Мундарижа. Кириш 2 1-Мавзу: сертификатлаштириш фаолияти 4


Сертификатлаштириш жараёни


Download 1.81 Mb.
bet9/111
Sana01.04.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1318564
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   111
Bog'liq
Сертификатлаштириш 2015

Сертификатлаштириш жараёни, шундай услубки, унда воситачи hисобланмиш – учинчи томон ёзма равишда гувоhлик билдириб, маhсулот, жараён ёки хизматни qўйилган талаблар даражасига мослигини эътироф qилади.
Саноат корхоналарида ишлаб чиqарилаётган турли хил маhсулотлар муайян кўрсаткичларга жавоб бериши керак. Бу кўрсаткичлар эса маълум белгиланган талабларга мувофиq /мос/ келиши лозим. Мувофиqлик ўз навбатида маhсулот ёки хизматларнинг маълум стандартга ёки бошqа меъёрий hужжатлардаги шу маhсулот ёки хизматларга белгиланган кўрсаткичларга мос келишини талаб этади. Мувофиqликни сертификатлаштириш мумкин. Хўш сертификатлаштириш тушунчаси нима?
Sertifikatlashtirish deganda talab etilgan ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan faoliyat tushuniladi.
"Sertifikatlashtirish" tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlashtirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha maxsus qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning "Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari" qo‘llanmasiga kiritilgan.
Muvofiqlik - atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni o‘z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikni uchta ko‘rinishi - muvofiqlik bayonoti, muvofiqlikni attestatlash, muvofiqlikni sertifikatlashtirish degan tushunchalar mavjud. Muvofiqlik bayonoti deb yetkazib beruvchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga to‘la-to‘kis muvofiqligi xaqida butun ma’suliyatni o‘z ustiga olganligini bayon etishiga aytiladi. Bu atamani so‘nggi vaqtlarda "o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish" tushunchasi bilan almashilayotgani qayd qilinmokda. O‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deganda mahsulot ishlab chiqaruvchi tomon butun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan holda mahsulotning talab etilgan darajada sifatliligi haqidagi kafolatni o‘z zimmasiga oladi.
Muvofiqlikni attestatlash deganda uchinchi tomon tarafidan "sinov laboratoriyasining bayonoti" tushunilib, ma’lum namuna mahsulotga bo‘lgan talablarni belgilovchi ma’lum standartlar yoki boshqa hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etishiga aytiladi.
Sertifikatlashtirish jarayoni deganda mahsulot /buyum, mol/ yoki xizmat muayan standart yoki texnikaviy shart talablariga mos kelishini tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot /buyum, molning/ o‘rnatilgan talablarga iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat – sertifikat beriladi.
Yana bir zarur atamalardan biri "sertifikatlashtirish tizimi" bo‘lib u quyidagicha ta’riflanadi: Sertifikatlashtirish tizimi - muvofiqlikning sertifikatlashtirish faoliyatini o‘tkazish uchun ish tartibi qoidalariga va boshqarishiga ega bo‘lgan tizimdir.
"Sertifikatlashtirish tizimi" atamasidan tashqari Sertifikatlashtirish sxemasi /sxema sertifikatsii/ kiritilib, ushbu faoliyat muvofiqlikni sertifikatlashtirishda uchinchi tomon faoliyatining olib boradigan ish hajmi, ketma-ketligi, tartibi va sertifikatlashtirish sub’ekti bilan o‘zaro munosabatini belgilaydi.
Sertifikatlashtirish faoliyatida qo‘llaniladigan uchta tushuncha to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish, sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi.
Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish – guvohnoma talabgoriga sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi – deb ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sertifikatlashtirish qatnashuvchisi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan va tizimni boshqarishda ma’lum darajada ishtirok eta oladigan sertifikatlashtirish qatnashuvchisi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish ikki xil bo‘ladi: majburiy va ixtiyoriy. Ishlab chiqarilgan yoki iste’mol etiladigan mahsulot uchun uning tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’siri asosiy mezon hisoblanadi. Tashqi muhitga, inson salomatligi va uning xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar, majburiy sertifikatlashtirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi, unday mahsulotlar ro‘yxati Davlat tomonidan tasdiqlanib, bu ro‘yxatga kiritilmagan mahsulotlar esa sertifikatlashtirilishi ixtiyoriydir.
Мажбурий сертификатлаштириш деганда сертификатлаштириш хуqуqида эга бўлган идора томонидан тасдикланган рўйхатга киритилган маhсулот, жараён, хизматнинг стандартлардаги талабларга мувофиqлигини тасдиqлаш тушунилади.
Ихтиёрий сертификатлаштириш деганда ишлаб чиqарувчи /бажарувчи/, сотувчи /таъминловчи/ ёки истеъмолчи ташаббуси билан ихтиёрий равишда ўтказиладиган маhсулот сертификатлаштирилиши тушунилади.
Hозирги шароитда ташqи мамлакатлар билан савдони, мамлакатлараро иqтисодий алоqаларни, фан ва техникани ривожланиши учун, hамда чиqарилаётган маhсулотларни сифатини яхшилаш, уларнинг раqобатдошлик qобилиятини ошириш учун мунтазам равишда синовлардан ўтказиш эhтиёжи ортиб бормоqда. Синовларни кўпинча учинчи томон деб аталувчи ташкилот амалга оширади. Учинчи томон тарафидан олиб бориладиган сертификатлаштириш ишлаб чиqарувчиларнинг ишончига сазовор бўлмоqда ва шу сабабли бундай йўл кенг qўлланилиб, самарали олиб борилмоqда. Турли мамлакатларда учинчи томон тарафидан бажарилаётган сертификатлаштириш тизимини ташкил этиш амалда шуни кўрсатмоqдаки, уни турлича ташкил qилиш мумкин экан. Сертификатлаштириш тарихини кўриб чиqадиган бўлсак бу фаолият билан ишлаб чиqарувчи ассоцияциялар, йирик истеъмолчилар, стандартлаштириш миллий ташкилотлари шуg‘улланиб турли тизимларни яратганлар. Масалан, Франция ва Англияда 60-йиллар бошида истеъмолчилар томонидан hарбий маqсадлар учун ишлатиладиган электроника маhсулотларини сертификатлаштириш тизими яратилди.
Сертификатлаштириш тушунчаси кенг маънода учинчи томон тарафидан ўтказиладиган техникавий меъёрга, иш услубига, qоидага мувофиqлигини qамраб олган hар qандай текширувдир. Шунинг учун сертификатлаштиришни текширув деб hисоблаб, босим остидаги идишларни, портлаш hавфидан hимояланган qурилмаларнинг, кемаларнинг, сузиш воситаларининг, тайёраларнинг, авиация qурилмаларининг, атом реакторларининг ва тоg‘ техникасининг ишлатилишдаги hавфсизлигини таъминлаш маqсадида техникавий назорат ўрнатувчи идоралар шартли текширувни амалга оширади.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling