Mundarija: Kirish 1-bob. Fiskal siyosat reja
Iqtisodiy o‘sishni davlat tomonidan tartibga solish
Download 118.06 Kb.
|
Ergashev
1.2. Iqtisodiy o‘sishni davlat tomonidan tartibga solish.
Davlatning iqtisodiy vazifalari ko‘p va turli xildir. Bular, birinchidan, davlatning ayrim iqtisodiy vazifalari bozor tizimi rivojlanishini yengillashtirish va qoMlab-quvatlash maqsadiga ega. Bunday vazifalar sirasiga quyidagi ikki faoliyatni kiritishimiz mumkin: bozor tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan huquqiy baza va ijtimoiy muhitni ta’minlash raqobatni himoya qilish. Ikkinchi guruh vazifalarini bajarishda davlat bozor tizimi faoliyatini kuchaytiradi va turlaydi. Bu yerda davlatning quyidagi uchta vazifasi asosiy ahamiyatga ega. -daromad va boyliklami qayta taqsimlash; -milliy mahsulot tarkibini o‘zgartirish maqsadida resurslar taqsimotini tartibga solish; -iqtisodiyotni barqarorlashtirish, Ya’ni iqtisodiy konyukturaning egiluvchanligi natijasida paydo bo‘ladigan ishsizlik va inflatsiya darajalarini nazorat qilish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish. Davlat bozor iqtisodiyotinmg samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun asos bo‘ladigan ayrim xizmatlami va huquqiy bazani ta’minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oladi. Huquqiy bazani ta’minlash asosan xususiy korxonalarga xaq-huquqlar berish, xususiy mulkchilikni aniqlash va shartnomalar bajarilishini nazorat qilish, shuningdek, boshqalarda namoyon bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotida raqobat asosiy tartibga soluvchi mexanizm bo‘lib hisoblanadi. Bu ishlab chiqaruvchilar va resurslami yetkazib beruvchilami o‘ziga bo‘ysundiradigan yagona kuchdir. Bozor tizimiga bo‘ysunadigan ishlab chiqaruvchilar raqobat natijasida foyda olishni rejalashtiradi. Kimki bu qonunni buzsa, zarar ko‘radi va oqibatda batomom tugatilishi mumkin. Monopoliya raqobat bilan almashinar ekan, sotuvchilar bozorga ta’sir qilishi mumkin yoki o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda narxlami oshirish orqali mamlakatga zarar olib keladi. Bozor tizimi rivojlanishi bilan mamlakat aholisi oladigan daromadlar va qiladigan xarajatlar o‘rtasida nomutanosibliklar paydo bo‘ladi. Bu kabi muammolami hal qilishda davlat asosiy ahamiyatga ega. Ya’ni, davlat jamiyatdagi daromadlar nomutanosibligini kamaytirish vazifasini bajaradi. Bu vazifalar bir nechta siyosiy tadbirlar va Download 118.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling