MUNDARIJA:
KIRISH
ASOSIY QISM
1. Bir jinsli bo’lmagan chegaraviy masala uchun Grin funksiyasi….5
2. Grin funksiyalarni tuzishning nostandart usuli.
3. Chekli sohalarda chegaraviy masalalar yechishning grin funksiyasi usuli
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risidagi qonunlar hamda Vazirlar Mahkamasining O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida 1998-yil 13-maydagi 203-qarori va ularning turmushga tadbiq etilishi mamlakatimizda Xalq ta’limini Mustaqillik sharoitida zamonaviy asosda qayta qurishda juda katta ahamiyatga ega. Bu hujjatlar ta’lim sohasida jamiyat ehtiyojini to’la qondirishni nazarda tutadi.
Ushbu kurs ishi differensial tenglamalar bilan yozilgan chegaraviy masalalarni yechish, Grin funksiyasi mavzusiga bag’ishlangan bo’lib, u uchta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Mavzuning dolzarbligi. Differensial tenglamalar fanini o’rganishga ayni vaqtda juda ehtiyoj sezilmoqda. Darhaqiqat olib borilayotgan ilmiy izlanishlar samarasi o’laroq bu fan sezilarli darajada o’sdi. Yangi-yangi adabiyotlar, o’quv qo’llanmalar va turli metodlarni qo’llash bilan yanada rivojlantirilmoqda.
Mavzuning o’rganilish darajasi. Oddiy va xususiy hosilali differensial tenglamalarga oid chegaraviy masalalarni yechish hozirda yurtimizning ko’plab matematiklarining asosiy tadqiqot yo’nalishlaridan biridir.
Ishning maqsad va vazifalari. Talabalarni oddiy va xususiy hosilali differensial tenglamalarga oid Grin funksiyali masalalarni yechishni o’rganishi, ularning fanga bo’lgan talablarini ham ortib boraveradi va tabiatda yuzaga kelayotgan jarayonlarni o’ganishi bitiruv malakaviy ishda bayon qilingan differensial tenglamalarni metodlarining poydevori sifatida xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |