Mundarija kirish Alohida hududlarning tabiy-resurslar potensialini baholash


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana28.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1303821
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tabiatdan foydalanish konsepsiyasi va iqtisodiy ekologik barqaror rivojlanishibbb

olishdan bosh tortish orqali butun dunyoda ekologik xavfsizlikni taʼminlagan 
boʻlar edilar. Shu oʻrinda, “iqtisodiy qamchi” usuli chinakamiga qoʻl beradi. 
Insoniyat boshiga koʻlanka solib turgan ekologik falokatlarning oldini olish boʻyicha 
xalqaro hamkorlik maʼlum darajada shakllangan va muhim tadbirlar amalga 
oshirilgan boʻlsa-da, hali bu boradagi ishlarni yana-da izchil faollashtirish zarur. 
Chunki hozirgacha atrof-muhit muhofazasi va insoniyatga yetarli, qulay yashash 
sharoitlarini yaratish masalalarini boshqarib turuvchi tom maʼnodagi keng koʻlamli, 
taʼsirchan, xolis, yagona xalqaro tizim vujudga kelgani yoʻq. Xalqaro ekologik 
hamkorlik takomillashib borishi insoniyat taraqqiyotining bundan keyingi 
bosqichlarida ham muhim hayotiy zaruratlardan biri boʻlib qolaveradi.
Oʻzbekiston 
Respublikasining 
“yashil” 
iqtisodiyotga 
oʻtish 
strategiyasi 
shular 
jumlasidandir.Bundan tashqari, Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi 
kodekslarning bir qator moddalarida atrof-muhitga zarar yetkazish bilan bogʻliq 
gʻayriqonuniy 
huquqbuzarliklar 
uchun 
javobgarlik 
choralari 
belgilab 
qoʻyilgan.Davlatimiz rahbari tomonidan ekologik xavfsizlikka alohida eʼtibor
 
 


14 
Aholining ekologik madaniyat koʻrsatgich darajasini oshirish 
Oʻzbekistonda har bir kishi 1 sutkada 2-3 litr chuchuk suv ichadi. Gidrosferaning 
faqatgina 2,5 foizini chuchuk suv tashkil qilishi haqida bilasizmi? Yoki qishloq 
xoʻjaligining ayrim sohalaridagi suv sarfini qiyosiy hisoblab koʻrsak, 1 tonna 
bugʻdoy yetishtirish uchun 1,5 tonna, 1 tonna sholi uchun - 4-5 ming tonna, 1 tonna 
paxta yetishtirish uchun 10 ming tonna suv sarflanishi haqida nima deya olasiz? 
Oʻz ekologik madaniyatingiz qay darajada deb hisoblaysiz? 
Ekologik madaniyatni oshirish haqida soʻz borganda, taʼkidlash joizki, ekologik 
madaniyat bir nechta faktorlar natijasi oʻlaroq shakllanadi yoxud yuzaga keladi: 
jumladan, tabiatga muhabbat, tabiat haqidagi bilim va tasavvurlar, koʻnikmalar, 
ekologik tarbiya, qadriyat va anʼanalar ekologik madaniyat shakllanishiga sabab 
boʻladi. Ayniqsa, bugungi global ekologik muammolar insoniyatni bir boʻgʻma 
ilondek qamrab olgan paytda ekologik ong va ekologik madaniyatni shakllantirish 
va ularda atrof-muhitga nisbatan ratsional yondashuv koʻnikmasini hosil qilish 
masalasi ulkan ahamiyat kasb eta boshladi deb hisoblash oʻrinlidir. 
Ekologik 
madaniyatni shakllantirishda
, ekologik ong va dunyoqarashni 
shakllantirish va rivojlantirishda muhim oʻrin tutadigan maktab tarbiyasiga, oʻrta va 
oliy taʼlim muassasalariga eʼtibor qaratilishi lozim. Ekologik bilimlar tashviqoti
aholini ekologik tarbiyalash va ularni oʻqitish boʻyicha ishlar avj oldirilganligiga 
qaramay, Respublikamiz oliy va oʻrta maxsus bilim yurtlarida atrof muhit 
muhofazasi, yaʼni ekologiya sohasida boshqa sohalar kabi Davlat noziri singari 
mutaxassislarni tayyorlash hozirgi kunga qadar yoʻlga qoʻyilmagan. Ushbu soha 
uchun bu kabi mutaxassislarni tayyorlash hozirgi kun talabidir. Bundan tashqari, 
insoniyat tarbiyasi uchun uning mahallasi ham alohida oʻrin egallaydi. Mahallalar 
ham ushbu ishlarga jonbozlik koʻrsatishi lozim, deb oʻylayman. 
Xulosa qiladigan boʻlsak, taʼkidlash joizki, butun dunyoda ekologik barqarorlikka 
erishish, yer yuzining hozirgi holatini tubdan oʻzgartirish uchun xalqaro hamkorlik, 
ekologik qonun talablarini buzganlik uchun javobgarlikning qatʼiy boʻlishi, 
aholining yuqori darajadagi ekologik ong va madaniyatini oshirishning oʻzigina 


15 
kifoya qilib qolmasdan, balki barchamizni masʼuliyat hissi bilan yashashga 
undashga ham chaqiradi. Tabiat inʼom etgan tuhfalarni buzadigan xalq oʻz ildiziga 
bolta uradi deb Franklin Delano Ruzvelt tomonidan bildirilgan fikrlar barchamizni 
ogohlikka chorlab qolishi shubhasizdir. Zero, tabiatni muhofaza qilish bu nafaqat 
Vatan oldidagi farzandlik burchimizdir, balki insoniyatning kelajak avlod uchun 
qoldirishi mumkin boʻlgan yagona va bebaho xazinasidir.
Tabiat va atrof-muhitni 
muhofaza qilish har doim davlat va jamiyat hayoti uchun muhim masalalardan biri 
boʻlib kelgan. Ayniqsa, ekologik muammolar jahon hamjamiyatini tashvishga 
solayotgan hamda global muammoga aylangan bugungi sharoitda mazkur masala 
yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi.Maʼlumotlarga koʻra, har yili dunyoda 7 mln 
kishi havo ifloslanishi taʼsiridan vafot etadi. Gaz ifloslanishidan kelib chiqadigan 
kasalliklarni davolash uchun yiliga taxminan 1 trln dollar sarflanadi. Har soatda 
1692 gektar unumdor yer choʻlga aylanadi.Ekologiya muammosi xalqaro darajada 
atrof-muhit muhofazasi mavzusi sifatida ilk marotaba 1972-yilda Stokgolmda 
oʻtkazilgan BMT konferensiyasida muhokama qilingan. Mazkur konferensiyada 
“Inson farovon va yuqori qadr-qimmatga ega hayotni taqozo etadigan muhitda 
yashamogʻi lozim” gʻoyasi ilgari surilgan.1992-yilda Rio-de-Janeyroda oʻtkazilgan 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit va rivojlanish boʻyicha 
konferensiyasida ikkita asosiy hujjat – “Rio-de-Janeyro deklaratsiyasi” va “XXI yil 
uchun kun tartibi”, shuningdek ikkita global ekologik konvensiyalar “Iqlim 
oʻzgarishi boʻyicha doiraviy Konvensiya” va “Bioxilma xillik boʻyicha 
Konvensiya” qabul qilingan.Bundan tashqari, BMTning ekologiya va atrof-muhit 
muhofazasi sohasidagi asosiy xalqaro-huquqiy hujjatlari sifatida 1992-yilgi 
“Transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro koʻllarni muhofaza qilish va ulardan 
foydalanish toʻgʻrisida”gi Konvensiyani, 2003-yilgi “Transchegaraviy kontekstda 
atrof-muhitga taʼsirni baholash toʻgʻrisidagi konvensiyaga Atrof-muhitni strategik 
baholash protokoli”ni, 2015-yilgi “Iqlim boʻyicha Parij bitimi”ni va boshqa bir qator 
hujjatlarini keltirish mumkin.Shuningdek, BMTning 2015-yilning sentyabr oyida 
boʻlib oʻtgan Barqaror rivojlanish boʻyicha sammitida 2030-yilgacha erishish 
rejalashtirilgan 17 ta maqsaddan iborat Barqaror rivojlanish maqsadlari qabul 


16 
qilingan. Oʻz navbatida, ushbu maqsadlardan 5 tasi (3, 6, 13, 14 va 15 maqsadlar) 
bevosita ekologiya va atrof-muhitni, insonlarning sogʻligʻini muhofaza qilish 
masalalariga eʼtibor qaratilgan.Yurtimizda ham ekologik barqarorlikni taʼminlash, 
aholining qulay tabiiy muhitga ega boʻlishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, 
tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan ekologik 
muammolarning oldini olish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish 
masalalariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. 
3-rasmMamlakatimizda atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanish, ekologik xavfsizlikka oid 20 dan ortiq qonunlar va yuzlab qonunosti 
hujjatlari qabul qilinib, hayotga tatbiq qilinmoqda.Xususan, “Tabiatni muhofaza 
qilish toʻgʻrisida”gi, “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi, “Oʻsimlik dunyosini 
muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida” gi, “Suv va suvdan foydalanish 
toʻgʻrisi”gi Qonunlar va Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilgacha Oʻzbekiston 
Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi, 2019-2030-yillar 
davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi 
shular jumlasidandir.Bundan tashqari, Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik 
toʻgʻrisidagi kodekslarning bir qator moddalarida atrof-muhitga zarar yetkazish 
bilan bogʻliq gʻayriqonuniy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari belgilab 
qoʻyilgan.Davlatimiz rahbari tomonidan ekologik xavfsizlikka alohida eʼtibor 
qaratilib, 2020-yil 23-sentyabrdagi BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi 
soʻzlagan nutqida jahon hamjamiyati eʼtiborini yana bir bor davrimizning jiddiy 


17 
muammolaridan biri – global iqlim oʻzgarishlariga toʻxtalib, bugungi kunda har bir 
mamlakat bu jarayonning salbiy taʼsirini his etayotganligini, ming afsuski, bunday 
oʻzgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tugʻdirayotganligi 
bildirildi.Ushbu yalpi majlisida hamjamiyat tomonidan Orolboʻyi hududidagi 
vaziyatga eʼtibor qaratilib, Prezidentimiz tomonidan bildirilgan takliflar asosida 
Orolboʻyi mintaqasini “Ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi” deb eʼlon 
qilish toʻgʻrisidagi maxsus Rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi. Shuningdek, 
mamlakatimiz tashabbusi bilan Orolboʻyi mintaqasi uchun BMTning inson 
xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik trast Fondi tuzildi.Joriy yilning 20-
iyunda davlatimiz rahbarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 
oʻzgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan 
Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan oʻtkazgan uchrashuvida ham ekologik 
xavfsizlikka alohida eʼtibor qaratib, Bosh qomusimizda ushbu yoʻnalishga doir 
ekologik-huquqiy normalar oʻz aksini topishi hayotiy zarurat ekanini ifodalab 
berdi.Prezidentimiz oʻz nutqida: “Tabiatdagi global iqlim oʻzgarishlari, Orol 
dengizining qurishi bilan bogʻliq vaziyatning tobora keskin tus olayotgani ekologik 
xavfsizlikni gʻoyat dolzarb masalaga aylantirdi. Shu bois, Konstitutsiyamizda ushbu 
yoʻnalishga doir ekologik-huquqiy normalar oʻz ifodasini topishi lozim. Hech 
shubhasiz, bunday konstitutsiyaviy oʻzgarishlar jamiyatimizda fuqarolarning 
ekologik huquqlari va majburiyatlari, ayniqsa, mansabdor shaxslarning tabiat 
himoyasi uchun masʼuliyatini keskin oshirish, aholining ekologik madaniyatini 
yuksaltirishga xizmat qiladi. Bu, oʻz navbatida, mamlakatimizda amalga 
oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarni yanada 
kuchaytirish imkonini beradi”, – deya taʼkidladi.Shundan soʻng, joriy yilning 25-
iyunida “Oʻzbekton Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar 
kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi 
muhokamasi eʼlon qilindi.Unga koʻra Konstitutsiyaning 64 ta moddasiga 200 dan 
ortiq oʻzgartish va qoʻshimchalar, 16 ta normani oʻz ichiga olgan 6 ta yangi modda 
(prim-moddalar) qoʻshish taklif etilmoqda.Mazkur loyihada bir qator ekologiya va 
atrof-muhit muhofazasi bilan bogʻliq normalarni koʻrish mumkin.Xususan, 


18 
loyihaning 40-moddasida davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq atrof-
muhitni yaxshilash, tiklash va himoya qilish, ekologik muvozanatni saqlash 
boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi, davlat Orolboʻyi mintaqasining 
ekologik tizimini himoya qilish va tiklash, uni ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan barqaror 
rivojlantirish boʻyicha zarur choralar koʻrishi belgilanmoqda.Shunindek, “Har kim 
sogʻlom va qulay atrof-muhitga, uning holati haqidagi haqqoniy axborotga ega 
boʻlish hamda oʻz sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga ekologik huquqbuzarlik tufayli 
yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi huquqiga ega” degan yangi 40
1
-modda bilan 
toʻldirish taklif etilmoqda.Loyihaning 54-moddasida “Mulkdor mol-mulkiga oʻz 
xohishiga koʻra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan 
foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning, 
davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi 
kerak” ligi belgilanmoqda.Bundan tashqari, loyihaning 55-moddasini “Yer, yer osti 
boyliklari, suv, atmosfera havosi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy 
resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanilishi lozim va ular davlat 
mulkida boʻladi. Yer qonunda nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda xususiy 
mulk ham boʻlishi mumkin. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar, oʻrmon fondi 
davlatga tegishli boʻlib, tadbirkorlik subyektlariga ijara shartnomalari asosida 
ajratiladi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishi lozim va ular davlat tomonidan 
muhofaza qilinadi” jumlalari bilan toʻldirish taklif etilmoqda.
Orolboʻyi mintaqasini 
“Ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi” deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi 
maxsus Rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi. Shuningdek, mamlakatimiz 
tashabbusi bilan Orolboʻyi mintaqasi uchun BMTning inson xavfsizligi boʻyicha 
koʻp tomonlama sheriklik trast Fondi tuzildi.Joriy yilning 20-iyunda davlatimiz 
rahbarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish va 
tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya 
aʼzolari bilan oʻtkazgan uchrashuvida ham ekologik xavfsizlikka alohida eʼtibor 
qaratib, Bosh qomusimizda ushbu yoʻnalishga doir ekologik-huquqiy normalar oʻz 
aksini topishi hayotiy zarurat ekanini ifodalab berdi.Prezidentimiz oʻz nutqida: 
“Tabiatdagi global iqlim oʻzgarishlari,


19 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling