Bunda, kreditlar agrotexnik tadbirlar muddatidan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda ajratiladi: Paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil yetishtirilayotgan yilning 1-apreliga qadar paxta xomashyosi qiymatining 25 foizigacha, 1 iyulga qadar 50 foizigacha va 1-sentyabrga qadar 60 foizigacha; g'alla yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil yetishtirilayotgan yilning 1-yanvariga qadar g'alla qiymatining 30 foizigacha, 1-aprelga qadar 50 foizigacha va 1 iyunga qadar 60 foizigacha. Har oy va choraklarda ajratiladigan kredit resurslari miqdori Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi taklifiga asosan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda o'zgartirilishi mumkin. Kredit miqdori qishloq xo'jaligi korxonasining "O'zpaxtasanoat" uyushmasi va "O'zdonmahsulot" AK korxonalari (bundan keyingi matnlarda - tayyorlov korxonalari) bilan davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan mahsulot uchun tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Kredit miqdorini aniqlash uchun amaldagi o'rtacha xarid narx asos qilib olinadi. Kreditlar tegishli qishloq xo'jalik mahsuloti bo'yicha qishloq xo'jalik korxonalari bilan yakuniy hisob-kitoblar yakunlanguncha, lekin g'alla yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar bo'yicha 12 oydan va paxta xomashyosi yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar bo'yicha 18 oydan ko'p bo'lmagan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi. Qishloq xo'jaligi korxonalarini kreditlash bank marjasini hisobga olgan holda, imtiyozli foiz stavkasi bilan amalga oshiriladi. Bu kreditlar bo'yicha imtiyozli foiz stavkasi yillik 3 foiz miqdorida belgilanib, uning 2 foizi bank marjasini tashkil etadi. Oldingi yillarda ajratilgan imtiyozli kreditlar to'liq so'ndirilgandan so'ng joriy yil hosili uchun imtiyozli kreditlar beriladi. Qishloq xo'jaligi korxonalari tayyorlov korxonalari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzganlaridan keyin kredit olish uchun bankka ariza bilan murojaat etishadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |