida tomonlarning o'zaro munosabatlarini belgilab beradigan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yozma shaklda tuziladigan hujjat. Lizing obyektlari - tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste'mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan, korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko'char va ko'chmas mulk. Lizing bo'yicha foizlar lizing beruvchi tomonidan lizing operatsiyasini amalga oshirish natijasida lizing oluvchidan oladigan foiz daromadi. Ushbu foiz daromadi lizing ob'ekti dastlabki tan olingandan boshlab bank balansining foizli daromad hisobraqamlarida hisoblab boriladi. ATB Mikrokredit bank aktsiyadorlik tijorat ATB Mikrokredibanki nomidan filiallar lizing beruvchi bo'lib ishtirok etishadi. ATB Mikrokredit tizimida jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, byudjet tashkilotlari hamda yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan kichik biznes sub'ektlariga lizing xizmatlari ko'rsatilmaydi. ATB Mikrokredit bank tizimida sublizing berish amaliyoti faqat Markaziy devon ruxsati bilan amalga oshiriladi. ATB Mikrokredit bank tizimida lizingning uchta sub'ekti ishtirok etadigan to'g'ridan-to'g'ri shaklda hamda lizing oluvchi va sotuvchi bo'lib bir shaxsning o'zi ishtirok etadigan, qaytariladigan shaklda ham amalga oshirilishi mumkin. Lizing shartnomasi imzolangandan so'ng, lizing beruvchining hisobraqamidan lizing ob'ektini sotib olish uchun pul mablag'lari chiqib ketgunga qadar, lizing oluvchi tomonidan 0lizing shartnomasini ayrim shartlarini o'zgartirish istagi bo'lsa, vakolat doirasida Kredit komissiyasi yoki Kredit qo'mitasi ushbu o'zgarishlarni ko'rib chiqishi mumkin. Barcha qilinadigan o'zgartirishlar lizing shartnomasiga qo'shimcha yozma kelishuv orqali rasmiylashtirilishi shart. Lizing bo'yicha ta'minot miqdori avans to'lovlarining miqdoridan kelib chiqib o'rnatiladi va quyidagi taqsimotda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |