Мундарижа. Кириш 2 1-Мавзу: сертификатлаштириш фаолияти 4
-Mavzu: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AKKREDITLAShTIRISh TIZIMINING ASOSIY QOIDALARI
Download 1.81 Mb.
|
Сертификатлаштириш 2015
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.4. Akkreditlangan ob’ektlarning inspeksion nazorati
7-Mavzu: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AKKREDITLAShTIRISh TIZIMINING ASOSIY QOIDALARIReja: 7.1. Akkreditlashtirish7.2. Akkreditlashtirish milliy tizimining tashkiliy tuzilmasi va vazifalari7.3. Akkreditatsiyadan o‘tkazish va xabardor qilish7.4. Akkreditlangan ob’ektlarning inspeksion nazorati7.1. Akkreditlashtirish O‘zbekiston Respublikasida akkreditlashtirish tizimini ishlab chiqishdan maqsad mahalliy mahsulolar, xizmatlar yoki jarayonlarning muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikatlar va boshqa hujjatlarni xalqaro tan olinishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Bu shart-sharoitlar O`zbekiston Respublikasining xalqaro akkreditlashtirish tizimi (ILAC, IAF)ga qo‘shilishi va tan olish bo‘yicha kelishuv tuzishda asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tan olish xorijiy akkreditlashtirish tizimlari, bu tizimning xilma xil qiymatliligini hisobga olgan xolda akkreditlashtirish milliy tizimiga ishonishga asoslangan. Bunda sinov natijalari muvofiqligi va sertifikatlangan mahsulot sifati ko‘rsatkichining barqarorligi muvofiqlikni tasdiqlash bo‘yicha reglamentlangan xalqaro standartlarga muvofiq akkreditlangan sertifikatlashtirish va nazorat idoralari, sinash, kalibrlash (qiyoslash) laboratoriyalari faoliyatlarining layoqatliligi bilan kafolatlanishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekistonda mustaqil akkreditlashtirish milliy tizimi 1998 yilda yaratildi. Tizimni yaratish akkreditlash yo‘li bilan tashkilotlar muvofiqligini baholash sohasida davlatning o‘rnini kuchaytirishni yo‘lga qo‘yadi. Akkreditlash muvofiqlikni tasdiqlash sohasida o‘zining layoqatliligini bahosini olishni ixtiyoriy istovchi sub’ektlar munosabatida amalga oshiriladi. Akkreditlash tizimi – akkreditlashni amalga oshirish uchun protsedura va boshqaruvning o‘z qoidalariga ega bo‘lgan tizim. Tizimning me’yoriy asosi (bazasi) 10-rasmda ko‘rsatilgan xalqaro standartlar bo‘lib hisoblanadi. Tizimning qonuniy hujjatlariga 17.07.2006 yil Adliya Vazirligida №1596 sonli ro‘yxatga olingan «Sertifikatlashtirish sohasidagi nazorat idoralari, bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralari, sinov (o‘lchash) laboratoriyalar (markazlar)ni akkreditlash qoidalari» taaluqlidir. Tizimda «akkreditatsiya» atamasi «o‘rnatilgan talablarga mahsulotlar, xizmatlar, xodimlar va sifat tizimining muvofiqlikni baholash va tasdiqlash bo‘yicha muayyan ishlarni bajarish uchun huquqiga egaligini rasman tan olish» deb ta’riflangan. Akkreditlashtiruvchi idora bu «o‘rnatilgan talablarga mahsulotlar, xizmatlar, xodimlar va sifat tizimining muvofiqlikni baholash va tasdiqlash bo‘yicha faoliyatni amalaga oshirish uchun rasmiy vakolat beruvchi, davlat boshqaruv idora». O‘zbekiston Respublikasida akkreditlashtirish idorasi sifatida O‘zstandart Agentligi vakolatlangan. Akkreditlashtirish bo‘yicha Kengash bu «o‘tkazilgan akkreditlash natijalari bo‘yicha qaror qabul qiluvchi milliy akkreditlash tizimining rahbariy idorasi». Akkreditlash sohasi, bu «muvofiqlikni tasdiqlash bo‘yicha aniqlangan faoliyat sohasida muayyan ishlarni, ya’ni akkreditlashga taqdim qilingan va berilgan arizani bajarish». Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling