Mundarija Kirish Asosiy qisim
Download 386.5 Kb.
|
Azimbayev
Asosiy qisim
1.1.Neftberuvchanlikni oshirishda ta’sir etish ob’ektlarini tanlash mezonlari Sanoat sinovi bosqichida qatlamlarning neft beruvchanligini oshirishda va sanoat usullarini tadqiqot qilish jarayonida samarali muammolar paydo bo’ladi. Neftberuvchanlikni kuchaytirish usullarini qo’llashda iqtisodiy yo’qotilishlarning ko’rsatgichi sezilarlidir, oddiy suv haydashga yoki sunish rejimida ishlashga nisbatan ularni amalga oshirish xarajatlari yuqoridir. Yaxshi usulni tanlash uchun har qanday konda bir nechta usullar qo’llaniladi va quyidagilarni bilish zarurdir: - qatlamlarning neftga toyinganligi yoki ularning sunish darajasi, suvlanishi; - neft va qatlam suvlarining xossalari – qovushqoqlik, oltingugurt miqdori, parafin, asfalten, smola, tuzlar; - kollektor va uning xossalari – qumoqtosh, alevrolit, ohaktosh, o’tkazuvchanlik, qalinlik qatlamning har xilligi, uzilishlar, bo’linish, chuqurligi, solishtirma yuzasi, moddalar tarkibi, gilligi, tuzning tarkibi; - burg’ilangan quduqlarni joylashuvi va texnik holatlari: material-texnik vositalarning mavjudligi, ularning sifati, tavsifi va bahosi; - neftni sotish bahosi; - neft qazib olishni kupaytirish va iste’moli. Bugungi kunda qatlamlarni neftberaoluvchanligini oshirish usullari boyicha juda ko’p tadqiqotlar va tajriba sanoat sinovlari o’tkazilgan bo’lib, etarli darajada keng bilimlar to’plangan, miqdori va mezonlari to’g’risida tasavvurlar etarlicha, qatlamda neftni, suvni va qatlamlarni xossalarini tavsiflovchi ma’lumotlar yig’ilgandir. 1. Gaz do’ppisi. Hamma usullar uchun tabiiy yoki sun’iy yuqori gazga toyinganlikni qatlamning qaysidir qismida mavjudligi noqulaylik tug’diradi, chunki haydaladigan ishchi agentlarning o’tkazuvchanligi 50-100 marta yuqori o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan gaz qismiga intiladi, natijada ishchi agentlarning samarasiz sarflanishi sodir bo’ladi. 2. Qatlamlarning neftga toyinganligi. Neftli qatlamlar yuqori darajada suvga toyingan bo’lganda (70-75 % dan katta) neftberuvchanlikni oshirishda ma’lum bo’lgan hamma usullarni iqtisodiy sabablarga muvofiq qo’llab bo’lmaydi, qimmat bo’lgan agentlarni siquvchanlik xususiyatidan bor yo’g’i 25-30 %ga foydalaniladi, qolgan qismi esa qatlamning suvga toyingan qismiga foydasiz sarflanadi. Ko’pgina usullar (qatlam ichra yondirish, bug’li siqish, SFM bilan suv haydash) qatlamning neftga toyinganligi 50% kichik bo’lganda sarflanadigan vositalarni qoplanmasligi tufayli qo’llanilmaydi. 3. Qatlamlarning yoriqligi. Qatlamlarning o’tkazuvchanligining har xilligi qimmatbaho ishchi agentlarni tezda qazib oluvchi quduqlarga yorib kirishga olib keladi va ulardan tejamkor bo’lmagan holda foydalaniladi. 4. Faol suv napor rejimi. Neft uyumlari faol tabiiy suv napor rejimida ishlatilganda (odatda o’lchamlari boyicha uyum katta emas, qatlamlar yuqori mahsuldorli va neftning qovushqoqligi kichik bo’lganda), qatlamni qoldiq neftga toyinganligi (25-30% dan kichik) kichik bo’lganda chegara yoki tub qatlam suvlarning siquvchanlik xossasi hisobiga suv haydash usulida qatlamlar yuqori ko’rsatgichda egallanadi. Bunday sharoitda neftberuvchanlikni oshirishdagi usullarni qo’llash murakkablashadi, chunki qatlamning past qoldiq neftga toyinganligi ko’pgina usullarni qo’llashni chegaralaydi. Ishchi agentlar chegaradan tashqarida joylashgan quduqlar orqali haydalganda, agentlarni yo’qotilishiga, ichki chegaradagi quduqlar orqali haydalganda – samaradorlik pasayib ketadi. 5. Neftning qovushqoqligi. Bu eng kuchli omil bo’lib, ko’pgina holatlarda iqtisodiy mezoni boyicha hal qiluvchi holat hisoblanadi. Oddiy suv haydash orqali hamma fizik-kimyoviy usullar neftning qovushqoqligi 25-30 mPa∙s dan kichik bo’lganda iqtisodiy jihatdan o’zini oqlagan. Polimerli suv haydash yuqori qovushqoqli (100-150 mPa∙s) yuqori o’tkazuvchan qatlamlarda qo’llaniladi. Issiqlik usullarni yuqori qovushqoqli neftlarda qo’llash maqsadga muvofiqdir, chunki bunday holatda qo’llanilganda qovushqoqlikni pasaytiradi yuqori samaraga erishiladi. Lekin neftning qovushqoqligi 500-1000 mPa∙s.dan yuqori bo’lganda oddiy texnologiya boyicha issiqlik usullari qo’llanilganda foydasiz bo’lib qoladi. Bunday yuqori qovushqoqli neft konlarida quduqlarning turi juda zich bo’ladi (1÷2 ga/qud) va katta xarajatlar bilan bog’liq, bo’lganligi uchun energiya sarfi hamma vaqt ham iqtisodiy jihatdan o’zini oqlay olmaydi. 6. Suvning qattiqligi va tuzliligi. Hamma turdagi fizik-kimyoviy usullar qatlamning neft beruvchanligini oshirishda qo’llanilganda yuqori tuzlilik va ayniqsa qatlam suvlarining tarkibida kaltsiy va magniy tuzlari bo’lganda, eritmalarni tayyorlashda tuzlardan foydalanilganda samaradorlik keskin pasayib ketadi. Bundan tashqari har qanday kimyoviy mahsulotlardan eritma tayyorlanganda suvning tarkibidagi kislorod va biorganizmlarni yo’qotish, qatlamda vodorod sulfitning paydo bo’lish sharoitini bartaraf qilish zarur, chunki keyinchalik jihozlarda korroziya holatini keltirib chiqarmasligi kerak. Issiqlik usullarida suvning bunday xossasi hech qanday ahamiyatga ega emas, lekin bug’ generatorlarida bug’ tayyorlash uchun toza yumshoq kislorod bo’lmagan suv talab qilinadi. 7. Kollektorlarning gilligi. Neftlilik qatlamlarida (10% dan ko’p) gilning miqdori yuqori bo’lganda qatlamlarning neft beruvchanligi ko’paytirishda qo’llaniladigan hamma usullarni qo’llash qarshi ko’rsatilgan. Qatlamlarda gilning miqdori yuqori bo’lganda fizik-kimyoviy usullar qo’llanilganda samaradorlik past bo’ladi, chunki kimyoviy mahsulotlarning adsorbtsiyasi sodir bo’ladi. Kimyoviy reagentlarning adsorbtsiyasi g’ovaklik muhitining solishtirma yuzasiga proportsional bo’ladi. Buning natijasida kimyoviy mahsulotlar eritmadan pastga cho’kadi, haydovchi quduqlar devorining atrofiga o’tiradi, qatlamdagi neftning asosiy qismi qashshoqlashgan eritmalar bilan siqiladi. Issiqlik usullari yuqori gilli kollektorlarda qo’llanilganda, gillar tog’ jinslarining sementlovchi material hisoblanadi, qatlamlarni konsolidatsiyasini buzilishga olib keladi va qazib oluvchi quduqlarga katta miqdordagi qumlarni olib chiqadi. Yaxshi usullarni yaratish ko’p variantli masala bo’lib, maxsus, aniq o’rganish va texnik iqtisodiy tahlilning chegaralari va bir butun masalalar hal qilinadi. Download 386.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling