Jalb qilingan mablag’lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil qiladi. Bu resurslarning asosiy qismini bankning depozitlari tashkil qiladi.
3.Pul muomalasi va monitoring qilish bo'yicha maxsus sektor. Aktivlarni tasniflash tizimi barcha turdagi kreditlar, jumladan bank kafolatlari, kredit liniyalari, banklararo kreditlar, overdraftlar uchun qo’llaniladi va balansdan tashqari majburiyatlarni tasniflashni ham ko’zda tutadi. Mazkur tizim bank boshqa aktivlari, jumladan investitsiyalar, qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi, olishga doir hisobvaraqlar uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarni bajarish bo’yicha sotib olingan talab qilish huquqi va qaytarmaslik xatari mavjud bo’lgan boshqa aktivlarni baholashda ham qo’llanilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan 242-sonli Tijorat banklari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, ular bo’yicha yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yo’qotishlar o’rnini qoplash uchun tashkil etiladigan zahiralarni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibiga binoan aktivlar quyidagi toifalar bo’yicha tasniflanadi. Yaxshi. Ushbu aktivlar bo'yicha qarzlarning o'z muddatida to'lanishi shubha tug'dirmaydi. "Yaxshi" deb tasniflangan kreditlarda ular qaytarilmasligi alomatlari bo'lmaydi. Foizlar, muddati o'tgan ssudalar "Yaxshi" deb tasniflanishi mumkin emas. Standart. Standart toifaga kiritilgan aktivlar berilishida ikkilamchi to'lov manbasi (kafolat yoki garov bilan) puxta ta'minlangan bo'lishi lozim. Umuman olganda qarzdorning moliyaviy ahvoli barqaror hisoblanadi, lekin ayrim noqulay vaziyatlar yoki yo'nalishlar mavjud bo'lib, agarda ular bartaraf etilmasa, qarzdorning kreditni o'z vaqtida to'lash qobiliyatiga nisbatan shubha uyg'onishi mumkin. "Standart" sifatida tasniflangan aktivlar bo'yicha bank qaytarilmagan asosiy qarz summasining 10 foizi miqdorida zaxiralar tuzishi shart Substandart. Substandart aktivlar aniq ifodalangan kamchiliklar belgilariga ega bo'lib, bu holat dastlabki shartnomaga muvofiq qarz qaytarilishi shartlarining bajarilishiga shubha uyg'otadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |