Мундарижа. Кириш 2 1-Мавзу: сертификатлаштириш фаолияти 4
Akkreditatsiyadan o‘tkazish va xabardor qilish
Download 1.81 Mb.
|
Сертификатлаштириш 2015
7.3. Akkreditatsiyadan o‘tkazish va xabardor qilish
Akkreditlashtirish tizimi talabiga javob beruvchi har qanday tashkilot (ob’ekt) akkreditlanishi mumkin. Buning uchun akkreditlashtirish ob’ekti quyidagilarga majbur: akkreditlashtirish tizimi me’yoriy hujjatlarida bayon etilgan mezonlarga muvofiq bo‘lishi; uning faoliyatini baholashni o‘tkazish uchun barcha joylarga va xodimlarga ruxsat etilgan, o‘ziga xos hujjatlarni taqdim etish, shuningdek, apellyatsiyani ko‘rib chiqish va akkreditlangan idoralar faoliyati uchun nazoratida sharoitlarni ta’minlashi; uning akkreditatsiya sohasidagi o‘rnatilgan faqat shu faoliyatni amalga oshirishi; akkreditatsiya sohasida o‘rnatilgan faoliyatga kirmagan faoliyat haqida reklama maqsadida ommaviy axborot vositalariga xabar bermaslik; sertifikatlashtirish va nazorat qoidalariga aniq rioya qilish; bekor qilingan akkreditatsiya yoki to‘xtatilgandan so‘ng akkreditlashtirish idorasi talabi bo‘yicha akkreditlangan hujjatlarni qaytarishi va akkreditatsiyaga havola qilingan o‘zining faoliyatidan tarkib topgan reklamasini tugatishi. Shuningdek akkreditatsiya ob’ekti akkreditlashtirish ob’ektiga isbotlashi lozim, negaki u: uning ishlari natijalariga aks etgan har qanday unga savdo, moliyaviy ta’sir etilishidan ozodligini; bajariladigan ishlar tavsifiga javob beruvchi sifat tizimi mavjudligini; yetarli tajribali va o‘qigan xodimlardan foydalanishini; ishlarni o‘tkazish uchun yaroqli bo‘lgan inshoat (bino), texnikaviy qurilmalar va ularga doimiy xizmatlarni amalga oshirishning mavjudligini; akkreditatsiya sohasida aniqlangan ishlar uchun me’yoriy hujjatlar fondining mavjudligi va bu hujjatlarni aktuallashtirishni o‘tkazishi hamda yo‘riqnoma va protseduralarga hujjatlar ishlab chiqadi; muvofiqlik sertifikatini berish xolisonaligini tasdiqlovchi hisob-kitob va qat’iy ravishda blankalar, hisobotlar va boshqa materiallarni saqlash tizimi mavjudligi; ishlar jarayonida olingan, ma’lumotlar maxfiyligini kafolatlaydi. Endi akkreditlashtirish bo‘yicha ishlar bosqichi quyidagi tartibda o‘tkaziladi: Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling