Mundarija kirish Alohida hududlarning tabiy-resurslar potensialini baholash


  Alohida hududlarning tabiy-resurslar potensialini baholash


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana28.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1303821
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tabiatdan foydalanish konsepsiyasi va iqtisodiy ekologik barqaror rivojlanishibbb

 



Alohida hududlarning tabiy-resurslar potensialini baholash.
 
Tabiatdan foydalanish shakllari bilan tanishish. Biologik xilma-xillik. Biologik 
xilma-xillikni ta’minlashning shakllanishi xususiyatlari. Bioxilma – xillikning 
tushunchasi va uni atrof – muhit muhofazasidagi o‘rni. Organizmlar va ularning 
xilma – xilligi. O‘simlik va hayvonot dunyosining bioxilma – xilligi. 4 "Qizil kitob" 
ga kiritilgan o‘simlik va hayvonlar dunyosi. Bioxilma – xillikning hududiy 
xususiyatlari. O‘zbekiston ekotizmlari. Biologik xilma – xillikka ta’sir etuvchi 
omillar. Suv ekologik omiliga nisbatan o‘simliklar va hayvonlarning ekologik 
guruhlari. Bioxilma – xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishning shart - 
sharoitlari. Zarafshon va Hisor milliy tabiat bog‘lari biologik xilma-xilligi. Surxon 
va Kitob davlat geologik qo‘riqxonasi biologik xilma-xilligi. Tog‘ ekotizimlarida 
bioxilma-xillikni saqlash. CHo‘llar va dashtlarda bioxilma-xillikni saqlash. Daryo 
va qirg‘oq bo‘yi ekotizimlarni bioxilma-xilligini saqlash. Archali o‘rmonlar 
bioxilma-xilligi. Bioxilma-xillikka bo‘lgan havflar. Agro bioxilma-xillik. Alohida 
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bioxilma-xilligini saqlash. Zarafshon milliy 
tabiat bog‘i biologik xilma-xilligi. Hisor davlat qo‘riqxonasi biologik xilma-xilligi. 
Surxon davlat qo‘riqxonasi biologik xilma-xilligi. Kitob davlat geologik 
qo‘riqxonasi biologik xilma-xilligi. Zomin milliy tabiat bog‘i biologik xilma-xilligi. 
Bioxilma – xillikning tushunchasi va uni atrof – muhit muhofazasidagi o‘rni. 
Organizmlar va ularning xilma – xilligi. Hozirgi zamon ekologik muammolari. 
Hozirgi zamon ekologik muammolari fanning maqsadi va vazifalari. Ilmiy texnik 
revolyusiya va global ekologik inqirozlari. Mahalliy salbiy ekologik oqibatlar. Orol 
va orolbo‘yi muammolari. Amudaryo deltasi muammolari. Aydar, Arnasoy ko‘llar 
sistematikasi. Iqlim o‘zgarishlari, cho‘llanish jarayoni. Iqlim o‘zgarishi, tuproq 
sho‘rlanishi va eroziya. Suv ekosistemalari va havoning ifloslanishi. Potensial 
ekologik xavflar. Ekologik muammolar. Ifloslantiruvchi moddalarning umumiy 
xarakteristikasi. Pestitsidlar, og‘ir metallar, zaharli chiqindilar, qishloq xo‘jaligini 
kimiyolashtirish, yaylov chorvachiligi, tog‘ konchilik sanoati, atrof – muhitni 
ifloslantiruvchi omillar. Trofik tuzilish va ekologik piramidalar. Organizmlar va 



ularning xilma – xilligi. Suv ekosistemalari. Agrobiotsenozlar. O‘zbekiston 
ekotizmlari. Suv ekologik omiliga nisbatan o‘simliklar va hayvonlarning ekologik 
guruhlari. Tog‘ ekosistemalari. Ekosistemaning makondagi strukturasi. 
Ekosistemalar birlamchi mahsuldorligi. Hozirgi zamon ekologik muammolari. 
Trofik tuzilish va ekologik piramidalar. Organizmlar va ularning xilma – xilligi. 
Ekologik ta’lim-tarbiya. G.X.Bruntlendning baqaror rivojlanish konsepsiyasining 
mazmuni. Respublikamizda barqaror rivojlanishga oid qabul qilingan huquqiy 
aktlar. Barqaror rivojlanish ta’limi va tarbiyasi holati. Itisodiy – ijtimoiy – ekologik 
majmuali barqaror rivojlanish ta’limi. Ekologik ta’lim tarbiya fanining tushunchasi. 
Tabiat, jamiyat va iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta’minlashning ekologik 
jihatlarini. Tabiatdan foydalanishning ekologik prinsiplari, qoidalari va 
qonuniyatlarini. Ekologik ta’lim tarbiyaning ekologikiqtisodiy jihatlari. Aholi soni, 
qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, tabiiy resurslar va atrof muhit ifloslanishi. 
Demografik jarayonni rivojlanishi. Ekologiyaga oid tushunchalarni tekshirish va 
mustahkamlash. Barqaror rivojlanish ta’limi. Kishi 5 hayotining davomli 
variantlarini modellashtirish. Inson farovonligi va ekologik ta’lim va tarbiya. 
Ekologik barqaror hududlar va shaharlar muammosi. Ekologik xavfsizlikni 
ta’minlash - zamon talabi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish. Barqaror 
rivojlanish sammiti. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish. Barqaror rivojlanish 
sammiti. Ekologiyaga oid tushunchalarni tekshirish va mustahkamlash. Ekologik 
muammolar. Ekologik ta’lim tarbiyaning ekologikiqtisodiy jihatlari. Barqaror 
rivojlanish va uni ekologik jihatlari. Barqaror rivojlanish va uning ekologik jihatlari 
fanining maqsadi va vazifasi. Respublikamizda barqaror rivojlanishga oid qabul 
qilingan huquqiy aktlar. Barqaror rivojlanish talablari va ularni O‘zbekistonda 
tadbiq qilinishi. Mamlakatimizda barqaror rivojlanish salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan 
tabiiy va antropogen jarayonlar. Barqaror rivojlanish ta’limi va tarbiyasi holati 
ekologik ta’limdan barqaror rivojlanish ta’limi sari borish zarurati. Barqaror 
rivojlanish konsepsiyasi tushunchasi. Tabiat, jamiyat va iqtisodiy rivojlanish 
barqarorligini ta’minlashning ekologik jihatlari. Tabiat, jamiyat va iqtisodiy 
rivojlanishning barqarorligi, inson, jamoa va davlatlarda tabiatdan foydalanishning 



ekologik talablari. Tabiatdan foydalanishning ekologik prinsiplari, qoidalari va 
qonuniyatlarini. "Ekologik iz" va "er sig‘imi" atamalari va ularni ishlatish yo‘llari. 
Barqaror rivojlanishning ekologik – iqtisodiy jihatlari. Demografik jarayonni 
rivojlanishi; iqtisodiy rivojlanish; insoniyat rivojlanish potensiali, aholi turmush 
darajasi va sifati. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning samarali 
ko‘rsatkichlari. Atrof - muhitni muhofaza qilish. Barqaror rivojlanish bo‘yicha 
Butunjahon sammiti
Global ekologik muammolar barqaror taraqqiyotga katta tahdid 
solmoqda. Buning oldini olish uchun nima qilish kerak?
1-rasm 
Bundan roppa-rosa 10 yildan soʻng dunyo manzarasi qanday boʻlishi haqida hech 
oʻylab koʻrganmisiz? Insoniyatning hayot kechirish tarzi qay tarzda oʻzgarishi 
mumkinligi haqida-chi? Hozirgi anʼanalarimiz qay darajada oʻzgarishi mumkin deb 
hisoblaysiz? Shunisi maʼlumki, yer sharining ekologik vaziyati oʻtgan asrga 



nisbatan misli koʻrilmagan darajada oʻzgarishga ulgirishi bilan bir qatorda 
avlodlarning chinakamiga qargʻishiga sabab boʻluvchi muammolarni ham vujudga 
keltirdi. Garchi ushbu hodisalar dunyo hamjamiyatini global ekologik 
muammolar toʻgʻrisida koʻproq maʼlumotlarga ega boʻlish, tadqiqotlar olib borish 
va bu muammolarni bartaraf etish borasida amaliy chora-tadbirlarni amalga 
oshirishga undab kelayotgan boʻlsa hamki, koʻpchilik mamlakatlar va millatlar bu 
muammolarning koʻlami shabadasini seza olishmayapti yoxud ular oʻzlarini 
mutlaqo xabarsizdek tutishmoqda. Ekologik barqarorlikni taʼminlash, aholining 
qulay tabiiy muhitda hayot kechirishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish, 
tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan va yuz berib 
boʻlgan muammolarga yechim topish, ularni oqilona hal qilish kabi masalalarga qay 
darajada ahamiyat berib kelinmoqda? Bu mavzuda shunchaki reja va konsepsiyalar 
ishlab chiqilib, konferensiya mavzusi sifatida qarab kelinmoqdami? Afsuski, 
shunday. Global ekologik oʻzgarishlarning salbiy oqibatlari nimalarda aks etadi? 
Muammolarning ildizi qayerda Global ekologik oʻzgarishlarning salbiy oqibatlari 
nimalarda aks etadi? Mamlakatlarning iqtisodiy va siyosiy hukmronlikka intilib
ulkan obroʻ qozonish maqsadida mamlakat ishlab chiqarishiga alohida urgʻu berib 
kelayotganligi global ekologik inqirozni keltirib chiqarmayaptimikan? Yoki bu 
muammolarga biz insonlarning yashash tarzimiz sabab boʻla oladimi? 
Oʻtgan asrga nisbatan insoniyat yashash tarzi shunchalik darajada oʻzgardiki, 
insoniyat sivilizatsiyasida hali mutlaqo kuzatilmagan global isish, dengiz va yer 
ekotizimlarining misli koʻrilmagan darajada kamayib borishiyu, yer yuzining turli 
mintaqalarida qurgʻoqchilik, suv toshqinlari kabi bir qator salbiy holatlar ham yuz 
berayotganligi barchamizga birdek ayondir. Bir soʻz bilan aytganda insonning 
tabiatga aralashuvi aqlga sigʻmaydigan darajaga yetishga ulgurdi. 
Xoʻsh, bizda muammolar bor, lekin ularga yechimlar-chi? Nahotki hozirgi 
dunyoning global ekologik holati hech kimni zarrachalik qiziqtirmasa? 
Biz oʻzimidan keyingi avlodga qanday kelajakni meros qilib qoldirmoqdamiz? Har 
safar bunday ogʻriqli savollar bizni qachongacha qiynab keladi? Nahotki dunyoning 



hozirgi qiyofasi kundan kunga bundan-da yomonlashib boraveradiyu, biz insonlar 
shunchaki bir oddiy hodisadek qarab turaveramiz? Mamlakat rahbarlariniyu
hukumat vakillarini, butun insoniyatni boylik orttirish, iqtisodiy oʻsish, siyosiy 
hukmronlik, mamlakatlar oʻrtasida ulkan obroʻga ega boʻlishdan boshqa hech narsa 
qiziqtirmasa?! Ha, albatta biz bunga koʻnikib, yashab kelmoqdamiz! 
Mina Guli haqida hech eshitganmisiz yoki qayerdadir oʻqiganmisiz? Yoki suv izlash 
uchun yettita sahroni piyoda kezib chiqqan ayolni tanirsiz?! Oʻqimagan boʻlsangiz 
yoki eshitmagan boʻlsangiz, sizni mutlaqo dunyo aholisining suvsizlikdan halok 
boʻlayotganligi ham qiziqtirmaydi! Balki, 15 yildan soʻng siz suvsizlik natijasida 
vafot etasiz desam-chi?!
"Koʻpchilik foydalanishga yaroqli suvimiz tugashini bilmaydi, 2030-yilga kelib 
suvga boʻlgan talab va mavjud boʻlgan suv taʼminoti oʻrtasida 40 % tafovut boʻladi. 
Suv muammosini hal qilish uchun bizda bor-yoʻgʻi 15 yil bor xolos”, deydi Jahon 
iqtisodiy forumining yosh global yetakchisi Mina Guli. Taʼkidlash joizki, 
750 mutaxassisdan tarkib topgan jamoa tomonidan oʻtkazilgan soʻrovda toza 
ichimlik suvining tugab borishi butun dunyo aholisi uchun chinakamiga global xavf 
deb baholandi. Aslida, ichimlik suvi muammosi dunyo aholisini qiynab kelayotgan 
muammolarning eng oldi qatoridan oʻrin olib ulgurgan. Foydalanish uchun suv 
yetarli boʻlmagan, kunni toza ichimlik suvini izlash uchun sarflaydiganlarga ham 
oson emas! Bu tuygʻularni suvni isrof qilayotganlar qayoqdan ham bilsin!Quyida 
global ekologik muammolarni bartaraf etish borasida bir qator tavsiyalar va ularning 
natijalari ilmiy va huquqiy jihatdan muhokama qilinadi: Xuddi shunday 
huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida 
takror sodir etilgan boʻlsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn 
baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh 
baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”. 




Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling