Mikrokredit oluvchilar qo'yidagi talablarga javob berishi lozim: Moliyalashtirilayotgan soxada kamida olti oylik tajribasi bo'lishi; Faoliyat yuritish uchun zarur bo'lgan shart sharoitlarga ega bo'lishi; Bank filialida asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob-raqamiga ega bo'lishi. Mikrokredit olish uchun murojaat qilgan kichik tadbirkorlik sub'ektlari, ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, savdo yoki qishloq xo'jaligi soxalarida faoliyat ko'rsatayotgan bo'lishi lozim. Ushbu soxalar doirasida mikrokreditlardan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin: aylanma mablag'larni to'ldirish; Ushbu tartibda ko'rsatib o'tilgan maqsadlar uchun bankning o'z mablag'lari xisobidan ajratiladigan mikrokreditlar bo'yicha foiz stavkalari miqdori qarz oluvchi va bank o'rtasidagi o'zaro kelishuvga ko'ra, bank foiz siyosati asosida belgilanadi. Kredit buyurtmasi qabul qilingandan so'ng, kredit buyurtmasi bo'yicha qaror qabul qilish muddati 3 bank ish kunidan oshmaligi lozim. Men bugun Mikrokredit bank Termiz shahar ATB tomonidan qishloq xo’jaligi subyektlarini kreditlash tartibi, davlat ehtiyoji uchun paxta va g’allani yetishtirishni imtiyozli kreditlash tartibi bilan tanishdim. Bank tomonidan ushbu kreditlar qishloq xo'jaligi korxonalariga muddatlilik, to'lovlilik, ta'minlanganlik hamda maqsadli foydalanish shartlarida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g'alla va paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlarida beriladi. Kreditlash davlat ehtiyojlari uchun g'alla va paxta yetishtiruvchi barcha qishloq xo'jaligi korxonalariga tatbiq etiladi. Kreditlar davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xom ashyosi va g'alla qiymatining 60 foizigacha (tayyorlov korxonasi tomonidan bo'nak tariqasida yetkazib berilgan urug'lik qiymatini inobatga olgan xolda) miqdorida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |