Mundarija kirish 3 nazariy qism 7


Download 64.57 Kb.
bet1/9
Sana01.03.2023
Hajmi64.57 Kb.
#1239974
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
umumiy ovkatlanish korxonalari turla


MUNDARIJA
Kirish 3
NAZARIY QISM 7
1.1. Umumiy ovkatlanish korxonalari turlari va tavsifi 7
1.2. Umumiy ovkatlanish korxonalarida kursatiladigan servis xizmatlari tavsifi……………………………………………….............................................11
1.3. Mexmnxona «Navbaxor» restoranida xizmt kursatuvchi xodimlarga qo‘yiladigan talablar …………………………………………………………….……………………13
TEXNOLOGIK QISM 16
2.1. Mexmonxona «Navbaxor» restoranining tavsifi 16
2.2. Restoranda kursatiladigan xizmatlar 19
2.3. Restoranda xizmat kursatuvchi xodimlarga kuyiladigan talablar va xizmat kursatish texnikasi
MEHNAT MUHOFAZASI
3.1. FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 48
3.2. Restoranda xizmat ko‘rsatish gigiyenasi 48
3.3. Restoranda yong‘in xavfsizligi tadbirlari va ofitsiantlar xavfsizligiga kuyiladigan talablar……………………………………………………………52
Xulosa va takliflar…………………………………………………..56
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………..58


KIRISH
Xizmatlar sohasining rivojlanishi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va sifati bo‘yicha biz iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan hamon jiddiy orqada qolmoqdamiz.
Shuni ta’kidlash joizki, mamlakatimiz iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha aniq yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida xizmat ko‘rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2005 yildagi 38,7 foizdan 2011 yilda 50,5 foizga o‘sdi. Axborot- kommunikatsiya, bank, sug‘urta, lizing, sayyohlik-ekskursiya va boshqa zamonaviy yuqori texnologik va bozor iqtisodiyotiga mos xizmat turlari ildam sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
2012 yilda esa xizmatlar sohasi, ayniqsa, aloqa va axborotlashtirish (24,5 foizga), kompyuter dasturlashtirish (18 foizga), texnologik asbob-uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish (17 foizga), moliya-bank xizmatlari (17,6 foizga) singari xizmatlarning yuqori texnologik va bozorga xos turlari yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. Mamlakatning yalpi ichki mahsulotida xizmatlar sohasi ulushi 52 foizdan ortiqni tashkil etdi.
Eng muhimi, shuni unutmaslik kerakki, katta kapital qo‘yilmalar talab qilmaydigan bu soha iqtisodiyotning yuksalishiga, aholi bandligi va daromadlarining ortishiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
2006-2011 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasini tezkor rivojlantirish hisobiga, avvalambor kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda 1,1 mln. yangi ish joylari yaratildi.
Shu bilan birga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning erishilgan darajasi va sifati, ayniqsa qishloq joylarda, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar darajasiga, respublika aholisining real talablariga, mavjud resurslar hamda imkoniyatlarga hali mos kelmayapti.


3


Xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, avvalambor qishloq joylarda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning turini kengaytirish hamda sifatini yaxshilash va buning asnosida mamlakat iqtisodiyotini barqaror va shiddatli rivojlantirishda, aholining bandligini ta’minlash, daromadini ko‘paytirish va farovonligini yuksaltirishda xizmat ko‘rsatish sohasining roli hamda ahamiyatini oshirish muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 mayda «2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Bu qarordan kelib chiqib, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning hududiy dasturlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora- tadbirlarni ishlab chiqishda quyidagilarga alohida e’tibor berildi:

  • xizmat ko‘rsatish sohasi tarkibini yanada takomillashtirish, aholi talabgor bo‘lgan zamonaviy xizmat turlari bilan bozorni jadal rivojlantirish va to‘ldirishga;

  • shahar va qishloq aholi punktlari hududlarining qurilishini rejalashtirishda tasdiqlangan me’yorlardan kelib chiqqan holda mintaqalar aholisiga turli ijtimoiy va kommunal-maishiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

  • birinchi navbatda qishloq aholi punktlarida xizmat ko‘rsatish korxonalarini rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasiga oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari hamda ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ichidan yoshlarni keng jalb etish.

Bunga asosan 2016 yilgacha mamlakatimizning yalpi ichki mahsulotida xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi 55 foizgacha oshirilishini nazarda tutildi.
Mavzuning dolzarbligi: O'zbekiston Respublikasida iktisodiyotrni
erkinlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash, makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash evaziga uzluksiz iqtisodiy o‘sishga erishishdek dolzarb vazifa
4




qo‘yilgan. Bu esa, servis va xizmat ko‘rsatish sohalarini yalpi ichki mahsulotdagi ulushining ortib borishi bilan baholanmoqda. Ayni paytda servis korxonalariga, jumladan: umumiy ovkatlanish korxonalariga bo‘lgan talabning ortib borishi mamlakatning bozor tizimiga asta sekinlik o‘tayotganligi ham misol bo‘ladi. Shuning uchun, ovqatlanish korxonalarini turlari, xususiyatlari, tavsifi, umumiy ovqatlanish korxonalarining zamonaviy xizmat kursatish usullari, xizmat kursatuvchi xodimlarning burch va vazifalari, ularga qo‘yilgan talablarni taxlil qilish hamda iste’molchilarga ularni tavsiya etish xozirgi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi: Xizmat ko‘rsatish sohasi sub’ektlari faoliyatining tabiati hamda ularni tashkil etishning samaradorligini oshirish muammolari umumiy ovqatlanish sohasi sub’ektlari samaradorligini oshirish masalalari chet ellik olimlardan: A.S.Ratushniy, L.A.Starostina, Ye.V.Gorshkova, T.I.Zaharova, K.Maxmudov, T.A.Xudayshukurov, J.M.Qurbonov, N.N.Mo‘minov, J.S.Fayziyev va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz olimlari tomonidan ham xizmat ko‘rsatish soxasi samaradorligini oshirish bo‘yicha qator izlanishlar olib borilgan. Biroq, xizmat kursatibgina kolmay, balki ularning xizmat kursatishdagi texnikasi, texnologiyasi, xizmat kursatish sifatini taxlil kilish hamda mexmonlarga kursatiladigan xizmatlar adabiyotlarda yetarlicha ochib berilmagan.
Tadqiqotning maqsadi: Umumiy ovkatlanish korxonalari, jumladan: “Navbaxor” restorani misolida mexmonlarga kursatilayotgan xizmatlarni urganib chikish, tadkikot qilish hamda xizmatlarning sifatini, darajasini, texnika va texnologiyasini taxlil qilishda bitiruv malakaviy ish uz ichiga quyidagi vazifalarni belgilab oladi:

  • Umumiy ovqatlanish korxonlarining rivojlanish istikqollari;

  • Ovkatlanish korxonlarining turlari va tavsifi;

  • Ovkatlanish korxonalarida kursatiladigan xizmatlar;

  • “Navbaxor” restoranining tavsifi va undagi xizmat turlari;


5




  • Xizmat kursatish texnika, texnologiyasi;

  • Xizmat kursatuvchi xodimlarga kuyilgan talablar:

  • Xizmat kursatuvchi xodimlarning malakasi:

  • Korxonada mexnatni muxofaza kilish masalalari.

Tadqiqot ob’ekti: Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti sifatida Samarqand shahri O'zbekiston kuchasida joylashgan va faoliyat kursatayoyotgan “Navbaxor” restorani kabul kilindi.
Tadqiqotning predmeti: tadkikotning predmeti etib zamonaviy umumiy ovkatlanish korxonalarida xizmat kursatish texnika-texnologiyasini taxlil kilish, kursatilayotgan xizmat turlarini oshirish va xizmat kursatuvchi xodimlarning malakasini oshirish bilan bog‘liq munosabatlar hisoblanadi.
Tadqiqot usullari: Bitiruv malakaviy ishi doirasidagi tadqiqotlar davomida xizmat kursatuvchi xodimlarning xizmat kursatish darajasi, turlari va xizmat kursatishda kullaniladigan ularning texnikasini urganib chikish va taxlil kilish kabi bir qator usullardan foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ish tarkibi: kirish, 3 ta bobdan iborat bulib, Adabiyotlar taxlili, asosiy kism va xayot faoliyati xavfsizligini uz ichiga oladi. Undan tashkari, bitiruv malakaviy ishi buyicha xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, jadvallar hamda kushimcha materiallar ko‘rsatilgan. Ishning xajmi 60 betdan iborat.


6







  1. Umumiy ovkatlanish korxonalari turlari va tavsifi

Umumiy ovqatlanish korxonalari deganda kulinar, hamirli konditer va bulochka mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va ularni iste’mol qilishni tashkil qilish uchun mo‘ljallangan korxona tushuniladi.
O‘ziga xos faoliyatiga ko‘ra umumiy ovqatlanish korxonalari quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil qiluvchi korxonalar (tayyorlov fabrikalari, yarim tayyor va tayyor kulinar mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha sexlar, ixtisoslashgan kulinariya sexlari, bortda ovqatlantirish korxonlri yoki sexlari va boshqalar);

  • umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va shu joyda iste’mol qiluvchi iste’molchilarga xizmat ko‘rsatuvchi hamda kulinariya, hamirli konditer va bulochka mahsulotlarini boshqa ovqatlanish korxonalari (restoranlar, barlar, kafelar, oshxonalar, tamadixonalar, choyxonalar, tez xizmat korxonalari, qahvaxonalar);

  • umumiy ovqatlanish mahsulotlarini realizatsiya qiladigan korxonalar (kulinariya magazinlari, bufetlar, kafeteriylar, chakana savdo korxonalari);

  • mehmonxona nomerlariga va boshqa joylashtirish vositalariga mahsulotlarni keltirib, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar;

  • sayyor xizmat ko‘rsatish korxonalari.

Umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil qiluvchi korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlari bilan ko‘rsatilgan boshqa barcha ovqatlanish korxonalarini ta’minlaydi.


7




Umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil qiluvchi korxonalar tayyorlovchi, umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va shu joyda iste’mol qiluvchi iste’molchilarga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, mehmonxona nomerlariga va joylashtirish vositalariga mahsulotlarni keltirib, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar hamda sayyor xizmat ko‘rsatish korxonalari va yarim tayyor mahsulotlarda ishlaydigan korxonalar. Yarim tayyor mahsulotlarni kulinar tayyor darajasiga yetkazuvchi korxonalar deyiladi, chunki ular xom ashyolardan tashqari, boshqa korxonalar ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlarda ham ishlashlari mumkin. Tayyor mahsulotlarda ishlaydigan korxonalar faqat boshqa korxonalarda tayyorlanib keltirilgan taom va ichimliklarni realizatsiya qiladi, shuneing uchun bunday korxonalar suzib uzatuvchi korxonalar deyiladi.
Tayyorlovchi korxonalardan tashqari barcha umumiy ovqatlanish korxonalari o‘zlari ishlab chiqaradigan kulinar va hamirli konditer, bulochka mahsulotlari assortimenti, ularni tayyorlash va bezatish texnologiyalarining murakkabligi, texnik ta’minoti (moddiy-texnika bazasi, muxandis-texnik ta’minoti, jihozlari, sex va xonalar tarkibi va boshqa ko‘rsatkichlari), xizmat ko‘rsatish usullari va shakllari, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish vaqtining davomi (kutish vaqti, xizmatni taqdim etish va iste’mol qilish vaqti), xodimlarning kasbiy tayyorgarlik va malaka darajasi hamda xizmat ko‘rsatish sharoitlari (zal va mebellarning shinamliligi, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning etikasi, xonalar va binolar inter’eri va tashqi ko‘rinishi) bo‘yicha tiplarga bo‘linadi.
Faqat restoran va barlar xizmat ko‘rsatish darajasi va ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasi bo‘yicha lyuks, oliy va birinchi klasslarga bo‘linadi. Korxonalarning qolgan tiplari klasslarga bo‘linmaydi.
Restoran - bu oziq-ovqat mahsulotlarining barcha turlaridan keng assortimentda murakkab tayyorlash texnologiyasiga ega bo‘lgan taomlarni, shu jumladan buyurtma bo‘yicha tayyorlanadigan taomlarni, ekzotik taomlarni,


8




hamirli konditer va bulochka mahsulotlarini ishlab chiqaradigan, keng assortimentda alkagolli, issiq va sovuq ichimliklarni, sotib olingan mahsulotlarni, shu jumladan tamaki mahsulotlarini istemolchilarga taklif qiladigan korxona. Restoranlarda tushliklar va qechquringi nonushta tashkil etiladi.
Bar - bar stoykasi bilan jihozlangan va ixtisoslashiga ko‘ra alkogoli va (yoki) alkogolsiz ichimliklarni, issiq va salqin ichimliklarni, kokteyllarni, sovuq va issiq gazaklarni hamda o‘ta chegaralngan assortimentda taomlarni va sotib olingan mashulotlarni realizatsiya qiladigan umumiy ovqatlanish korxonasi.
Kafe - ovqatlanishni va xordiq chiqarishni (yoki xordiqsiz) tashkil qiladigan hamda restoranlarga nisbatan chegaralangan assortimentda ovqatlanish mahsulotlarini, firma hamda buyurtma taomlarni va mahsulotlarni, alkogolli va alkogolsiz ichimliklarni realizatsiya qiladigan umumiy ovqatlanish korxonasi. Ularda asosan ertalabki nonushta tashkil qilinadi.
Oshxona - hammabop yoki iste’molchilarning ma’lum bir kontinentiga xizmat ko‘rsatadigan, haftaning kunlari bo‘yicha farq qiladigan menyuga ko‘ra taom va kulinar mahsulotlarni ishlab chiqarib, realizatsiya qiladigan umumiy ovqatlanish korxonasi. Odatda oshxonalarda ertalabki va kechqurungi nonushta hamda tushlik tashkil qilinadi.
Ta’madixona - assortimenti chegaralangan, tayyorlanishi bo‘yicha murakkab bo‘lmagan taom va mahsulotlarni, ba’zan alkogolli ichimliklarni realizatsiya qiladigan hamda iste’molchilarga tez xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish korxonasi.
Choyxona - ikkinchi issiq taom va gazaklarni ishlab chiqaradigan, keng assortimentda choy va salqin ichimliklarni, sotib olingan hamirli konditer, bulochka, non mahsulotlarini hamda shirinliklarni realizatsiya qiladigan umumiy ovqatlanish korxonasi.


9




Tez xizmat ko‘rsatuvchi korxona - o‘ta chegaralangan assortimentda yuqori darajada texnologik ishlov berilgan yarim tayyor mahsulotlardan tayyorlangan taom va mahsulotlarni hamda oddiy tayyorlash texnologiyasiga ega bo‘lgan ichimliklarni realizatsiya qiladigan va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishga minimal vaqt sarflaydigan umumiy ovqatlanish korxonasi. Tez xizmat ko‘rsatadigan korxonalar iste’molchilarning intensiv harakat qiladigan ko‘plab to‘planadigan joylarida tashkil qilinadi. Masalan, savdo komplekslarida, markazlarida, kinoteatrlarda, teatrlarda, markaziy ko‘cha va maydonlarda, dam olish zonalarida va boshqa joylarda. Ular kioskalarda, avtopritseplarda tashkil qilinishi mumkin. Odatda taom iste’mol qilish zallari bo‘lmaydi, mahsulotlar iste’molchilarga tarqatish darchasi orqali beriladi. Ular o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni realizatsiya qiladi.
Qahvaxona - keng assortimentda kofe, kakao va choydan issiq ichimliklarni, chegaralangan assortimentda hamirli taom, konditer, bulochka, kulinar mahsulotlarni (yuqori darajada texnologik ishlov berilgan yarim tayyor mahsulotlardan) ishlab chiqarishga, ularni, alkogolli ichimliklarni va sotib olingan mahsulotlarni realizatsiya qilishga ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonasi. Qahvaxonalarda asosan iste’molchilarga ofitsiantlar orqali xizmat ko‘rsatiladi.
Kafeteriy - bufut yoki bar stoykasi bilan jihozlangan, joyida iste’mol qilish uchun kofe va choylardan issiq ichimliklarni, salqin ichimliklarni va chegaralangan assortimentda yuqori darajada ishlov berilgan yarim tayyor mahsulotlardan ishlab chiqargan umumiy ovqatlanish mahsulotlarini, shu jumladan buterbrodlar, hamirli bulochka va konditer mahsulotlarini, murakkab tayyorlash texnologiyaga ega bo‘lmagan issiq taomlarni va sotib olingan mahsulotlarni realizatsiya qiladigan umumiy ovqatlanish korxonasi.
Bufet - yashash va jamoa binolarida joylashgan, joyida iste’mol qilishi uchun chegaralangan assortimentda yuqori darajada ishlov berilgan yarim tayyor mahsulotlardan ishlab chiqarilgan umumiy ovqatlanish mahsulotlarini, shu


10




jumladan, murakkab tayyorlash texnologiyasiga ega bo‘lmagan sovuq taomlar, gazaklar, issiq shirin taomlarni, hamirli kulinar, bulochka, konditer mahsulotlarini, hamda sotib olingan mahsulotlarni realizatsiya qiladigan umumiy ovqatlanish korxonasi.


  1. Umumiy ovkatlanish korxonalarida kursatiladigan servis xizmatlari tavsifi


Umumiy ovkatlanish korxonalar o‘zlarining xizmat ko‘rsatish turlari bilan farqlanadi: ofitsiantlar bilan xizmat ko‘rsatish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish va aralash xizmat ko‘rsatish. Turistlarning ovqatlanish tartibi bo‘yicha keltirib o‘tilgan korxonalar o‘zida faqat nonushta, to‘la pansionli, yarimpansionli, maxsus ovqatlantirish, bolalar uchun ovqat tayyorlash va boshqa xillari kabi xizmat ko‘rsatadilar. Mehmonxonlar qatorida esa oshxonalar, kichik barlar joylashgan bo‘lib, u yerdagi xizmat ko‘rsatish esa buyurtma yoki chaqirish orqali amalga oshiriladi.
Bu xizmatlar turistlarning ovqatlantirish assortimentlari bo‘yicha, kompleks ovqatlantirish hohishi bo‘yicha, ovqatlantirish, taxminiy buyurtma asosida ovqatlantirishlarga bo‘linadi. Shuningdek, bayramlarda, yubileylarda, har xil banketlarda va boshqalarda xizmat ko‘rsatiladi.
Ovqatlanish korxonalari ishlash tartibi (kecha-kunduz va chegaralangan vaqt bo‘yicha) va o‘rinlar soni bo‘yicha klassifikatsiyalanadi.
Texnik jihozlanganligi, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati va hajmi bo‘yicha, joylashishi, narxi, binoning badiiy bezatishi, mahsulotlar assortimentlari, avtomatlashtirilgan darajasi va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha ovqatlantirishning turistik industriyasi sinflariga bo‘linadi.


11




Sinf - bu ovqatlantirish korxonalarining alohida bo‘limi bo‘lib, xizmat ko‘rsatish sifatining darajasi bilan tavsiflanadi. Bunda asosiy xizmat talablar asosida bajariladi. Umumiy ovqatlanish korxonalari chegaralari (atrofi) nafaqat toza yig‘ishtirilgan, balki asfaltlangan yoki dekorativ qoplamalar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Bunday bezaklar turistlar kompleks atrofini bezash bilan birga, u yerda har xil ko‘lmaklar, kirlar paydo bo‘lishini oldini olishi kerak. Shuningdek, turistik kompleksning tashqi ko‘rinishiga bir qancha talablar mavjud.
Barcha binolarda programalashtirilgan jihozlar bo‘lishi shart, chunki turistlar shu ko‘rsatkichlar orqali kompleksni o‘rganadilar. Kompleksning ko‘rinadigan joyiga, ya’ni vestibyulida ovqatlanish korxonasiga berilgan sertifikatning nusxasi olinishi lozim, bu uning asosiy sinf ekanligini ko‘rsatib turadi.
Qo‘shimcha talablarga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  1. Turistik guruhlarga pul ko‘chirish yo‘li bilan ovqatlantirishni tashkil etganda, nonushta, tushlik va kechki ovqatda ularning hohishi va milliy tamo turlariga e’tibor bergan holda taomnoma tuziladi. Hatto yo‘l harakatiga sarflanadigan energiyasi ham e’tiborga olinishi shart. Taomnomalar ro‘yxati guruhlarda 10 kungacha o‘zgartirilmaydi, ovqat turlari bo‘yicha esa 4 kungacha o‘zgartirish mumkin. Ovqatlanish ratsioni bo‘yicha tuzilgan taomnoma albatta, guruh rahbari bilan kelishilgan holda tuziladi.

  2. Stollarni taxminiy servirovkalash, non idishlari bilan, sovuq taomlar va har xil qo‘shimchalar bilan bezab qo‘yish faqat pul ko‘chirish bilan xizmat ko‘rsatadigan guruhlarda qo‘llash mumkin.

  3. Taom tayyorlash uchun ishlatiladigan mahsulotlar sog‘liqqa ta’sir etmasligi to‘g‘risidagi tasdiqlangan hujjat bilan olinadi. Agar bu hujjat bo‘lmasa, unda mahsulot maxsus laboratoriya tahlil xonasidan o‘tkaziladi. Unda


12




har xil mikroblar va sog‘liqqa ta’sir o‘tkazadigan qo‘shimchalarning bo‘lmasligini nazorat qilinadi.

  1. Har doim besh yilga bir marta korxonada bo‘lim xodimlarini malakasini oshirish maqsadida, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, tashkil etish va boshqarish, texnikaviy jihozlar attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Uch yilga bir marta esa turistik tashkilot xodimlari maxsus dastur asosida o‘z malakalarini oshirish maqsadidad maxsus kurslarda o‘qitiladi.

  1. Metrdotel, somele (spirtli ichimliklar bo‘yicha mutaxassis), ofitsiant va barmenlar eng kamida bitta chet tilini bilishlari shart. Xizmatchilar guruhlariga bir necha chet tillarini biluvchi ofitsiantlar kirgiziladi.

  2. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar iste’molchilarga nisbatan iliq munosabatda bo‘lib, ularning har bir iltimosini (vazifasidan kelib chiqib), bajargan holda, e’tiborli va mas’uliyatli bo‘lishlari lozim. Agar biror norozichilik yoki e’tiroz bo‘lganda, darhol ish boshqaruvchi, metrdotel yoki tashkilot rahbari chaqirtiriladi.


  1. Download 64.57 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling