Mundarija Kirish. Asosiy qism: I bob. Ishchi kuchi bozori mohiyati va uni tartibga solishning nazariy asoslari


(1-jadval) O’zbekiston Respublikasi aholisining tabiiy harakati ko’rsatkichlari to’g’risidagi ma’lumot


Download 0.59 Mb.
bet3/12
Sana05.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1432304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi

(1-jadval)
O’zbekiston Respublikasi aholisining tabiiy harakati ko’rsatkichlari to’g’risidagi ma’lumot




1991-yil

2001-yil

2021-yil

soni

1000 aholi soniga

soni

1000 aholi soniga

soni

1000 aholi soniga

Jami aholi

20607.7

29123.4

35271.2

Tug’ilganlar

723.4

34.5

513.0

20.4

832.4

26.2

O’lganlar

130.3

6.2

132.5

5.3

63.4

2.6

Aholisining tabiiy o’sishi

593.1

28.3

380.5

15.1

712.4

17.9


Manba: O’zbekiton RespublikasiDavlat statistika qo'mitasi ma’lumotlari.

Mamlakatdagi yoki ayrim hududlardagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga aholining tabiiy o’sishidan tashqari ishchi kuchi migratsiyasi ham ta’sir qiladi. Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo’lib, turli omillar ta’siri ostida (masalan, ish haqi darajasidagi o’zgarishlar, ishsizlik va h.k.) ishchi kuchining bir hududdan boshqa bir hududga ко’chib o’tishini bildiradi. Migratsiya ikki darajada, ya’ni mamlakat ichida va xalqaro darajada ro’y berishi mumkin. Bir mamlakat ichida ro’y bergan migratsiya ichki migratsiya deb atalib, u quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:



  1. tugal migratsiya - aholining doimiy yashash joyini o’zgartirishi bilan bog’liq migratsiya;

  2. tebranuvchi migratsiya - ishchi kuchining bir hududdan boshqa hududga muntazam davriy ravishda qatnab ishlashi bilan bog’liq migratsiya;

  3. mavsumiy migratsiya - mavsumiy ish faoliyati bilan bog’liq migratsiya;

  4. tasodifiy migratsiya - ishchi kuchining ba’zi hollarda boshqa hududlarga borib kelishi bilan bog’liq migratsiya.

Mamlakatimizdagi migratsiya savdosi 2021-yilda 1.7mln kishini tashkil etgan, ya’ni immigratsiya miqdori emigratsiyaga nisbatan yuqoriroq bo’lgan.
Ishchi kuchi migratsiyasi shunchaki ro’y bermay, uning negizida ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy sabablar yotadi. Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy vazifasi sifatida mamlakat bo’ylab mehnat resurslari samarali taqsimlanishini ta’minlash, ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif nisbatini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu vazifaning amalga oshishi natijasida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi oshadi.
Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi aholi turmush darajasini oshirish, inson omilining ijtimoiy hayotdagi roli va mavqeini yanada yuksaltirishdan iborat.
Ishchi kuchini takror hosil qilish uning to’la va samarali ish bilan band bo’lish muammosini ham o’z ichiga oladi. Ish bilan to’la band bo’lishni mutlaq ma’noda tushunmaslik kerak. Birinchidan, ishsizlikning ma’lum darajasi iqtisodiyot uchun me’yordagi hoi hisoblanadi. Ikkinchidan, ish bilan to’la band bo’lish mehnatga layoqatli barcha kishilar albatta umumlashgan (davlat va jamoa korxonalarida) ishlab chiqarishga jalb etilishi zarurligini anglatmaydi. Ulaming bir qismi o’zini oilada xizmat ko’rsatishga, bolalar tarbiyasiga, shuningdek, xususiy korxonalar va shaxsiy yordamchi xo’jalikda mehnat qilishga, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug’ullanishga bag’ishlashi mumkin. Uchinchidan, ish bilan to’la band bo’lish uning samaradorligi bilan, mehnat resurslaridan g’oyat oqilona foydalanish bilan qo’shib olib borilishi kerak.
Davlatlar o’rtasida ro’y bergan migratsiya tashqi (xalqaro) migratsiya deyiladi. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi uzoq tarixga ega bo’lsada, faqatgina
XX asrga kelib ishlab chiqarish omillari harakatining yetakchi ko’rinishlaridan biriga, binobarin xalqaro iqtisodiy munosabatlaming alohida sohasiga aylandi.
Buni quyidagi sabablar bilan bog’lash mumkin:
- xo ’j alik hayotining baynalmilallashuvi;
- ijtimoiy-demografik o’zgarishlar;
- fan-texnika va axborot sohasidagi inqilob; - integratsiya jarayonlarining rivojlanishi; - transmilliy korporatsiyalar faoliyati.
Bu barcha omillar mehnatga layoqatli aholining harakatchanligini kuchayishiga sababchi bo’ldi, zero insonlar mamlakatlar va qit’alararo ko’chish uchun rivojlangan kommunikatsiya infratuzilmasidan foydalanishadi. Hozirgi kunga kelib jahon ishchi kuchi bozori (JIKB) vujudga keldiki, bu bozor asosini milliy xo’jalik tizimlari va jahon iqtisodiyoti doirasida ishlab chiqaruvchi kuchlaming darajasi, tabiati va joylashuviga sezilarli ta’sir etuvchi iqtisodiy faol aholining mamlakatlar va hududlar o’rtasida jami migratsiya aylanmasi tashkil etadi. XX asming oxiriga kelib mehnatkash-migrantlarning bir yildagi o’rtacha miqdori 35 mln. kishiga yetdi. JIKB faqatgina migrantlami emas, balki turli darajadagi migratsiya xizmatlarini, shuningdek, xorijiy mehnatkashlar xuquqiy statusi, ulaming mehnatini himoyalash, ularga ijtimoiy kafolatlar berish va boshqa masalalar bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilotlarni ham o’z ichiga oladi.
Mazkur mavzuda aholining ko’chishi jarayonlari ichida ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlar keltirib chiqargan mehnat migratsiyasi to’g’risida so’z boradi. Fuqarolami o’z vatanidan tashqarida ish qidirishga majbur etuvchi omillar ichida eng asosiysi turmush darajasini yaxshilash va o’z qobiliyatlaridan unumli foydalanishga intilishlari hisoblanadi. Ayni paytda ishsizlik, qishloq xo’jaligida aholining ko’payib ketishi kabi salbiy ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar xam yashash joyini vaqtincha yoki doimiy o’zgartirishga sababchi bo’ladi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling