Mundarija kirish 2 I bob. Elektron vositalar yordamida dasturiy ta’minot yaratish 4
Download 11.86 Kb.
|
MUNDARIJA
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB. ELEKTRON VOSITALAR YORDAMIDA DASTURIY TA’MINOT YARATISH
MUNDARIJAKIRISH 2 I BOB. ELEKTRON VOSITALAR YORDAMIDA DASTURIY TA’MINOT YARATISH 4 1.1. Dasturiy ta’minotni yaratishda phpdan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish 4 KIRISHO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 iyul kuni umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar tarqatdi.Keyingi yillarda ta’lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha farmon va qarorlar qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 30 sentyabrdagi qaroriga muvofiq Xalq ta’limi vazirligining boshqaruv tizimi takomillashtirildi, asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari belgilab berildi. Yaqinda vazirlik rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirilib, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish orqali ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ko‘plab vazifalar qo‘yildi. Yig‘ilishda ushbu ko‘rsatmalar asosida ishlab chiqilgan xalq ta’limi tizimini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti o‘tkazildi. Prezident pedagoglarning oylik maoshini, jamiyatdagi mavqeini oshirish, ularni ijtimoiy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Turli nazorat organlari tomonidan o‘qituvchilar faoliyatini tekshirishlarni cheklash, pedagoglarni obodonlashtirish, majlislarda qatnashish, obuna va shu kabi kasb faoliyatiga tegishli bo‘lmagan ishlarga jalb qilmaslik kerakligi ta’kidlandi. O‘qituvchilarning haq-huquqlarini himoyalash uchun maxsus huquqiy xizmat tashkil etish vazifasi qo‘yildi. “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish kerak. Har bir sinfda bolalarning nimalarni bilishi zarurligidan kelib chiqib, davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalarini qayta ko‘rib chiqish lozim. Darsliklarni eng zamonaviy metodikalar asosida yaratish va chop etish, maktablarda texnologiya, muhandislik fanlari, matematika, san’at, chet tillari yo‘nalishlarini kuchaytirish, bu boradagi laboratoriyalarni qayta jihozlash talab etiladi. Maktabgacha ta’lim va oliy ta’lim tizimlari bilan uzviylikni ta’minlashga ham e’tibor berish kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev. Umumta’lim maktablari direktorlari va o‘rinbosarlariga bo‘lgan talabni qayta ko‘rib chiqish, bu lavozimga haqiqiy boshqaruvchilik – menejerlik qobiliyatiga ega shaxslarni tayinlash, ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari mas’uliyatini keskin oshirish kerakligi qayd etildi. Xalq ta’limi tizimini moliyalashtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. 2019 yil uchun davlat byudjetini shakllantirishda mazkur sohaga moliyalashtirishni oshirish, shuningdek, yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun Xalq ta’limi vazirligi qoshida alohida jamg‘arma tashkil etish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi. Ta’lim tizimida shu qilinayotgan harakatlarni hisobga olgan holda o‘z hissamizni qo‘shish maqsadida ushbu ishga qo‘l urishga qaror qildik Bitiruv malakaviy ishining maqsadi o‘quvchilar ilmiy salohiyatini yaxshilash va masofaviy ta’lim tizimini rivojlantirish. Ta’lim olishda uzoq manzilli maktablar o‘quvchi va o‘qituvchilarga qulaylik yaratish. Imkoniyati cheklanganlar uchun ta’lim olish imkonini oshirish. Mavzuning dolzarbligi. Bu bitiruv malakaviy ishimning dolzarbligi shundaki, masofaviy ta’lim jarayonini qulaylashtirish, o‘qitish jarayonida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni bartaraf etish. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga ta’lim olish imkoniyatini yaratish. Ishni bajarish uchun qo‘yilgan vazifalar: 1. O‘quv muassasadagi ishchi xodim va talabalar haqida ma’lumotlar to‘plash va o‘rganib chiqish. 2. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish. 3. PHP va Yii bo‘yicha kerakli bilimlarni egallash. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi ta’lim sifatini oshirish, ishchi hodimlar va o‘quvchilari haqidagi ma’lumotlar bazasini boshqarish imkonini beradi. Mazkur bitiruv malakaviy ish kirish, 3 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilova bo‘limlaridan tashkil topgan. I BOB. ELEKTRON VOSITALAR YORDAMIDA DASTURIY TA’MINOT YARATISH1.1. Dasturiy ta’minotni yaratishda phpdan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilishTexnikaning kuchli rivojlanishi yangi dasturiy mahsulotlarni paydo bo‘lishiga Download 11.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling