Mundarija kirish adabiyotlar sharxi


 ALKILFRUKTOZIDLARNI YUPQA QAVATLI


Download 363.07 Kb.
bet14/22
Sana24.04.2023
Hajmi363.07 Kb.
#1394513
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Abdullayev javlonbek uroyimjonovichning topinambur fayllar org

2.4. ALKILFRUKTOZIDLARNI YUPQA QAVATLI 

XROMATOGRAFIYASI 
Ma'lumki, alkilfruktozidlar fruktoza va spirtlarni qo'shilishidan hosil 
bo'luvchi efir moddalardir. Fermentativ usulda alkilfruktozidlar invertaza
fermenti suv-organik muhitda dastlab saxarozani glyukoza va fruktozaga 
parchalab, mahsulot hisoblangan fruktozani sivush spirtlariga fermentativ
bog'lashi natijasida hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan alkilfruktozidlarni yupqa qavatli 
xromatografiya usulida osongina aniqlash mumkin.
Kerakli asbob-uskunalar va reaktivlar: etil spirti, saxaroza eritmasi, silufol 
plastinkalari, ferment preparati, butanol, sirka kislota, mochevinani spirtdagi
eritmasi, xlorid kislota, termostat, probirkalar, xromatografik kamera, oynali 
tomizgichlar.

Ishni bajarilishi. Alkilfruktozidlarning yupqa qavatli xromatografiyasi
Oparin [Oparin A.I., 1955] usuli bo'yicha olib boriladi. Unda eritma 10-15 % 
saxaroza va 25-40 % etil spirtdan tayyorlanib ikkiga bo'linadi. Birinchi (namuna)
portsiyaga fermentning 1-2 ml eritmasi (0,4 mg/ml), boshqasiga (solishtirma) - 
qaynatilib inaktivatsiyaga uchratilgan fermentning xuddi shu miqdorida
qo'shiladi. Inkubatsiyalash tugatilgach, namuna va solishtirma eritmalaridan 
olingan namuna silufol (Silufol UV, Chexoslovakiya) plastinkalarga 20-25
marotabagacha tomiziladi. 
Fermentni erituvchisi sifatida butanol, sirka kislota va suv (5:4:1) eritmasi 

qo'llaniladi. Tajriba natijasida hosil bo'lishi kutilayotgan alkilfruktozidlar,


fruktoza va saxaroza yaxshiroq fraktsiyalarga ajrashi uchun erituvchi silufol 
plastinkasidan ikki marta o'tkazilishi maqsadga muvofiq.
Fruktozidlar rangli "dog'larini" aniqlash uchun mochevinani 

spirtdagi eritmasi va xlorid kislota qo'llaniladi (5 g mochevina, 20 ml 2 N HCl,


100 ml etil spirti). Plastinkalar xromatografiyadan so'ng ushbu eritma bilan 

ishlov berib, 5 daqiqa 105


o
C termostatda qizdiriladi. Xromatogrammada 

alkilfruktozidlarga tegishli jigarang dog'lar paydo bo'ladi. [Kovaleva T.A.,


2001].



Download 363.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling