Mundarija kirish Andijon viloyati Namangan viloyati Fargona viloyati Geografik o‘rni va tabiiy sharoiti Xulosa Foydalangan adabiyotlar Ilovalar kirish
Download 442 Kb.
|
Fargona viloyati tayyor
1.Andijon viloyati
Andijon viloyati Uzbekistan Respublikasining maydoni eng kichik, birok axoliyey eng ko‘p bo‘lgan mintakalaridan biri - Andijon viloyati 1941-yilda tashkil topgan. Utgan ayerning 60-yillarida u ko‘shni Namangan viloyati bilan birlashib, Andijon viloyati nomida mavjud bo‘lgan va so‘ngra yana avvalgi rasmiy makomi va xududi kayta tiklangan. Maydoni - 4,30 ming kv. km va bu nuktai nazardan u mamlakatimizda Sirdaryo viloyatidan (4,28 ming kv. km) oldinda turadi, xolos. Atigi 0,96 foiz respublika maydonini egallagan ushbu xududda 2805,2 ming kishi yoki mamlakat jami aholisining 9,2 foizi yashaydi (aholi soni bo‘yicha Farg‘ona iktisodiy rayonida ikkinchi, respublikamizda to‘rtinchi o‘rinda turadi). Andijon viloyati xududi va aholisi nisbiy ko‘rsatkichlarini takkoslashning o‘zi mintaka ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatining asosiy xususiyatlarini yakkol namoyon kiladi. Bunda, eng avvalo, viloyat demofafik sig‘imiiing juda kjoriligi, axolining o‘ta zich joylashuvi, yer resurslarining tankisligi ko‘zga tashlanadi. Bunday vaziyat uning ijtimoiy-iktisodiy rivojlanish strategik yo‘nalishlarini belgilab olishni taqozo etadi. Ma’muriy jihatdan Andijon viloyati viloyatga bo‘ysunuvchi 3 ta shahar, 14 kishlok tumanlari, 9 ta tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar hamda 78 ta shaharcha va 90 ta kishlok fuqarolar yig‘inlaridan iborat. Qishloq aholi punktlari 456 ta. 18-ilovada keltirilgan ma’lumotlar ko‘rsatishicha, viloyatning 7 ta, ya’ni jami kishloq tumanlarining teng yarmi bir sanada - 1962-yilda tashkil etilgan. Eng "yangi" kishlok tumani Bulokboshi bo‘lib, u 1992-yilda, asosan, Xo‘jaobod tumanidan ajralib chikkan. Viloyat geografiyasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, bu yerda kishloq tumanlari zich va maydoni deyarli bir tekis taqsimlangan. Shunchalik miqdorda, ya’ni 14 ta qishlok tumanlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarkand va Surxondaryo viloyatlarida xam mavjud, ammo ularning hududi Andijon viloyatidan bir necha marta katta. Viloyatda xar bir tumanga atigi 0,31 ming kv. km.dan maydon to‘g‘ri keladi. Bu mamlakatimiz bo‘yicha eng oz ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu yerda "geografiylik koeffitsiyenti" 2,61 ga teng. Boshqacha qilib aytganda, eng katta tuman - Qo‘rg‘ontepa eng kichik tuman - Bulokboshidan 2,6 marta katta, vaholanki, bunday xududiy tafovutlar boshka mintakalarda, hatto ko‘shni Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham sezilarli darajada. Download 442 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling