Mundarija: Kirish 1-bob. Fiskal siyosat reja


Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy


Download 118.06 Kb.
bet5/6
Sana13.09.2023
Hajmi118.06 Kb.
#1676495
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ergashev

1.3. Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy
dastaklari.
Davlatning fiskal siyosati siklik tebranishlami bir maromga
keltirish va yuqori bandlik hamda past inflatsiya sharoitida barqaror
iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida soliqqa tortish va davlat
xarajatlarini tartibga solishga qaratiladi.
Fiskal siyosat rag‘batlantiruvchi yoki turg‘un tavsifga ega
bo‘lishi mumkin. Rag‘batlantiruvchi fiskal siyosati (fiskal ekspansiya)
qisqa davrda davlat sarflarini ko‘paytirish, soliqlar stavkalarini
pasaytirish yoki bu choralami o‘zaro uyg‘unlashtirish yo‘li bilan siklik
tanazzulni yengib o‘tish maqsadida ishchan iqtisodiy faoliyatni
rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi. Uzoq davrda soliq stavkalari pasayishi
iqtisodiy o‘sish sur’atining barqaror jadallashuvi va iqtisodiy
salohiyatning mustahkamlanishiga olib kelishi mumkin.
Davlatning, turg‘un fiskal siyosati qisqa davrda iqtisodiyotning
“qizib ketish”ni bartaraf etish maqsadiga ega bo‘ladi. U davlat
xarajatlarini taqozo etib iqtisodiy o‘sish va talab inflatsiyasi sur’atini
pasaytirishga imkon beradi.
Davlat fiskal siyosati - bu davlat budjeti daromadlari va
xarajatlari tarkibiy qismini o’zgartirish orqali milliy iqtisodiyotga ta’sir
qilishni anglatadi.
Agar iqtisodiyotda ortiqcha talab tufayli paydo bo‘lgan inflatsiya
sodir boisa, bunga to‘sqinlik qiluvchi fiskal siyosat mos keladi.
Bunday fiskal siyosat quyidagilami o‘z ichiga oladi: (1) hukumat
xarajatlarining kamayishi, yoxud (2) soliqlarning ko‘payishi, yoxud (1)
va (2)ning birga qo‘shib olib borilishi. Fiskal siyosat bashartida
iqtisodiyot oldida inflatsiya ustidan nazorat qilish muammosi turadigan
boisa, hukumat budjetining ijobiy qoldig‘iga tayanishi lozim”83.
Iqtisodiyotning siklik rivojlanishi va inqirozlami bartaraf
etishning asosiy dastagi bu - davlat xarajatlaridir. Keynsning fikricha,
uning shakllanishi, tuzilishi va o‘sishi “samarali talab”ga erishishdagi
muhim omildir.
Fiskal siyosat oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalardan kelib
chiqib, uning uchta yo‘nalishi, ya’ni iqisodiy o‘sishni rag‘batlantirish,
barqarorlashtirish va iqtisodiy faoliyatni chegaralash siyosatlami
alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Iqtisodiy o‘sish maqsadlaridan kelib chiqilgandi, fiskal siyosat
bandlik darajasini va shu orqali YAIM real hajmini oshirishga qaratiladi.
Bunda rag‘batlantiruvchi fiskal siyosatning dastaklari davlat
xarajatlarining o‘sishi va soliq stavkalarining pasayishi hisoblanadi
Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tartibga solish orqali
makroiqtisodiy mauvozanatlikni ta’minlab borishga qaratilgan fiskal
siyosat bir qator moliyaviy vosita va iqtisodiy dastaklar yordamida
amalga oshiriladi. Qo‘llaniladigan bu barcha moliyaviy vosita va
dastaklar birgalikda tartibga solishning moliyaviy mexanizmini tashkil
qiladi.
Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi va amaliy hayotda fiskal
siyosatning ikkita turi ajratiladi:
1. Diskretsion fiskal siyosat yoki bevosita davlat tomonidan
amalga oshiriladigan siyosat;
2. Nodiskretsion fiskal siyosat yoki avtomatik ravishda
barqarorlashtiruvchi siyosat.

Download 118.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling