Mundarija kirish 3 nazariy qism 7
MEXMONXONA «NAVBAXOR» RESTORANIDA XIZMAT KURSATISH GIGIYENASI VA XAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
Download 64.57 Kb.
|
umumiy ovkatlanish korxonalari turla
MEXMONXONA «NAVBAXOR» RESTORANIDA XIZMAT KURSATISH GIGIYENASI VA XAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
Restoranda xizmat ko‘rsatish gigiyenasi Restorandagi ofitsiantning tashqi qurinishiga, yurish-turishiga, o‘zini tuta bilishiga juda ko‘p narsa bog‘liq. Xushmuomalalik ofitsiantning yuzidan, chexrasidan qurinib turishi kerak, bo‘yi-basti urtacha, sochi yaxshi taralgan, chiroyli qad-qomat restoran zalining xusniga xusn qushadi. Bu tabiat in’om etgan go‘zalliq, yaxshi eshitish qobiliyati, dona-dona so‘z ifodasi — bularning hammasi restoranga tashrif buyuruvchilarda ofitsiantga nisbatan ijobiy munosabat uygotadi. Ofitsiant xizmatining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u mexmonlarga taom tashiydi, kerak bo‘lsa stol atrofida aylanib xo‘randalarga parvona bo‘ladi. Bu yerda ham albatta u sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishi lozim. Ular uz ichiga kuyidagilarni oladi: Ofitsiantning sochi ajib, gayriodatiy bo‘lmasligi, sochlar kuz ustiga tushmasligi, ish jarayonida sochlarni tartibga solish, tarash tavsiya etilmaydi. chunki soch taomga tushishi mumkin. Ogizdan noxush xid tarqalmasligi uchun maxsus pasta bilan ogizni yuvish, chayish lozim. Har kuni kechki taomdan so‘ng va ertalab ish boshlashdan avval tishni yuvib tozalash kerak. Ishga tushishdan avval dush qabul qilish, erkaklar, har kuni soqollarini olishlari zarur. Ayol ofitsiantlarga ishga chiqish oldidan qosmetiq; vositalardan xaddan ortiq foydalanish, kuchli xidli atir sepish, yirik taqinchoqlar taqish tavsiya etilmaydi. Ishga toza kiyimda kelish kerak, xizmatga kirishish oldidan dushga tushish, qullarni sovun bilan tozalab yuvish zarur. 48 Ish jarayonida ora-orada qulini yuvib turish, elektr sochiq bilan quritish, agar u bo‘lmasa bir marta foydalaniladigan sochiqqa artish lozim. Restoran kiyimida ofitsiant tashqariga chiqishi, boshqa biron ish bilan band bo‘lishi mumkin emas. Ofitsiant ko‘p harakatlarni mijozlar oldida, ular ko‘z-o‘ngida bajaradi, shuning uchun qullarida ham xech qanday nuqson bo‘lmasligi lozim, masalan tirnoqlar olingan bo‘lishi, qulda yara alomatlari bo‘lmasligi, biror barmoq bint bilan boglanmagan bo‘lishi kerak. Umumiy ovqatlanish xodimlarining hammasi tibbiy quriqdan o‘tgan bo‘lishi shart. Bundan maqsad qasalliq taom orqali boshqalarga yuqmasin, ham restoran xodimlari, ham restoranga keluvchilar soglom bulsin. Kishilar mehmondorchilikka borganlarida mezbon yaxshi qiyingan xolda, xushchaqchaqliq bilan kutib olsa, qanday yaxshi, mehmonlar bexad xursand bo‘ladi. Ofitsiant restoran zalining mezboni, uning yaxshi qiyinishi restoranda kayfiyatni qo‘taradi. Hamma ham yaxshi qiyinishni yaxshi quradi. Uyda, quchada va ishda hamma vaqt toza, yarashadigan kiyim kiyish kerak. Ofitsiant restoran zalining soxibi, unga ham chiroyli ham qulay shakldagi kiyim kerak. U kuni bilan ishlaydi, uning harakati kiyimiga mos tushishi kerak. Faqat bugina emas, ofitsiantning butun borligi restoranni bezab turishi darkor. Har bir restoranning o‘ziga xos kiyimi bo‘lishi lozim. Ular hamma uchun bir tusda, bir xil bichimda bo‘ladi. Ammo bosh ofitsiant kiyimi boshqa ofitsiantlarniqidan nimasi bilandir ajralib turishi kerak. Ba’zi bosh ofitsiant quqragida vizit kartochkasi bo‘ladi. Ofitsiant kiyimlari mavsumga qarab yangilanib turilishi mumkin. Restoran xodimlari kiyimlari tashkilotning toifasiga bog‘liq. Lyuks va oliy toifadagi restoran xodimlari uchun kiyim sifati yuqrri matolardan tiqiladi. 49 boshqa restoranlar uchun arzon materiallardan tayyorlanadi. Lyuks va oliy toifadagi restoranlar xodimlari uchun tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar asosida quyidagilar beriladi; erkak bosh ofitsiantlarga: jun kostyum, ko‘ylak, galstuq; ayollarga— jun kostyum, bluzka , galstuk. erkak ofitsiantga—jun kostyum, ko‘ylak, galstuq; ayollarga—yarimjun kuylak, yozgi ko‘ylak. Restoranlarning boshqa toifadagi xodimlariga: bosh ofitsiant, erkak—yarim jun kostyum, ko‘ylaq, galstuk; ayollarga—yarim jun kostyum, oq, bluzka, galstuk. erkak ofitsiantga— yarim jun kostyum, oq ko‘ylak, galstuk; ayollarga—yarim jun ko‘ylak, yozgi ko‘ylak. Bulardan tashqari yoz paytlari erkak bosh ofitsiantga bitta yozliq kostyum, ofitsiantlarga ikkitadan. Bosh ofitsiant ayolga va ofitsiant ayollarga Qo‘shimcha bittadan yozgi ko‘ylak beriladi. Oliy toifa va xorijiy turistlarga xizmat bajaradigan restoranlar bosh ofitsiantlari va ofitsiantlariga bir shakldagi poyafzal beriladi. Bir xil shakldagi kiyimlarni bosh ofitsiantlarga ofitsiantlarga, zalda ishlaydigan bufetchilarga, shveysar, garderobchi, farrosh, zal navbatchisi, restoran va qahvaxona xojatxonalarida xizmat qilayotganlarga beriladi. Restoran xodimlari kiyimlarini har xil modalarda, ranglarda tiqilishiga Karamay ulchami xodimga to‘g‘ri kelishi, zamonaviy, chiroyli, ishda kiyishda ixcham, yaxshi tozalanadigan, yuviladigan bo‘lishi shart. Poyafzal ham xuddi shunday bo‘lishi kerak. Restoran xodimlari kiyim va poyafzallarni doimo ozoda tutishi lozim. Kostyum va ko‘ylaklarda dog‘ bo‘lmasligi, dazmollangan bo‘lishi lozim. 50 Poyafzal ham burishib-tirishib qolmagan, tozalangan bo‘lishi talab qilinadi. Ofitsiantga beriladigan kiyim va poyafzallar faqat xizmat davridagina qiyiladi. Restorandan tashqarida kiyishga ruxsat berilmaydi. Agar kiyimlar saqlanayotgan joyida yuqolib qolsa, bunda ofitsiantning aybi bo‘lmasa, ma’muriyat mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Ofitsiantga yangi kiyim va poyafzal beriladi. Kiyim yuqolishi yoki ishdan chiqishida ofitsiant aybdor bo‘lsa, foydalanganligi hisobga olingan xolda, ofitsiantdan kiyim bahosi undirib olinadi va yangisi beriladi. Agar kiyim muddatiga qadar yaroqsiz xolga kelib qolsa, vaqtida ishdan chiqqanliq sababi qo‘rsatilib, dalolatnoma tuziladi. Ofitsiant sababchi bo‘lsa, kiyim uning hisobidan bo‘ladi. Ikkinchi marta berilgan kiyim muddati shu berilgan qundan hisoblanadi. Agar ofitsiantlar pensiyaga chiqish munosabati bilan ishdan bushasa, nogironliq, bemorliq sabab bo‘lsa yoki armiyaga chaqirilsa, qisqartirishga tushsa, shu tashkilotda boshqa ishga utsa, ma’muriyat qaroriga binoan kiyim, poyafzallar qaytarib olinmaydi. Ofitsiant mehnat intizomini buzganligi uchun yoki o‘z xohishi bilan ishdan bushasa, boshqa soxaga ishga utib ketadigan bo‘lsa, kiyimlar va poyafzallar qiyilgan muddati chiqarib tashlanib, qolgan bahosi undirib olinadi. Kiyimlar muddati tugagach, ofitsiantning mulqiga aylanadi. Ko‘pgina restoranlarda milliy ananalar e’tiborga olinib, ofitsiantlar milliy kiyimlarda xizmat qiladilar. 51 Download 64.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling