Mundarija: kirish. 1-bob. Huquq manbalari va ularning turlari


-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


Download 85.62 Kb.
bet5/10
Sana22.06.2023
Hajmi85.62 Kb.
#1646369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasini, turlarini, ushbu hujjatlarning o‘zaro yuridik kuchi va nisbatini belgilashdan, shuningdek ularni rejalashtirish, tashabbus qilish, tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish, kelishish, qabul qilish, e’lon qilish, ularning ijrosini tashkil etishni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Normativ-huquqiy hujjatlar - vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, umummajburiy tusdagi qoidalarni o‘rnatuvchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi yuridik hujjati hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjat umummajburiy xulq-atvor qoidalarini o‘z ichiga oladi hamda o‘zining quyidagi uch xususiyati bilan ijtimoiy normalarning boshqa turlaridan ajralib turadi: a) ular vakolatli davlat organlari tomonidan yaratilib, barcha uchun umummajburiy qoidalarni o‘rnatadi, o‘zgartiradi (takomillashtiradi) yoki bekor qiladi; b) ularda huquqiy qoidaning mazmuni, ya’ni huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va burchlari bayon etiladi; v) normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan qoidalar bajarilmagan yoki buzilgan taqdirda muayyan huquqiy oqibatlar kelib chiqadi, qoida bo‘yicha, davlatning majburlov kuchi ishga solinadi. Normativ-huquqiy hujjatlar, ularni chiqaradigan davlat organlari va mansabdor shaxslarning mavqeiga, aktlarning yuridik kuchiga ko‘ra, quyidagi turkumlarga bo‘linadi: 1) qonunlar (Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar va joriy qonunlar); 2) Prezident farmonlari, qaror va farmoyishlari; 3) hukumat qarori va farmoyishlari; 4) vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqaruv organlarining normativ hujjatlari; 5) mahalliy vakillik va ijroiya organlarining qarorlari va farmoyishlari.
2-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonunchilik
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining turlari va o‘zaro nisbati, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibiga hamda ularning mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablar va ijrosini tashkil etishni ta’minlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan ham belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, e’lon qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va saqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi Qonuni bilan belgilanadi.

Download 85.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling