Mundarija kirish Andijon viloyati Namangan viloyati Fargona viloyati Geografik o‘rni va tabiiy sharoiti Xulosa Foydalangan adabiyotlar Ilovalar kirish
Download 442 Kb.
|
Fargona viloyati tayyor
2.Namangan viloyati
Namangan viloyati Uzbekiston Respublikasi Farg‘ona vodiysi kismining eng katta xududi xisoblanib, uning maydoni 7,44 ming kv. km. Bu Farg‘ona iktisodiy rayonining 40,2 foizi, mamlakatimizning 1,6 foiz maydoni demakdir. Aholisi - 2504,0 ming kishi yoki respublika axolisining 8,2 foizi shu mintaqada yashaydi. Vodiyda, garchi viloyat o‘z maydonining nisbatan kattaligi bilan ajralib tursada, axoli soni bo‘yicha u Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan orkada turadi. Birok, shunga karamasdan, respublika miqyosida Namangan viloyati aholisi zich joylashgan xududlar katoriga kiradi. Mamlakat mexnat taqsimotida Namangan viloyati, eng avvalo, dexkonchilik {paxta, pilla, meva, uzum yetishtirish), yengil va oziq-ovkat sanoatiga ixtisoslashgan. U respublika yalpi xududiy mahsulotining 4,2, sanoat mahsulotining 2,7, qishloq xo‘jaligi mahsulotining 7,9, chakana savdo hajmining 6,1 foizini beradi (2013 i.). Viloyat xozirgi xolatda 1967- yil 18-dekabrda tashkil topgan. Aslida esa u dastavval 06.03.1943 yilda bu maqomga ega bo‘lgan, so‘ngra, ya’ni 25.01,1960-yilda Namangan va Andijon viloyatlari ko‘shilib, alohida bir ma’muriy birlikni tashkil qilgan. Ma’lumki, bu davrda sobiq Ittifoqda viloyatlarni yiriklashtirish, "sovnarxoz"larni shakllantirishga katta aqamiyat berilgan. Xuddi shunday o‘zgarishlar Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ham yuz bergan. Namangan viloyatining ma’muriy-qududiy bo‘linishi viloyatga bo‘ysunuvchi 1 ta shahar, 11 ta kishloq tumani, 7 ta tumanga bo‘ysunuvchi shaxdr va 120 ta shaharchalardan iborat. Shuningdek, bu yerda 99 ta kishloq fukarolar yig‘inlari va 402 ta qishloq axoli punktlari mavjud. Qishloq tumanlari orasida maydoni bo‘yicha Pop va Chuyet ajralib turadi. Xususan, Pop tumanining maydoni eng katta bo‘lib (2,91 ming kv. km), u viloyat umumiy hududining 39,1 foizini egallaydi. Chuyet tumanining maydoni 0,91 ming kv.km, kichigi esa Norin tumani hisoblanadi. Bu boradagi geografiylik koeffitsiyent 13,8 ga teng. Demak, viloyat tabiiy-xo‘jalik jihatdan ancha katta ichki xududiy tafovutlarga ega. Viloyatda birinchilar qatorida tashkil etilgan tumanlar Namangan, Chuyet, Pop va Yangiqo‘rgon bo‘lib, ular respublikamizda dastlabki - 1926 yilda amalga oshirilgan ma’muriy islohotlarga to‘g‘ri keladi. Tarixiy nuqtai nazardan eng so‘nggisi esa Chortok tumani, u 1980 yilda Yangiqo‘rg‘on tumanidan ajralib chiqqan Geografik o‘rni va tabiiy boyliklari. Namangan viloyati asosan Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘i, Farg‘ona vodiysining shimoliy qismini egallaydi. U Uzbekistan Respublikasi xududining sharkiy qismida, Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyatidan janubda joylashgan; g‘arbda Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyati bilan, respublikamiz doirasida esa Toshkent viloyati, janubda Farg‘ona, janubi-sharkda Andijon viloyatlari bilan chegaradosh. Download 442 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling