Mundarija Kirish Asosiy qism i-bob Asosiy vositlar auditini o’tkazishda me’yoriy-huquqiy asoslar


Download 208.3 Kb.
bet5/11
Sana17.06.2023
Hajmi208.3 Kb.
#1523343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi S.N

Muomalalar

Summa
So’m

Korrespondensiyalanuvchi schyotlar




Dt

Kt




1.

Sotib olingan yig‘ma mebel uchunschyot-faktura akseptlandi: Xarid qiymatiga to‘langan: QQS summasiga

120000

24000


0820

4510


6010

6010


2.

Mebelni tashib keltirgan transport idorasining schyot fakturasi akseptlandi: Ta’rif bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmat qiymati qo‘shilgan qiymati solig‘i (QQS) summasiga

15000

3000


0820

4510


6010

6010


3.

Mebelni yig‘ish uchun ish haqi hisoblandi.

4000

0820

6710



4.

Budjetdan tashqari fondlarga ajratmalar hisoblandi: ijtimoiy sug‘urta fondiga nafaqa fondiga bandlik xizmati fondiga

1440
80
80



0820
0820
0820



6520
6520
6530



5.

Obyekt hisobga qabul qilindi: Dastlabki qiymatiga (0820 schyotni yopish

140600



0140



0820



6.

To‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga o‘tkazildi.

27000



6410



4510


Asosiy vositalarning kirimiga oid muomalalarni tekshirishda obyektlarning dastlabki qiymati to‘g‘ri shakllanganligiga e’tibor berish kerak. Chunki u mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga qo‘shiladigan, har oylik amortizatsiya (eskirish) summalarini aniqlashda asos hisoblanadi. Bunda 0800- «Kapital qo‘yilmalarni hisobga oladigan schyotlar»ning ma’lumotlari tekshiriladi. Bu schyotlarda sotib olinib yoki qurib bitkazilib, balansga qabul qilinishi lozim bo‘lgan (0120 schyot debeti va 0810 schyotning krediti) obyektning dastlabki (inventar) qiymati aniqlanadi. Umumiy qoidalarga ko‘ra u (QQS) asosiy vositaning dastlabki qiymatiga kiritilmaydi.


Lekin ushbu qoidadan amaldagi qonunchilik bilan o‘rnatilgan ayrim mustasnoliklar mavjud. Xususan, qo‘shilgan qiymat solig‘i asosiy vositalar qiymatiga quyidagi hollarda kiritiladi: agar asosiy vositalar imtiyoz berilgan (QQS to‘lashdan ozod qilingan) mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko‘rsatish uchun sotib olingan bo‘lsa, hisob va hisobot tizimining soddalashtirilgan rejimida ishlaydigan kichik tadbirkorlik sub’ektlari asosiy vositalarni sotib olganida asosiy vositalar budjet ajratma (assignovaniya) lari hisobidan sotib olinganda;
• korxonada yangi qurilish pudrat usulida amalga oshirilganda, qurilish bo‘layotgan vaqtda pudratchiga to‘langan QQS qurilayotgan obyektning inventar qiymatiga qo‘shiladi.
Qurilish xo‘jalik usuli bilan amalga oshirilganda ham korxona har oyda 0810 «Tugallanmagan qurilish» schyoti debetida oy davomida aks ettirilgan xarajatlar summasiga nisbatan belgilangan miqdorda budjetga QQS hisoblaydi (Debet 0810 schyot, Kredit 6410 schyot).
Auditor pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olingan, qurib bitkazilgan, tayyorlangan asosiy vositalar obyektlariga doir xarajatlar, mazkur obyektning dastlabki (inventar) qiymati shakllanadigan, 0810, 0820, 0840 va 0890 schyotlarda hisobga olinayotganligini tekshirishi lozim. Bunda asosiy vositalarning dastlabki (inventar) qiymatiga qo‘shiladigan xarajatlarning tarkibi, ularning mazkur obyektni yaratishga aloqadorligi tekshiriladi.
Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi quyidagi sabablarga ko‘ra ro‘y beradi:
* ularni sotish natijasida;
* chet korxonalar va shaxslarga tekinga berish;
* to‘zib ketganligi va ma’naviy eskirishi sababli ularni tugatish natijasida;
* kamomad tufayli;
* tabiiy ofatlar natijasida.
Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi bilan bog‘liq muomalalarni tekshirishdan maqsad quyidagilarni aniqlashdan iborat:
* asosiy vositaning dastlabki (inventar) qiymati va hisobdan chiqarilayotgan vaqtdagi eskirish summasi to‘liq va tegishli tarzda ularni hisobga oladigan schyotlardan hisobdan chiqarilganligini;
* ushbu muomalalar natijasida hosil bo‘lgan moliyaviy natijalar (foyda yoki zarar) foyda va zararlar schyotida to‘g‘ri aks ettirilganligi.
Bunda quyidagi amallar bajarilishi mumkin:
• hisobot davri davomida hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar ob’ektlarining hisobdan chiqarilayotgan kundagi boshlang‘ich qiymati va to‘plangan eskirish summasi ko‘rsatilgan ro‘yxatini olish; hisobdan chiqarilish sababi; sotish bahosi; hisobdan chiqarishning moliyaviy natijasi. Olingan axborotlar ma’lumotlarini 0110-0190 schyotlar krediti 0210-0290 schyotlar debeti bo‘yicha ma’lumotlar, 9210, 9310 va 9430 schyotlar ma’lumotlari bilan solishtirish;
• asosiy vositani hisobdan chiqarishga doir muomalani amalga oshirish uchun tegishli ruxsatning mavjudligi va ularning hujjatlashtirilishini tekshirish;
• hisobdan chiqarishga doir har bir muomala bo‘yicha (hajmi katta bo‘lganda tanlab) asosiy vositalarni hisobdan o‘chirish va moliyaviy natijasini aniqlashning to‘g‘riligini tahlil qilish.
Auditor asosiy vositalar hisobdan chiqarilishini tekshirish chog‘ida hisobdan chiqarilish sababini, muomalaning maqsadga muvofiqligi va qonuniyligini aniqlaydi. Bunda asosiy vositalarni sotish uchun tuzilgan shartnomalar, hisobdan chiqarish dalolatnomalari, asosiy vositalarni qabul qilish - topshirish dalolatnomasi, analitik hisob ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Dastavval, auditor asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda asos bo‘lgan AV-1 va AV-3 shakllardagi dalolatnomalar ma’lumotlarini tekshirishi lozim. Bu dalolatnomalarda hisobdan chiqarilayotgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati va eskirish summasi aks ettiriladi. Auditor hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarning inventar kartochkalari kartotekadan olinib, dalolatnomaga ilova qilinganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Shuningdek, asosiy vositalarning turgan o‘rni bo‘yicha inventar ro‘yxatida ham tegishlicha qayd qilinganligi tekshiriladi.
Amaldagi schyotlar rejasi va uni qo‘llash yo‘riqnomasiga muvofiq, hisobdan chiqarilish sababidan qat’i nazar (bepul berish, ustav kapitaliga hissa sifatida berish, moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha berish, tabiiy ofatlar va ekstremal hollar, o‘g‘irlanish va kamomad) asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha barcha muomalalar 9210 «Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi» schyotida aks ettiriladi.
Auditor asosiy vositalarni hisobdan chiqarishga doir muomalalarni hisobga olishda 9210 schyotning qo‘llanilayotganligini, bu schyotning debeti va krediti bo‘yicha yozuvlarning to‘g‘ri aks ettirilganligini hamda asosiy vositalar sotilishi va boshqacha tarzda hisobdan chiqarilishining moliyaviy natijalari to‘g‘ri aniqlanganligini tekshirish zarur.
Amaliyotda asosiy vositalarni hisobdan chiqarishga doir muomalalar kam sodir bo‘ladi. Shuning uchun ularni 9210 schyotda to‘liq aks ettirish, olingan daromad (ko‘rilgan zarar)ni to‘g‘ri aniqlash va hisobdan o‘chirish hamda amaldagi soliq qonunchiligiga rioya qilinishini mufassal tekshirish tavsiya etiladi.
Asosiy vositalar bepul berilganda va bozordagidan past bahoda sotilganda auditor asosiy e’tiborni jismoniy shaxslarga bepul berilgan yoki sotilgan obyektlarga qaratmogi lozim. Chunki korxona bu holda daromad solig‘i ushlashi va budjetga to‘lashi lozim.
Sotilgan asosiy vositalar bo‘yicha (masalan, transport vositalari, komputer uskunalari va hisoblash texnikalari va boshqalarni sotish) budjetga mahalliy soliqlar to‘lanayotganligi; korxona asosiy vositalar hisobdan chiqarilayotganda qonun bilan belgilangan barcha hollarda QQS hisoblab (debet 9210 schyot, kredit 6410 schyot) va o‘z vaqtida to‘lanayotganligini (debet 6410 schyot, kredit 5110 schyot) auditor aniqlashi zarur.
Korxona asosiy vositalarni bepul berganida ham asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (korxona ichidagi ko‘chirilishi) dalolatnomasi (nakladnoyi) (AV - 1 shakl) bilan rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. Dalolatnomada tekinga beriladigan asosiy vositaning balans qiymati va berilayotgan paytgacha hisoblangan eskirish summasi ko‘rsatilib, inventar kartochkasi ilova qilingan bo‘lishi kerak. Dalolatnoma va ilova qilingan hujjatlar (pasport, texnik tavsifnoma, yo‘riqnoma va boshqalar) asosida guruhlovchi ro‘yxat (vedomost) tuzilib, uning yakuniga asosan asosiy vositaning balans qiymati va eskirish summasi hisobdan o‘chirilgan bo‘lishi kerak.
Auditor tekinga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha muomalalarni aks ettirish faqat oluvchi tashkilotdan kirim qilingani to‘g‘risidagi xabarnoma (avizo) olinganidan keyin amalga oshirilganligini hamda shunga qadar bu asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash to‘xtatilmaganligini ham aniqlashi zarur.
Shuningdek, auditor berilgan asosiy vositalarni qismlarga ajratish uchun qilingan xarajatlarni (debet 9210 schyot va kredit 6710, 6510 schyotlar), eskirish summasini hisobdan o‘chirish (debet 0210-0290 schyot va kredit
9210 schyot) va natijalarni (debet 9430 schyoti va kredit 9210 schyot agar zarar ko‘rilsa, debet 9210 schyot va kredit 9310 schyoti agar foyda olinsa) hisobda aks ettirish bo‘yicha buxgalteriya provodkalarining to‘g‘riligini ham tekshirishi ham kerak.
Asosiy vositalarni tugatishga doir muomalalarni tekshirishda, auditor avvalo tugatish haqida korxona rahbarining, davlat tashkilotlarida esa, direktor, bosh muhandis yoki yuqori tashkilotning farmoyishi hamda tuzilgan dalolatnoma (AV 3 shakl) ma’lumotlarini o‘rganadi. Bunda dalolatnomadagi obyektning nomi, tayyorlangan yoki qurilgan yili, korxonaga kelib tushgan va foydalanishga topshirilgan sanasi, inventar raqami, turgan joyi, balans qiymati, eskirishi, qayta baholanish natijalari, kapital ta’mirlashlar soni kabi ma’lumotlar tekshiriladi. Shu bilan birga ushbu dalolatnomada obyektning asosiy qismlari, detallari, tarkibiy qismlarining texnik holati haqidagi ma’lumotlar keltirilgan va uni tugatish zarurligi asoslangan bo‘lishi lozim. Halokat oqibatida yaroqsiz bo‘lib qolgan mashinalar, jihozlar va transport vositalari qiymatini hisobdan chiqarish dalolatnomasiga sabablari va aybdorlari ko‘rsatib tuzilgan halokat to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi ham ilova qilingan bo‘lishi kerak.
Bulardan tashqari dalolatnomaning maxsus qismida keltirilgan asosiy vositalarni tugatish bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar hamda ular yuzasidan tuzilgan buxgalteriya provodkalarining to‘g‘riligi ham tekshiriladi. Asosiy vositalarni moliyalanadigan lizing shartnomasi asosida uzoq muddatli ijaraga berish natijasida xo‘jalikdan chiqarilishi (Dt 0920 Kt 9210), o‘g‘irlanish (Dt 9430 Kt 9210) hollarida, auditor, ijarachi tomonidan moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishi va yetkazilgan zararning aybdor shaxslar tomonidan to‘liq qoplanganligiga (Dt 4730 Kt 9430) jiddiy e’tibor berish kerak.
Amaliyotda asosiy vositalarni tugatishga doir muomalalar auditining ayrim xususiyatlari mavjud. Bu yerda auditor to‘liq amortizatsiya qilinmagan asosiy vositalarni tugatishning moliyaviy natijasi to‘g‘ri hisobdan o‘chirilganligiga alohida e’tibor berishi zarur. Obyektni hisobdan o‘chirishda uning tiklash qiymati va eskirishi ikki qismga bo‘linadi: asosiy vositalarni qayta baholash paytiga bo‘lgan va o‘tkazilgan qayta baholash natijasida yuzaga kelgan tiklash qiymatlari va eskirish summalari. Shuning uchun asosiy vositalarni tugatishda 9210 schyotda aniqlangan yo‘qotishlar qisman foyda (9430 schyotining krediti), qisman esa qo‘shilgan kapital (8510 schyotning krediti) hisobiga hisobdan o‘chirilishi mumkin.
Misol: asosiy vosita hisobdan chiqarildi: dastlabki qiymati 200000 so‘m va eskirish 160000 so‘m.





Download 208.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling