Mundarija Kirish Asosiy qisim


Download 386.5 Kb.
bet1/10
Sana10.02.2023
Hajmi386.5 Kb.
#1185639
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Azimbayev


Mundarija
Kirish
Asosiy qisim
1.1.Neftberuvchanlikni oshirishda ta’sir etish ob’ektlarini tanlash mezonlari
1.2.Qatlamlarni neftberuvchanligini oshirish usullarining potentsial imkoniyatlari
1.3. Uyumni ishlatish jarayonini intensivlfshtirish va qatlamlaqrni neft beraolishligini oshirish texnologiyalari
1.4. Yuqori suvlangan zonalarda neftberuvchanlikni ko’paytirish boyicha choralar
1.5. Qazib oluvchi quduqlarda QQTZ-sini o’tkzazuvchanligini
pasaytiruvchi sabablar
1.6. Qatlamlarning neft beraolishligini oshirishning ma’lum usullari
1.7. Konlarga davriy bug’li tasir etish texnologiyasi
2.Xisob qismi
Xulosa
Adаbiyotlаr royxаti
Kirish
Mustaqil mamlakat albatta o’zining mustahkam siyosati va zahirasiga ega bo’lmog’i darkor. Rivojlangan davlatlar kabi O’zbekiston Respublikasining strategik zahiralari mavjud. Mustaqil O’zbekiston neft va gaz sanoati bugungi kundagi holatiga kelgunga qadar, juda ko’p zafarli va ulkan , inson aqlini shoshiradigan darajadagi amaliy loyihalar bajardi . Konlardan belgilangan miqdorda mahsulot qazib chiqarib, qazib chiqarilayotgan mahsulotlarning tarkibi va fizik-kimyoviy xususiyatlari turlichaligini hisobga olib, mahsulotlardan istiqbolli , rejali tarzda foydalanish lozim.
Qovushqoqli neft qazib olishda quduqlarning eng qulay ish me’yorini o’rnatish texnologiyalari va neftni qazib chiqarish va uni qazib chiqarishdagi o’ziga xos xususiyatlarni tahlil qilish va qazib chiqarishni jadallashtirish bugungi kunda eng dolzarb masalalar hisoblanadi.
Shundaki, konidan neft qazib chiqarishni jadallashtirshda avvalo quduqlarni ishlashini eng qulay ish me’yorini tanlashni aniqlash va qouvqoqli neftlarni qazib olishda olib borilayotgan usullarini ishlab chiqish va murakkab karbonat kollektorlarning o’ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish , hamda ma’lumotlar bazasiga asoslanib ishlatishning yangi usullarini keltirish ishning maqsadi hisoblanadi.
Dunyodagi neft olishning rivojlanishida oxirgi yillarda yuqori qovushqoq neft konlarining ulushining oshib borayotganligini ko’rsatmoqda. Shu sababli bunday konlarda olimlarni ko’p tadqiqotlarni olib borishiga sabab bo’lmoqda. Tadqiqot natijalariga ko’ra tarkibida nisbatan katta miqdorda asfaltenlar, qatronlar va parafinlar bo’lgan neftlar nonyuton suyuqliklar yoki qovushqoqli neftlar deyiladi. Yuqori qovushqoq neftli konlarni ishlashni tahlili bilan O’zbekistonda Nazarov S.N., Azimov P.K., Irmatov E.K., Akramov B.Sh., Nazarov U.S., Turg’unov H.M., Raximov N.R. va boshqalar, sobiq ittifoqda esa Ovanesov G.P., Jeltov Yu.V., Ashirov K.B., Amelin I.D., Usenko V.F., Kovalev A.G., Gubanov A.I., Kovalev V.S., Ivanova M.M., Surguchev M.L., Ponamerov V.G. va boshqalar shug’ullanishgan . Olimlarning tahlili natijasida yuqori qovushqoq neft konlarini ishlashida, murakkab qiyinchiliklarga to’qnash kelinadi.

Download 386.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling