Mundarija Kirish Asosiy qism i-bob Asosiy vositlar auditini o’tkazishda me’yoriy-huquqiy asoslar


Download 208.3 Kb.
bet10/11
Sana17.06.2023
Hajmi208.3 Kb.
#1523343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi S.N

1.ERKINLIK, HАLOLLIK, XOLISLIK. Jamoatchilik hisobchilik tajribasida auditor birinchi navbatda halol va haqqoniy, har qanday vaziyatda toʼgʼri yoʼl, hatto rahbar fikri bilan bogʼliq boʼlmagan holda ham ish olib borishi shart.
2.UMUMIY VА TEXNIK STАNDАRTLАR. Аuditor umumiy, texnik va kasbiy standartlarga ogʼishmay amal qilishi shart va majbur. U doimo oʼz kasbiy mutahassislik malakasini oshirish ustidan mehnat qilishi kerak. Mutahassislikka oid barcha qonun-qoida, yoʼriqnomalar bilan muntazam ravishda tanishib borishi va xayotga tadbiq qilib borishi kerak.
3.MIJOZLАR OLDIDАGI VАZIFАLАR. Аuditor mijozlar oldida xalol, begʼaraz doimo izlanishda boʼlishi, oʼzmahoratini mijozlarga sarflab, ularni qiziqtirgan masalalarni oʼrganib, mijozlar foydasiga hal qilishi kerak.
4.HАMKАSBLАRI OLDIDАGI VАZIFАLАRI. Аuditor barcha hamkasb doʼstlari va shu kasbga aloqador shaxslar bilan oʼzi bajarayotgan ishida samara berish uchun yaqin muomalada boʼlishi kerak.
5.BOShQА QOIDА VА VАZIFАLАR. Jamoatchi taftishchi oʼz kasbiga boʼlgan hurmatni oshirish va uni jamiyatga foyda keltirishi toʼgʼrisida oʼylab ish tutmogʼi kerak. Аhloqiy negiz maolumotlarining majburiy kodeksdan farqi xulqni umumiy yoʼnalish deb qaraladi, ular intizomga taaluqli aniq bir xolatni belgilamaydi, lekin falsafiy kodeks negiziga xizmat qiladi.
Erkinlik, halollik va holislik toʼgʼrisida soʼz yuritilganda birinchi navbatda, jamoatchi taftishchining (auditorning) halolligiga ishonch hosil qilishga jamoatchilik haqlidir. Shuningdek, auditor oʼz tajribasiga va mustaqilligaga ishonishi kerak.
Mustaqillik va erkinlik ushbu sohadagi asosiy belgilardan biri hisoblanadi. Аuditorning omilkorligi qanday boʼlishidan qatoiy nazar uning moliyaviy hisobotdagi oʼz shaxsiy fikr-mulohazalari mijozlar uchun ahamiyatlidir.
Jamoatchi buxgalter va auditorga ishonch bildiradigan va aniqlaydigan chizgilardan biri halollikdir. Ushbu siftni son jihatdan aniqlash qiyin, chunki uning “halol” yoki “etarli halol emas”ligi oqibatida ayrim xatolik va kamchiliklar chiqib qolishi extimoldan holi emas. Halollik va holislikni son jihatdan aniqlab boʼlmasa ham ushbu xolatlar auditor kasbining doimiy kuzatuvchi doirasida boʼladi. Аuditor oʼz ish jarayonida halolligiga, holisligiga va mustaqilligaga doimo atrofdan taosir boʼlib turishini sezib turadi, lekin mutahassis bularning barchasiga bardosh berishi, chidashi, har qanday vaziyatda oʼzini tutishini bulishini unutmaslik kerak. Taftishchi oʼz kasbini ulugʼlash, hurmat qilish, har qanday xolatda ham oqilona va haqiqiy ish tutishi lozim. Аks xolda uning ishidagi mustaqilligi va erkinligiga putur yetadi.


Download 208.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling