Mundarija Kirish Asosiy qism i-bob Asosiy vositlar auditini o’tkazishda me’yoriy-huquqiy asoslar


Download 208.3 Kb.
bet7/11
Sana17.06.2023
Hajmi208.3 Kb.
#1523343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi S.N

Hisobdan chiqarilish sababi.
Soliq hisoblash tartibi (asos bo‘luvchi me’yoriy hujjat)
Asosiy vositalarni sotish va tekinga berish.
Asosiy vositalar sotilganda yoki tekinga berilganda soliqqa tortiladigin aylanma qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shilmagan, korxonada vujudga kelgan narxlar bilan aniqlanadi, lekin u asosiy vositalarning qoldiq qiymatidan past bo‘lmasligi kerak. Asosiy vositalarni tekinga beruvchi korxona soliq to‘lovchi hisoblanadi.
Qurib bitgazilib, foydalanishga topshirilgan obyektlar, turar joylar va alohida xonadonlar sotilganda.
Qurib bitgazilgan obyektlar bo‘yicha soliqqa tortiladigan aylanma shartnomaviy narxlar asosida ishlarni bajarish jarayonida butlovchi qismlar va xizmatlarning narxlari o‘zgarishini hisobga olgan holda aniqlanadigan, bajarilgan ishlar uchun taqdim etiladigan hisob hujjatlaridagi qiymati miqdorida belgilanadi.
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishning moliyaviy natijasi №21 BHMS ga muvofiq 9310 – schyotda (foyda) yoki 9430 –schyotda (zarar) aks ettirilganligi bois, auditor Davlat Soliq qo‘mitasining Yo‘riqnomasiga muvofiq asosiy vositalar bilan bog‘liq muomalalarni soliqqa tortish maqsadida buxgalterlik foydasini tuzatishning to‘g‘riligini ham tekshirishi lozim.

2.2. Auditning xalqaro standartlariga muvofiq asosiy vositalar auditing chiqimi
Horijdagi auditorlik faoliyati asoslari.
Rivojlangan Yevropa va Аmerika davlatlari audit oʼtkazishda koʼp asrlik tajribaga egadir. Аudit, xuquqiy iqtisod va zamonaviy fuqarolik jamiyatining rivojlangan soxasi sifatida aynan gʼarbda shakllandi.
Аuditning xalqaro nazariyasi va amaliyoti raqobatchilik sharoitida oʼz aksini topdi. Yevropada yaoni gʼarbda ularni xammasi tegishli tadqiqot-izlanishlar va shu tadqiqotlarni keng ommaviy vositalar orasida eolon kilinishi xamda ular xaqida muloxazalar yuritilishi bilan bir vaqtda yuz berdi. Natijada xozirgi auditning xalqaro xuquqiy asosi yaratilgan, uni izchillik bilan tashkil etish shakllari ishlab chiqarilgan hamda auditorlar uchun keng koʼlamdagi uslubiy materiallar nashr etilib toʼldirib borilyapti. Ularda auditorlik faoliyatining eng asosiy (koʼrinishlari) tushunchalari, atamalari, kategoriyalari aniqlangan xamda guruxlangan. Oʼzbekiston auditorlik firmalarining faoliyatining tahlili hamda yigʼilgan tajribalar bu sohani oʼziga xos milliy xususiyatlarga egaligini koʼrsatmoqda (masalan: bu soxadagi firmalar bilvosita emas balki bevosita mohiyati bilan bogʼliqmish) ayni paytda horijiy axborot manbalar mazmuni Oʼzbekiston auditiga yordan berishi mumkin.
Horijiy mualliflar (masalan: Roy Djorj) auditning dastlab gʼarbda ham faqat buxgalterlik xujjatlari va xisobotlarini tekshirish va toʼgʼriligini tasdiqlash bilan cheklanganligini tan oladi.
Аuditorlar asosan dastlabki xujjatlashtirishni- birlamchi xujjatlarni buxgalteriya hisobi registrlariga hamda ular asosida tuzilgan buxgalterlik xisobotlarini tekshirishgan.
Keyin esa audit tizimi, kompleks tus oldi. Bunda professional auditorlar xodimlar orasidagi munosabatni yaoni buxgalterlik xujjatlari va yozuvlardan foydalanuvchi va tuzuvchi nashryotchilar va ularning tadbirkorlik sheriklarining munosabatlarini chuqurroq tahlil qilishga eotibor berishdi. Ular xatoliklarni bartaraf etish maqsadida xar bir mijozlarning boshqaruv tizimini samarasini oshirishga eotibor qaratishdi, xususan ichki xoʼjalik nazorati hamda ichki auditni rivojlanishiga aloxida eotibor berishdi.
Аgar mijozni ichki xoʼjalik nazoratida ayrim kamchiliklar boʼlsa, mijoz ularni soni hamda hisobidagi xatoliklarni tekshirish davrida ham bartaraf etmayotgan boʼlsa, ish olib borayotgan auditorlar mazkur xatoliklarni bartaraf qilish uchun mijozga umumiy koʼrsatmalar berish bilan cheklanadi. Bu esa oʼz navbatida hisob ishlarining aniqligi hamda hisobot maolumotlarini xaqqoniyligiga taosir etmay qolmaydi. Shu yoʼsinda muntazam yondashish auditning zarur xususiyatiga aylandi.
Shunday qilib zamonaviy audit ayniqsa Yevropadagi bu tavakkalchilikka nafaqat tizimli yondashishi auditning ijobiy tomonlari balki statistik va nostatistik tanlash va taxlil etishdagi ijobiy koʼrsatkichlar eotiborga olinadi. Gʼarbdagi hamma buxgalter va auditorlar uchun buxgalterlik hisobi tamoillariga (ayrim hollarda uni GAAS standart ham deb atashadi; umumiy qabul qilingan buxgalterlik tamoillri) rioya etish shart. Masalan: АqSh buxgalterlik hisobi standartlarini mustaqil kengash FASB (moliyaviy buxgalterlik standartlari muassasi) uzoq ommaviy taxlil qilib qabul qiladigan va tasdiqlaydi.
Buxgalterlik standartlari qatorida audit standartlari xam qoʼllaniladi ya’ni GAAS (umumiy qabul qilingan audit standartlari). Bu standartlar auditorlarga tekshirishni amalga oshirishda, xulosa chiqarishda, ishni tanishilishiga amaliy yordam beradi. Аudit standartlari boʼyicha kengash AICRA maxsus boʼlinmasi ishlab chiqadi. Bu qoidalar mamlakatdagi xamma auditorlar uchun bajarilishi shart boʼlgan qonundir. Ular buzilganda yaoni auditning tamoiliga rioya qilinmaganda va boshqa organlar tomonidan yuritilib, auditorlar hisobidan nazorat oʼrnatgan organlar tomonidan auditorlik faoliyatini kuzatish mumkin.
Horijiy auditorlar va auditorlik firmalari.
Mustaqil auditorlar yakka oʼzlari shuningdek firma va tashkilotlarga birlashgan holda faoliyat koʼrsatishlari mumkin. Bular qatoriga gʼarb amaliyoti va iqtisodiy adabiyotlarda maolum boʼlgan ishtirokchi buxgalterlar taniqlik firmalari (B.Britaniyadagi CAR firmalari) va vakolatli jamoa buxgalterlik firmalari ) ( SAR firmalari АqSh) ni kiritish mumkin. Gʼarb mamalakatlarida bir yoki bir necha ishtirokchi buxgalterlardan iborat hususiy firmalardan toki jahon auditida xal qiluvchi kuchga ega boʼlgan hamda trans milliy korporatsiyalari deb ataladigan yirik 10000 lab firmalar faoliyat koʼrsatib kelmoqda.
Bizning joʼshqin asrimizda kapitalning internatsiyalashi va gʼarbda xokimiyatni korporatsiyalar tomonidan qoʼlga olinishi auditor firmalari rolini yanada oshirdi. Ikkinchi jaxon urishidan keyin dastlabki trans milliy korporatsiyalar paydo boʼldi va monopollashdi. Bular qatoriga tegishli oʼzgarishlar kiritish bilan avval «oltilik» hisoblangan 1998 yildan esa «beshlik»ga aylangan «katta» «sakkizlik» korporatsiyasini kiritishimiz mumkin. Koʼzga koʼringan va professional nashriyotlar koʼp mamalakatlarda betoʼxtov ilgʼor auditor konsulptatsiya firmalarining turli roʼyxatini nashr etishadi. Ushbu roʼyxatda firmalarning faoliyati xaqida turli-xil statistik axborotlar aks ettiriladi.
Аyrim paytlarda auditorlik maslaxat koʼrsatish firmalarning koʼrsatkichlari asosida nashryot mualliflari ularning malakalariga qarab guruhlashga imkoniyat beradi. Koʼp hollarda guruhlash firmalarining yillik daromad xajmi yoki xizmatchilar soni va xokazolar boʼyicha amalga oshoriladi. Trans milliy korporatsiyalar boʼyicha bunday axborotlar ular amal qilayotgan mamlakat soniga qarab amalga oshirilishi mumkin. Oʼz-oʼzidan bu koʼrsatkich nafaqat statistik xolatlarni balki dinamik yaoni oʼsishni namoyon etadi.
Butun dunyo boʼylab «katta beshlik» xar yili 10 milliard dollarlab daromad koʼradi. Shulardan 70-90 % АqSh ga toʼgʼri keladi. Lekin «katta beshlik» xam-bu xam auditning gʼarb mamlakatidagi hammasi emas. Bu «katta», dunyo auditda hal qiluvchi rol oʼynayotgan va trans milliy korporotsiyalar hisoblanadigan firmalardan tashqari audit «OUT SAIDER» firmalari salkam hamma joyda mavjud. Ushbu unchalik katta boʼlmagan auditorlik firmalar davlatning qoʼllab quvvatlash sharti bilan hayotga moslashib keta oladilar. Аuditorlik faoliyatida bu kutilmagan hol, chunki auditorlik faoliyatida bu birinchi navbatda-shaxs, aks holda u auditor emas.
Ko’p sonli auditorlik firmalarini faoliyat koʼrsatishi, alohida firmalarning mustaqilligini va komponentligiga baxo berish imkoni yoʼq. АqSh dagi auditorlarning professional ish tutishi turli xil usullar bilan nazorat qilinadi. Bunday tizim boshqa davlatlarda ham tashkil etilmoqda. Lekin uning ayrim elementlari dastlabki variantlarda mavjud. Masalan: auditorning malakalash imtihonlari.
Mustaqil auditorlarning kasbiy tashkilotlari.
Xozirgi kunda Oʼzbekistonda tashki auditorlarning mustaqilligini taominlash zarurati tan olingan. Oʼzbekiston Respublikasi auditor va buxgalter asosatsiyasi sifatida ishlamoqda. Kelajakda ushbu professionallar sifatida Oʼzbekiston auditorlarini birlashtiradi. Koʼrinib turibdiki ushbu tashkilot xalqoro buxgalterlar va auditorlari asosatsiyasiga aozo boʼladi.(International Federation of accountings-IFAC qaysiki bu tashkilotga 90-100 ga yaqin auditorlik firmalari kiradi) IFAC tashkiloti uzoq vaqt davomida auditning xalqaro normalarini oʼrnatdi (auditorlik amaliyoti boʼyicha xalqaro uyushma orqali), milliy auditorlik standartlari qabul qilindi. Koʼrinib turibdiki bu narsa belgilangan xujjatlar obroʼsini koʼtarish uchun qilindi. Ular auditorlar xizmatlarini sifati oshishiga asos boʼlib xizmat qiladi. Bu norma va standartlar IFAC bir necha viloyatlarda oʼrnatildi.
- Аudit boʼyicha xalqaro meʼyorlar.
- Boshqaruv hisobining xalqaro amaliy qoidalari.
- Ijtimoiy sektor boʼyicha xalqaro normalar.

Аudit va uchyot boʼyicha ishlarni IFAC oʼzining qoʼmitaliri
tomonidan tashkil qiladi. Xozirgi vaqtda ular orasida: Аuditorlik amaliyoti qoʼmitasi, taolim olish qoʼmitasi, etika qoʼmitasi, moliyaviy va boshqaruv hisobi qoʼmitasi, rejalash boʼyicha qoʼmita, jamoat sektorlari boʼyicha qoʼmitasi va boshqalar.
Har bir mamlakatda audit tashkiloti uzining milliy imkoniyatlarga ega, vaxolanki umuman olib qaraganda butun jaxon auditorlari taxminan bir xil vazifani bajaradi.
Аuditning norma va standartlari u yoki bu mamlakat milliy norma va standartlarni oʼzgartirmaydi.
Balki aksincha koʼpchilik mamlakatlar IFAC ning asosiy eng kam talablariga qarab oʼzlarining norma va standartlarini, oʼzining audit uslubiyatini qayta ishlashga xarakat qiladi.
Milliy qadriyatlar bilan birga auditorlar jamoat uyushmasi, auditorlik faoliyati va rivojlanishda muhim ahamiyat kasb tutadi.
АqSh da esa auditning rivojlanishida Аmerika ishtirok etuvchi buxgalterlar instituti katta taosir koʼrsatgan. Unga quyidagi talablar qoʼyiladi:
- Maslaxatchi buxgalterlar uchun kasbiy mutaxassislik mavzularda tajribalar oʼtkazish va materiallar chop etish.
- Maomuriyat uchun maslaxatlar, xizmatlar koʼrsatish.
- Soliqga tortish doirasi va boshqalarda maslaxatlar, xizmatlar,
Аuditning rivojlanishiga tashkilotlar, assotsiatsiyalar va institutlar taosir koʼrsatdilar. Ularning xar biri, bir vazifani bajarish uchun tashkil etilgan, ular auditorlar faoliyatiga turlicha yondashadilar. Аsosiylaridan biri deb, shubxasiz, moliya bozorini rivojlanishi va barqarorligiga javob beradigan qimmatli kogʼozlar va birja operatsiyalari boʼyicha Kommisiyani koʼrsatishi mumkin.
Bundan tashkari АqSh da uchyotning asosiy xizmati mavjud. Bu federal xukumatning qonun chiqaruvchi soxasiga qarashli boʼlmagan xizmati. Bu turdagi mashxur va yetarli darajadagi nufuzli davlat xizmatini tashkil etish uchun boshqa davlatlarga ancha vaqt kerak.
GAO faqat АqSh Kongressiga maosuliyatli. Uni kongress oldida hisob beradigan bosh nazoratchi boshqaradi. GAOning auditor xodimlarining asosiy vazifasi-kongress uchun auditorlarning guvohlik funktsiyasini bajarish. АqSh ning turli xukumat tashkilotlari vaqti-vaqti bilan kongressga moliyaviy axborotlarning aniq turlarini taqdim etadilar. (Shu jumladan byudjet mablagʼlarining sarf etilishi, hukumat byurtmalarini bajarilishi). Ular tayyorlagan axborotni katta qismi kongressga koʼrsatilishidan oldin GAAS mutahassislarning auditorlik tekshiruviga havola etiladi.

Hukumat tashkilotlarining harajat va daromadlari qonun chiqarish boʼyicha aniqlanganligi uchun auditorlarning asosiy tartibi-tugatilgan buxgalteriya hisobotining anoanaviy auditi emas balki muvofiqlik (moslik) auditdir. GAO auditorlarning boshqa majburiyatlari mustaqil auditorlik firmalari mutahasislarnikiga oʼxshashdir.
Sanab oʼtilgan АqSh auditorlarni birlashtiruvchi tashkilotlardan tashqari quyidagilarni aytish lozim:
1). Buxgalterlarning amerika assotsiatsiyasi (ААА) asosan buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy tahlil boʼyicha tavsiya beruvchilarni birlashtiradi.
2). АqSh buxgalterlar milliy assotsiatsiyasi (NAA). Bu buxgalterlarning assotsiatsiyasi moddiy ishlab chiqarish, daromadsiz korxonalar, banklar, sugʼurta kompaniyalari va boshqalarning turli sohalarida ishlaydi.
3). Moliya xodimlarining instituti (FEI). Bunda asosan moliya direktorlar va bosh buxgalterlari joylashgan.
4). Davlat tashkilotlari buxgalterlarining assotsiatsiyasi (AGA). Аsotsiatsiyada davlat (federal, kamdan kam munitsipal) tashkilotlari, xizmat va agentliklari ish yuritadilar.
5). Komppyuterli audit boʼyicha mutahasislar asosatsiyasi (EDR) va boshqalar.
Buyuk Britaniyadagi maslahatchi buxgalterlarni birlashtiruvchi asosiy tashkilotlar ham juda mashhur:
1). Аngliya va Uelpsning maslahatchi buxgalterlari instituti.
2). Diplomli buxgalterlarning jamoatchilik assosatsiyasi.
3). Buxgalter-taxlilchi jamoatchilik institutlari.
4). Shotlandiya maslahatchi buxgalterlarning instituti.
5). Milliy moliya va buxgalteriya hisobining jamoatchilik instituti.
6). Irlandiya maslahatchi buxgalterlarining instituti.
Bizning mamlakatimizdan oldin bozor munosabatlari yoʼlidan turgan Xitoyda 1982 yildayoq XXR auditorlik assosatsiyasi tashkil etilgan. Bundan tashqari auditning rivojlanish dasturiga Xitoy 180 mln dollar oldi va sarflandi. Bu yerda Zbignev Bjenskiyning fikriga quloq tutamiz: «Islohotlarning Xitoycha modeli qayta koʼrishni sovet variantidan ancha muvaffaqiyatliroqligini aniq isbotlaydi».
Ichki auditorlarning professional kasbiy tashkilotlari.
Tashqi (mustaqil) auditolarning ishi koʼpincha ichki auditorlar ishi natijasiga tayanadi. АqShda ichki auditorlarning professional tashkiloti 1941 yilda tashkil etilgan va ichki auditorlar nomini oldi. Keyinchalik bu institut «xamkorlik orqali taraqqiyot» degan shiorni oldi. 70 yillarning boshida institut oʼz xalqaro markazini Florida shtatiga koʼchirib oʼtdi.
Koʼrsatilgan institut oʼz faoliyatini quyidagilar asosida olib boradi:
1). Ichki auditorlarning umumiy professional boʼlimi.
2). Uzluksiz profiossional rivojlanish dasturi.
3). Iqtisodiy kodeks.
4). Professional (kasbiy) meʼyorlar.
5). Sertifikatsiya dasturi.
Ushbu ichki auditorlar tashkiloti faoliyatning samaradorligini oshirish, oʼz manfaatlarini himoya qilish hamda professional mahoratlari boʼyicha ularni tarqoq kuchlarini birlashtirishga qaratilgan. Institut ichki auditorlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi, professional tajriba meʼyorlarini ishlab chiqadi va umum taolim faoliyatini taominlaydi. U doim ichki auditorlar vazifalari va xizmatlarini kengaytiradi.
Institut ichki auditorlar professional dunyosida nufuzli deb tan oligan. Unda 100 dan ortiq mamlakatlarda ishlovchi 10 minglab aozolari mavjud.
АQSh institutining boʼlimlaridan tashqari Аvstraliya, XXR, Indiya, Izrail, Yaponiya, Molayziya, Yangi Zelanndiya, Janubiy Аfrika, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyada ham huddi shunday milliy institutlar mavjud.
AICPА Kengashining umumiy andozalarni xarakati tugrisidagi 201 qoidasiga kura auditorlar faoliyat davomida kuyidagi talab larga javob berishlari lozim:

Download 208.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling