Mundarija kirish 2 kirish


Download 78.57 Kb.
bet9/10
Sana05.04.2023
Hajmi78.57 Kb.
#1275820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ustav Kapitali RAMIZBEK MURATOV tahrirlandi 2

Daromadlilik indeksi. Sof daromad va sof joriy daromadlarni hisoblashda foydalaniladigan dastlabki investitsiya xarajatlari yana bir yordamchi ko’rsatkich –daromadlilik indeksini tuzishda ham ishlatiladi. Bu ko’rsatkich loyiha xarajatlariga nisbatan qaytimni ifodalaydi. Ko’zda tutilgan xarajatlar tarkibiga qarab investitsiyalar daromadlilik indeksi yoki xarajatlar daromadlilik indeksini tuzish mumkin. O’z navbatida, ularning har birini ikki xil ko’rinishda: real va diskontlangan pul oqimi boyicha tasvirlash mumkin.
Muvofiq ko’rsatkichlarning bir-biridan farqlanashi muqarrar hol. Shu sababdan, loyiha samaradorligini daromadlilik indeksi vositasida tavsiflaganda, albatta, u qaysi metod boyicha baholanganini ta’kidlab o’tish lozim. Bu ko’rsatkichlar turli loyihalar boyicha qiyoslanishi esa bir xil uslubdan foydalanishga olib keladi.
Samaradorlikni baholashning konsepsual sxemasiInvestitsion loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish jarayonida asosan loyihada investorlar sifatida qatnashuvchi qator subektlar ishtirok etadilar. Investitsion jarayonda turli qatnashuvchilarning iqtisodiy manfaatlari, ayniqsa, ularning shakllanish manbaalari o’zaro mos tushmaydi.shu sababdan bu guruhlarning har biri uchun loyihani baholash zarurati tug’uladi. Shuni yana bir bor ta’kidlash lozimki, ko’rsatkichlar tizimi, ularni hisoblash algoritmi barcha holatlarda ham bir xil amalga oshiriladi. Farqlar mos keluvchi real pul mablag’lari va samaradorlikni aniblab beruvchi ma’lumotlar bazasidan iborat bo’ladi.Samaradorlikning ikki turi va ularga mos keluvchi ko’rsatkichlarni ajratib olish asosida loyiha samaradorligini baholashning ikki bosqichda amalga oshirilishi tavsiya etiladi. Birinchi bosqichda to’laligicha loyiha samaradorligi aniqlanadi. Agarda u samarali bo’lib chiqsa unda ikkinchi bosqich – loyihada ishtirok etish samaradorligini baholash bosqichiga o’tiladi.
Birinchi bosqichning vazifasi loyiha o’z mablag’lari hisobidan moliyalashtirila olish va kredit jalb qilmaslik taklifidan kelib chiqqan holda to’laligicha samaradorlikni aniqlashdir (ko’p hollarda bu taklif samaradorlikxarakteristikasini pasayishiga olib keladi).
Bu yondashuvloyihada belgilan texnik-texnologik va tashkiliy yechimlar kabilarda o’z aksini topuvchi loyiha samaradorligini tasavvur qilishga imkon beradi. Loyihaning bunday tavsifi uning taqdimoti va loyihani joriy etishda ishtirok etuvchi potensial investorlarni jalb etish uchun zarurdir.
Birinchi bosqichda loyihaning ijtimoiy ahamiyatiga bog’liq ravishda hisob-kitoblar turlicha o’tkaziladi. Agar loyiha ijtimoiy ahamiyatga molik deb topilsa baholash tartibi - rasmda tasvirlangani kabi ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Xalqaro amaliyot investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash usullari ancha oldin ishlab chiqilganligi va ularning iqtisodiy hayotda keng qo’llanilayotganligini tasdiqlaydi. Mazkur usullar har qanday investitsiya loyihasining daromadliligini, samarasini, foydaliligini hamda ularning jalb etuvchanligini aniqlab bera oladi. Lekin, ayrim hollarda, investitsiya loyihalarini baholashda barcha usullarni qo’llash zaruriyati tug’ilmasligi ham mumkin. Bu usullarning qo’llanilishi tahlil qilinayotgan har bir loyihaning o’ziga xos jihati va xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim1 . Investitsiya loyihasini tahlil etish nazariyasi umumiy holatda ishonchli va ob’ektiv xulosaga olib keluvchi analitik usullar va ko’rsatkichlarining muayyan tizimidan foydalanishni ko’zda tutadi. Investitsiyalarning absalyut jalb etuvchanligi to’g’risida gapirganimizda, biz, kompaniyaning boshqa investitsiya imkoniyatlarini amalga oshirish chegaralangan, ajratilgan holatdagi loyiha sifatida har qanday loyihani ko’rib chiqish kerakligini nazarda tutamiz. Biroq real hayotda taqdim etiladigan ko’pchilik investitsiya loyihalari ziddiyatli va qarama-qarshi hisoblanadi, ya’ni firmaning bir va boshqa maqsadiga erishishning turli xil yo’llarini nazarda tutadilar. Ayrim hollarda, masala faqat investitsiyalarning nisbiy jalb etuvchanligi to’g’risida borishi mumkin. Bundan tashqari, tahlil etilgan investitsiya loyihalari bilan bog’liq bo’ladigan harakatlar va natijalarni ham nazarga olmoq zarur bo’ladi. Jahon amaliyotida investitsiya loyihalarini baholashning diskontlashga asoslangan usullaridan foydalanish 80-90 yillardan boshlab keng qo’llanilgan va o’zining ijobiy natijalarini bera olgan. Ushbu usullardan, asosan, bank ekspertlari keng foydalanishgan.
Masalan, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bu usullar yordamida loyihalarni baholashning o’z versiyalarini ishlab chiqqanlar. Shuningdek, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi va boshqa ko’plab nufuzli tashkilotlar tomonidan ham o’z yo’nalishi va xususiyatiga ega bo’lgan baholash uslubiyoti ishlab chiqilgan. Hozirda O’zbekiston Respublikasida ham ushbu usullardan, asosan, tijorat banklarida foydalanish keng yo’lga qo’yilmoqda, amaliy mahoratlar egallanmoqda va ular o’z samarasini bermoqda. Masalan, Milliy bank, Asaka bank, Agrobank, Ipak yo’li banklarida investitsiya loyihalarini baholashda ulardan samarali foydalanilmoqda. Bunda, ayniqsa, diskontlash usullarini YuNIDO dasturi asosida tuzilgan kompyuter versiyalari orqali qo’llash, aniq va to’g’ri qarorlar qabul qilish imkonini bermoqda.


Xulosa
O’rganilgan nazariy manbalar va amaliy ma’lumotlar tahlillaridan kelib chiqib quyidagi umumiy xulosa qildim:
1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning samaradorlik ko’rsatkichlari auditini respublikamiz bank tizimidagi o’rni, ahamiyatini o’rgangan holda, bank auditining zarurligi va respublikamizda uning huquqiy asoslarini yaratilishi, tijorat banklari ko’rsatkichlarini audit qilish usullari va nazorat turlari, O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida audit o’tkazishni tashkil qilish asoslari batafsil o’rganib chiqildi. 2. Tijorat banklarida samaradorlik ko’rsatkichlari tahlili masalasida hozirgi kunda banklarda olib borilayotgan tijorat banklarida naqd pul muomalasi va kassa operatsiyalarining auditi, kredit operatsiyalar, qimmatli qog’ozlara uditi, hamda chet el valyutasidagi operatsiyalari auditini o’tkazish tartibi ko’ri bchiqildi.
3. Respublikamizda bank samaradorlik ko’rsatkichlaria uditini rivojlantirish muammolari va ularning echimlari bo’yicha tijorat banklarini “CAMEL” tizimi bo’yicha baholash masalalari yoritib berildi. Bank operatsiyalarining asosiy qismini kredit (60-70%) operatsiyalari tashkil qiladi. Shuning uchun audit qilishda bu operatsiyalarga katta e’tibor beriladi. Respublikamizda hozirgi kunda kredit operatsiyalarining muammolari mavjud. Banklarni kredit faoliyatini tekshirish amalda shuni ko’rsatadiki, ko’p bankning ichki instruktiv materiallari va nizomlari ishlab chiqilmagan. Bularga kredit bo’limining nizomi va mansabdor shaxslarni me’yoriy hujjatlari, burchlarini taqsimoti va kredit berish to’g’risida ko’rsatma, kredit qo’mitasini qarori kabilar tekshirilishidir. Bularni borligi banklarda kredit ishi yurituvchisini ratsional tashkil qilishga yordam beradi va xodimlarni o’z vazifalariga bo’lgan mas’uliyatini oshiradi. Tijorat banklarida kredit berish uchun shartnomani rasmiylashtirish jarayonida banklar tomonidan tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy xarakterdagi xatolarga yo’l qo’yilmoqda. Ayrim hollarda bankdan qabulqilinayotgan hujjatlar to’liq emasligi yoki to’la rasmiylashtirilmaganini qo’lanmoqda. Hozirgi kunda sug’ur takompaniyalari o’z majburiyatlari ustidan chiqaolmay bankrotlik darajasiga ham borishmoqda. Bu esa, bankning kreditlarni qaytmaslik xatarini yuqori darajadaligini ko’rsatadi. Yuqorida ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ko’pgina asoslar yaratilmoqda. Keltirilgan nisbiy misol va asosan respublika banklari amaliyoti tahlillariga asoslangan holda, O’zbekistonda bank nazoratini amalga oshirishda “CAMEL” tizimidan foydalanish samaradorligini oshirish uchun quyidagi tavsiyalarni taklif etish mumkin: Birinchidan, Markaziy bank tomonidan banklarning moliyaviy holatini baholashning “CAMEL” tizimigaa soslangan O’zbekiston banklari reytingtizimini samaradorligini oshirish; Ikkinchidan, Markaziy bankdan tashqari bank bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy agentlar hamda boshqalarning, jumladan, jamoatchilik, kasaba uyushmalari, ilmiy tadqiqotchilarning ush bu tizim uslubiga asoslanib, mustaqil ravishda baholashlarni o’tkazishlari uchun matbuotda e’lon qilinadigan bank hisobotlaridagi ma’lumotlarni ko’paytirish; Bank faoliyatini tartibga soluvchi Farmon, qaror va me’yoriy hujjatlarning ko’pligi banklarning ham, auditorlarning ham ishini qiyinlashtirmoqda, shusababli, ichki me’yoriy hujjatlar ishlab chiqishdagi banklar va holatlarini yanada kengaytirish lozim, deb hisoblaymiz. Banklar tizimini yanada erkinlashtirish sharoitida O’zbekistonda boshqa chet mamlakatlar singari yangi xizmat turi, ya’ni audit xizmati kundan-kunga o’zo’rnini topib bormoqda.


Download 78.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling