Mundarija: Kirish 1-bob. Fiskal siyosat reja


Iqtisodiy o‘sishni davlat tomonidan tartibga solish


Download 118.06 Kb.
bet4/6
Sana13.09.2023
Hajmi118.06 Kb.
#1676495
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ergashev

1.2. Iqtisodiy o‘sishni davlat tomonidan tartibga solish.
Davlatning iqtisodiy vazifalari ko‘p va turli xildir. Bular,
birinchidan, davlatning ayrim iqtisodiy vazifalari bozor tizimi
rivojlanishini yengillashtirish va qoMlab-quvatlash maqsadiga ega.
Bunday vazifalar sirasiga quyidagi ikki faoliyatni kiritishimiz mumkin:
bozor tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan huquqiy
baza va ijtimoiy muhitni ta’minlash raqobatni himoya qilish. Ikkinchi
guruh vazifalarini bajarishda davlat bozor tizimi faoliyatini
kuchaytiradi va turlaydi. Bu yerda davlatning quyidagi uchta vazifasi
asosiy ahamiyatga ega.
-daromad va boyliklami qayta taqsimlash;
-milliy mahsulot tarkibini o‘zgartirish maqsadida resurslar taqsimotini
tartibga solish;
-iqtisodiyotni barqarorlashtirish,
Ya’ni iqtisodiy konyukturaning egiluvchanligi natijasida paydo
bo‘ladigan ishsizlik va inflatsiya darajalarini nazorat qilish hamda
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish. Davlat bozor iqtisodiyotinmg
samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun asos bo‘ladigan ayrim xizmatlami
va huquqiy bazani ta’minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oladi.
Huquqiy bazani ta’minlash asosan xususiy korxonalarga xaq-huquqlar
berish, xususiy mulkchilikni aniqlash va shartnomalar bajarilishini
nazorat qilish, shuningdek, boshqalarda namoyon bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyotida raqobat asosiy tartibga soluvchi mexanizm
bo‘lib hisoblanadi. Bu ishlab chiqaruvchilar va resurslami yetkazib
beruvchilami o‘ziga bo‘ysundiradigan yagona kuchdir. Bozor tizimiga
bo‘ysunadigan ishlab chiqaruvchilar raqobat natijasida foyda olishni
rejalashtiradi. Kimki bu qonunni buzsa, zarar ko‘radi va oqibatda
batomom tugatilishi mumkin. Monopoliya raqobat bilan almashinar
ekan, sotuvchilar bozorga ta’sir qilishi mumkin yoki o‘z manfaatlaridan
kelib chiqqan holda narxlami oshirish orqali mamlakatga zarar
olib keladi.
Bozor tizimi rivojlanishi bilan mamlakat aholisi oladigan
daromadlar va qiladigan xarajatlar o‘rtasida nomutanosibliklar paydo
bo‘ladi. Bu kabi muammolami hal qilishda davlat asosiy ahamiyatga
ega. Ya’ni, davlat jamiyatdagi daromadlar nomutanosibligini kamaytirish
vazifasini bajaradi. Bu vazifalar bir nechta siyosiy tadbirlar va dasturlarda o‘z yechimini topgan. Birinchidan, transfert to‘lovlari
orqali yordamga muhtoj, boqimanda, nogiron va ishsizlarni nafaqalar
bilan ta’minlaydi. Ikkinchidan, davlat bozorga aralashuvi orqali
daromadlar taqsimlanishini o‘zgartiradi. Fermerlarga kafolatlanadigan
baho va minimal ish haqi to‘g‘risidagi qonunchilik davlatning aholi
ayrim guruhlari daromadlarini tenglashtirish maqsadida bahoni
tartibga solib turishga misol bo‘la oladi. Bundan tashqari aholidan
olinadigan daromad soliqlarining foizlar bo‘yicha tabaqalanishi ham
aholining kam ta’minlangan qismini qoilab-quvvatlash maqsadida
olib borilayotgan dasturlardan biridir. Iqtisodchilarga bozor faoliyati
buzilishining ikki holati ma’lum. Birinchidan, kerak bo‘lmagan tovar
va xizmatlami ishlab chiqarishda qanday resurslar boiishidan qat’i
nazar, iqtisodiy jihatdan foydaliligini aniq ajratib ko‘rsata olmaydi.
Birinchi holatda resurslami tuslanishi yoki qo‘shimcha samaraga,
ikkinchidan esa, davlat yoki ijtimoiy manfaatga bogiiq. Oldingi
mavzularda ko‘rdikki, raqobatli bozor tizimining qulayliklaridan biri
resurslami samarali taqsimlashdan iborat. Boshqacha aytganda, har bir
turdagi tovar va xizmatni ishlab chiqarishda resurslar to‘g‘ri yoki
maqbul taqsimlanadi.
Raqobatli bozordagi resurslaming samarali taqsimlanishida
yashirincha ravishda kamchiliklar ham mavjud. Chunonchi, har xil
turdagi tovar va xizmatlami ishlab chiqarish yoki iste’mol qilishda
qo‘shimcha samara yoki tovlanish bo‘lmaydi, deb hisoblanadi.
Tovlanish tovar va xizmatlami ishlab chiqarish yoki is’temol qilish
bilan bog‘liq boigan imkoniyat va xarajatlar uchinchi tomonga, ya’ni
bevosita sotuvchi yoki sotib oluvchi bo‘lmagan tomonga o‘tadi.
Tovlanish, shuningdek, qo‘shimcha samara deb ham yuritiladi.
Chunki, u bozor oldi - sotdisida qatnashayotgan individ yoki gumhlar
hisobiga to'g'ri keladigan imkoniyat va xarajatlami bildiradi.
Tovarlarni ishlab chiqarish yoki iste’mol qilishda uchinchi bir
tomondan kutilmagan xarajatlar paydo bo‘lishi tovlanish xarajatlarini
anglatadi. Bu xarajatlaming ko‘pgina qismi atrof-muhitning ifloslanishi
bilan bogiiq. Davlat xarajatlar tovlanishi natijasida resurslar
nomutanosib taqsimlanishining oldini olish uchun qonunlar qabul
qiladi, va o‘ziga xos soliqlar joriy etadi. 0 ‘zbekistonning bozor
iqtisodiyoti rivojlanishiga aralashuvidan asosiy maqsadi, iqtisodiyotga
yangi demokratik usullar bilan rahbarlik qilish, barcha xorijiy
mamlakatlar bilan samarali iqtisodiy integratsiyaga o‘tish, ITT yutuqlaridan
samarali qo‘llash asosida resurslardan unumli foydalanishni
yo‘lga qo‘yish va aholining turmush darajasini yuksaltirishdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat mamlakat iqtisodiyotiga
bevosita aralashadi. Davlatning mamlakat iqtisodiyotiga aralashuvi
makroiqtisodiy siyosat orqali amalga oshiriladi. Bu siyosatga asosan
quyidagilami kiritamiz: budjet; pul-kredit; dotatsiya; subvensiya;
subsidiya; halq xo‘jaligi balansi; soliq mexanizmi; chegaralangan
baholar va boshqalar.
Davlat budjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert
to‘lovlari) ko‘paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga
aralashadi.
Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki
budjet siyosati tovar va xizmatlaming davlat xaridi, YAMM ni
taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlami ishlab chiqish va
amalga oshirish, davlat budjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi
mutanosiblikni ta’minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam
shakllarini ko‘rsatish, narxlar ustidan nazorat o‘matish, eksport va
import qilinadigan tovarlarga kvotalar o‘matish va shuningdek,
mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan choratadbirlar
majmuasidan iborat. Awalambor u mamlakatda pul
massasini tartibga solishga qaratilgan va uning asosiy vazifasi narxlar
va real milliy ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga mos keladigan pul
emmisiyasi hisoblanadi.
Pul-kredit siyosati deganda to‘liq bandlik sharoitida jami
mahsulotlami ishlab chiqarishga inflatsiyani ta’sirini kamaytirish yoki
bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o‘zgartirish
tushuniladi. Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy
barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tatbiq etadi. Hozirda
hamma mamlakatlarda pul miqdorini tartibga solishda ochiq bozorda
operatsiyalami, ya’ni davlat qimmatli qog‘ozlarini taklif qilish
usulidan keng foydalanilmoqda. Ushbu operatsiyalami Markaziy bank
asosan nufuzi katta banklar guruhi bilan birgalikda amalga oshiradi.
Bozorda Markaziy bank xazina qimmatli qog‘ozlarini sotish yoki xarid
qilish yo‘li bilan pul taklifiga ta’sir etadi, ya’ni pul bozorida talab va
taklif muvozanatini ta’minlaydi.
lie
Pul bozorida muomalada pul miqdori ortiqchaligini mavjud deb
faraz qilamiz. Tabiiyki, Markaziy bank ortiqcha pul massasini
kamaytirish yoki yo‘q qilishga harakat qiladi. Buning uchun, u ochiq
bozorda o‘zining qimmatli qog‘ozlarini aholi va banklarga taklif etadi,
ular esa uni xarid qila boshlaydilar. Davlat qimmatli qog‘ozlarining
(sotish yoki xarid qilish yo‘li bilan) taklifi oshib borgan sari, uning
bahosi pasayadi, 0 ‘z navbatida unga bo‘lgan xarid (ya’ni qimmatli
qog‘ozlarni sotib olganlarga foiz shaklida haq toianadi) oshadi, bu esa
unga bo‘lgan talabni oshiradi.
Banklar va aholi qimmatli qog‘ozlami ko‘prok xarid qila
boshlaydilar, pirovard natijada banklaming zaxiralari qisqaradi, o‘z
navbatida, bu hoi pul taklifi bank multiplikatoriga teng nisbatda
qisqarishiga olib keladi. Bu bank zaxirasi va pul taklifining ortishiga
olib keladi. 0 ‘zbekitonda pul-kredit siyosatining quyidagi yo‘nalishlari
mavjud: davlat tomonidan pul massasini oldindan bilish, uni doimiy
nazorat qilish;
Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining operatsiyalarini
pul bilan ta’minlash pul muomalasi sohasini nazorat qilishga imkon
beradi; kredit va budjet tizimlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlar
vositasini takomillashtirish, kredit berish, budjet kamomadi sharoitida
uni pul chiqarish hisobiga emas, balki davlatning qimmatli
qog‘ozlarini sotish hisobiga qoplash zarur. Bu siyosatning asosiy
vositasi, Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan hisob
stavkasini tartibga solish, tijorat banklarining majburiy ravishda
Markaziy bankda saqlaydigan zaxira me’yorini o‘zgartirish, qimmatli
qog‘ozlar bo‘yicha ochiq bozordagi operatsiyalami yo‘lga qo‘yish va
boshqa tadbirlardan iborat. Davlat tomonidan xo‘jaliklarga
ko‘rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subvensiya va
subsidiya shakllarida olib boriladi.
Dotatsiya -budjet va budjetdan tashqari fondlardan qaytarib
olmaslik sharti bilan xo‘jaliklaming zararlarini qoplash, shuningdek,
mahalliy budjetlar mutanosibligini ta’minlash uchun ajratilgan pul
mablagiaridir.
Subvensiya - qat’i maqsadlar uchun beriladigan dotatsiya turi
bo‘lib, foydalanish sharti buzilganda uni qaytarib olish mumkin.
Subsidiyalar - bu pul yoki natura ko‘rinishidagi yordam turi
bo‘lib, budjet va budjetdan tashqari fondlardan ko‘rsatiladi.
Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo‘lish mumkin. To‘g‘ri
subsidiyalar - kapital qo‘yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlami qayta
tayyorlashga ajratilgan mablag‘lar, egri subsidiyalar soliq imtiyozlari,
imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va
hokazolardir. Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari
ko‘rinishida himoya qiladi.

Download 118.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling