Mundarija kirish 3


Download 150.6 Kb.
bet7/7
Sana16.06.2023
Hajmi150.6 Kb.
#1490075
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1B-19SOBIROV B KURS ISHI

V. Xulosa


Xulosa qilib aytganda elektr eritish boshqa pirometallurgiya jarayonlaridan fizik-kimyoviy o’zgarishlar uchun energiya manbalari olishi bilan keskin farq qiladi. Jarayonlar olib borilishi uchun zarur bo’ladigan harorat elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirilishidan olinadigan issiqlik hisobiga ushlab turiladi.Nikel metallurgiyasida ancha ommalashgan shlaklar qatlami bo’ylab o’tadigan tok hisobiga issiqlik ajralishiga asoslangan ruda-termik pechlari yuqori solishtirma qarshiligiga egaligi bilan ajralib turadi.Bunday pechlar sulfidli, mis-nikel rudalariga qayta ishlashlash, yuqori miqdorda kremnezemga ega bo’lgan mis kontsentratlarini eritishda shlaklarni elektrotermik birlashtirish jarayonlarida qo’llaniladi.Elektr pechlarida bo’laklangan va kuydirilmagan shixta shlakda eritiladi. Yangi shixtani yuklashda uning ma’lum bir qismi eritmaga yuklanadi, bu namligi bo’lgan shixta qo’llanishiga to’liq barham beradi.Sovuq nam shixtani eritmaga yuklashda unda har tarafidan shlak bo’laklari muzlashi kuzatiladi. Yopiq sig’imda shixtani qizdirish (issitish)da suv bug’lanib chiqa boshlaydi va uning bug’lari bosimi portlash yuz bermaguncha ortib boraveradi.Ayniqsa,nomuvozanat holatda berilgan shixta og’ishi tufayli uning ag’darilib ketishi holati xavflidir. Bu sababli ham elektr eritishdan oldin shixta obdon quritilishi zarur bo’ladi.Ammo lekin,tarkibi boy bo’lgan kontsentratlarni eritishda chegaralanib qo’yishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki elektr pechida desulfirizatsiya ancha kam (past),qambag’al kontsentratlarni eritishda ko’p miqdorda kambag’al shteynlar yuzaga keladi,bu o’z navbatida konvertorlarga yuklamani va konvertorlashga sarf-harajatlarni oshirib yuboradi. Shu sababli ham kontsentratlar eritilishdan oldin ko’pincha kuydirilishga jalb qilinadi. Shu sababli ham kontsentratlar eritilishdan oldin ko’pincha kuydirilishga jalb qilinadi. Shu sababli ham elektr eritishdan oldin qaynovchi qatlamda kuydirish, aglomeratli kuydirish yoki donabaylarni kuydirish va keyin quritishga jalb etiladi.Nikel ishlab chiqarish sanoatida shixtani elektr pechlarida eritishga tayyorlash uchun qaynovchi qatlam pechlarida kuydirish qo’llaniladi xolos. Qaynovchi qatlamda kuydirish anchayin oddiy (sodda),yuqori ishlab chiqarish samaradorligiga ega, ammo lekin uning qo’llanishi metallarning shlaklar bilan yuqori miqdorda yo’qotilishi bilan kechadi, bu esa maqsadga muvofiq emas albatta. Elektr quyishning printsipial farqli jihati shundaki, pechdagi shixta shlakli eritma bo’ylab o’tkazilgan elektr tokidan ajralib chiqadigan joul issiqligi hisobiga eriydi. Eritishdan oldin xom-ash’yo quritilishi talab qilinadi.Nikel xom-ashyosini eritish uchun o’z-o’zidan toblab boruvchi diametri 1,2 m bo’lgan olti elektrodli pechlar qo’llaniladi. Pechning ichkitomoni eni 5,5-8,0 m, uzunligi 20-28 m, balandligi 4,0-5,5 m. Elektr pechi transformatorining quvvati 32 dan 60 mVt gacha. Pechning quvvatiga qarab bir sutkada 1500 t gacha shixtani eritish mumkin.

VI. Foydalanilgan adabiyotlar


1.Yusupxodjaev A. Xudoyorov M Mettalurgiyada ishlab chiqarish texnalogiyasi
2.Гудима Н. Краткий справочник по металлургии цветнқх металлов. Мoсква: Металлургия, 1975.
3.Уткин Н.И. Металлургии цветных металлов. М: Металлургия.1969.
4.Диомидовский Д.А. Металлургический печи. Москва. Металлургия 1970.
5.Гудимов Н.В. Технологические расчеты в металлургии тяжелых цветных металлов. Москва. Металлургия . 2002.
6.Ванюков А.В. Комплексная переработка медного и никелевого сырья. М: Металлургия. 1978.




Download 150.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling