Mundarija kirish 1 atb mikrokredit bankning tarixi va tarkibiy tuzilishi


Download 52.38 Kb.
bet17/29
Sana15.06.2023
Hajmi52.38 Kb.
#1488160
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
mikrokredit bank

Dastlabki sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko'rsatayotgan kichik biznes sub'ektlariga bankning o'z mablag'lari hisobidan, eng kam oylik ish haqining 300 baravarigacha bo'lgan miqdorda beriladi. O'z faoliyatini yuridik shaxs maqomini olgan holda olib borayotgan kichik biznes sub'ektlari, shuningdek fermer va dehqon xo'jaliklari dastlabki sarmoyani shakllantirishga mikrokredit olish uchun bankka o'rnatilgan tartibda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

kredit maqsadi, muddati, ta'minoti aniq ko'rsatilgan ariza;

pul oqimining tahlili ko'rsatilgan biznes-reja;

Davlat soliq inspektsiyasi tomonidan qabul qilingan boshlang'ich yoki tezkor buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisoboti, debitorlik va kreditorlik qarzlari to'g'risida ma'lumotnoma, shuningdek, 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorliklar bo'yicha solishtirish dalolatnomalari;

kreditga layoqatlilik darajasini aniqlash uchun boshqa zaruriy hujjatlar;

garov ta'minoti hujjatlari;

va boshqa xujjatlar.

Mikrokredit - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun o'rnatilgan eng kam ish haqining ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada, to'lovlilik, ta'minlanganlik, muddatlilik, maqsadlilik, qaytarishlik shartlari asosida beriladigan pul mablag'idir.

Mikrolizing (moliyaviy ijara) lizing oluvchining topshirig'iga binoan, uchinchi tarafdan o'rnatilgan eng kam ish xaqining ikki ming baravaridan oshmaydigan summada mol-mulk olish, hamda unga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida xaq to'lash evaziga berish nazarda tutiladigan xizmatdir.

Yosh oila birinchi rasmiy nikoxda bo'lgan xar biri 30 yoshdan oshmagan yoshlar kiradi.

Mikrokreditlash, mikrokreditlar ajratish shartlari va ularni rasmiylashtirish:

Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar o'z faoliyatini yuridik shaxs maqomini olgan xolda tashkil etib yoki yuridik shaxs maqomini olmay faoliyat yurituvchi kichik tadbirkorlik sub'ektlari (shu jumladan fermer xo'jaliklari, dexqon xo'jaliklari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va boshqalar) mikrokreditlash sub'ekti bo'lishi mumkin.


Download 52.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling