"Substandart" sifatida tasniflangan aktivlar bo'yicha bank asosiy qarzning to'lanmagan summasining 25 foiziga teng bo'lgan zaxiralarni shakllantirishi lozim. Shubhali. Shubhali kreditlar substandart deb tasniflanuvchi kreditlarga xos barcha xususiyatlarga ega bo'lib, mavjud sharoitda aktivlarning to'liq qaytarilishini shubha ostiga qo'yadi va kam ishonchli qilib qo'yadi. "Shubhali" deb tasniflangan aktivlar bo'yicha bank asosiy qarz to'lanmagan summasining 50 foizi miqdorida zaxirani tashkil etishi shart. Umidsiz deb tasniflangan kreditlarga qaytarilmaydigan kreditlar kiradi. Qiymati juda pastligi tufayli bank aktivlari sifatida ularning hisobini yuritish maqsadga muvofiq emas, deb hisoblanadi. " Umidsiz " deb tasniflangan aktivlar bo'yicha bank asosiy qarz to'lanmagan summasining 50 foizi miqdorida zaxirani tashkil etishi shart.
Mikrokredit bank Termiz shahar ATB tahlili. Moddalar 2019 yil 2020 yil O'zgarishi (q,-) Summa (ming. so'm) %da Summa (ming. so'm) %da ming. So'm % Naqd pullar 349111961 33,2 321241110 21,4 -27870851 - 11,8 Boshqa banklardan olinishi kerak bo'lgan pullar 92485006 8,8 194514286 12,9 102029280 4,1 Mijozlarga berilgan kreditlar va bo'naklar 555551550 52,9 907807777 60,4 352256227 7,5 Sotish uchun mavjud investitsiyalar 1895261 0,2 2282174 0,2 386913 0 Asosiy vositalar 35436867 3,4 54805623 3,6 19368756 0,2 Nomoddiy aktivlar 2137963 0,2 913248 0,1 -1224715 -0,1 Soliq talablari 1488390 0,1 2335108 0,2 846718 0,1 Boshqa aktivlar 12877441 1,2 20093321 1,3 7215880 0,1 Jami aktivlar 1050984439 100 1503992647 100 453008208 0
Xulosa: bankning jami aktivlari yil oxirida yil boshiga qaraganda 453008208 ming so’mga oshgan. Bank aktivlarining oshganligi bank passivlarining ishonchli joylashtirilganini bildiradi. Bank aktivlari tarkibida bankning yuqori aktivlari ya`ni naqd pullar jami aktivlar tarkibida yil boshiga qaraganda yil oxirida 11.8% ga kamaygan. Bu aktivlar bank likvidligini ta`minlaydi. Shuning uchun ham bu aktivlarning oshishi bank uchun muhim ahamiyatga egadir. Bank kreditor va mijozlarning manfaatlarini ular talab qilishi bilanoq bajarishi kerak buning uchun esa bankning likvidli bo’lishi talab etiladi. Mijozlarga berilgan kreditlar 352256227 ming so’mga oshgan. Va bu ko’rsatgich bank aktivlari tarkibida eng katta qismni tashkil etadi, ya`ni 2016 yilda 52.9% ni 2013 yilda 60.4% ni tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |