Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob Jaxon xo’jaligi va Xalqaro iqtisodning asosiy mohiyati
Download 0.69 Mb.
|
Jahon xo\'jaligining tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy integratsiya shakllanishining shart-sharoitlari va rivojlanish bosqichlari.
maqsadi va bosqichlari
Tahlillar ko‘rsatishicha, XII quyidagi obyektiv omillar va sabablarga asoslanadi: - xo‘jalik hayoti baynalmilallashuvining o‘sib borishi; - xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi; - umumjahon ilmiy-texnika taraqqiyotining o‘ziga xosligi; - milliy iqtisodiyotlar ochiqlik darajasining ortishi; - integratsiyalashayotgan mamlakatlarda daromadlarning ortishi; - yangi savdo oqimlarining paydo bo‘lishi; - ishlab chiqarish xarajatlari, tovarlar va xizmatlar narxining pasayishi tufayli iqtisodiy farovonlikning o ‘sishi; - integratsion birlashmaga a ’zo mamlakatlaming uchinchi mamlakatlarga nisbatan iqtisodiy pozitsiyasining mustahkamlanishi; - mintaqada siyosiy hamkorlikning rivojlanishi va integratsion birlashmaga a’zo mamlakatlaming uchinchi mamlakatlarga nisbatan siyosiy poziyatsiyasining mustahkamlanishi. Iqtisodiy integratsiya shakllanishining shart-sharoitlari va rivojlanish bosqichlari. Iqtisodiy integratsiya shakllanishining shart-sharoitlari quyidagilardan iborat: - integratsiyalashayotgan mamlakatlarning iqtisodiy tarqqiyot darajasi va bozor munosabatlari rivojlvnish darajasining yaqinligi. Aksariyat hollarda mamlakatlararo integratsiya sanoat jihatdan taraqqiy etgan yoki rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida rivojlanadi; - integratsiyalashayotgan mamlakatlarning geografik yaqinligi, aksariyat hollarda umumiy chegara va tarixan shakllangan iqtisodiy aloqalaming mavjudligi. Dunyodagi integratsion birlashmalaming aksariyati geografik jihatdan bir-biriga yaqin joylashgan, chegaradosh, transport aloqalariga ega bo‘lgan, ko‘pincha bir tilda so‘zlashadigan qo‘shni mamlakatlardan boshlangan; - integratsiyalashayotgan mamlakatlar oldida turgan iqtisodiy va boshqa muammolaming umumiyligi. Iqtisodiy integratsiya mamlakatlar oldida turgan aniq muammolar to‘plamini hal qilishga mqaratiladi; - ustunlikni namoyish qilish samarasi. Integratsion birlashmalami tuzgan mamlakatlarda, odatda ijobiy iqtisodiy o'zgarishlar (iqtisodiy o‘sish sur’atlarining tezlashuvi, inflatsiyaning pasayishi, ish bilan bandlikning o‘sishi va boshqalar) sodir bo‘ladi va ushbu holat o ‘zgarishlami kuzatib borayotgan boshqa mamlakatlarga muayyan ruhiy ta’sir ko‘rsatadi; - «domino samarasi». Mintaqa mamlakatlarining ko‘pchiligi integratsion birlashmaga a ’zo bo‘lgan holda birlashma doirasidan chetda qolgan mamlakatlar ayrim iqtisodiy muammolarga duch kelishadi. Bu muammolar mazkur guruhga kiruvchi mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining uzviyligi bilan bog'liq. Bu ko‘pincha, integratsiya doirasidan tashqarida qolishdan qo‘rqib, iqtisodiy birlashmaga kirmasdan chetda qolgan mamlakatlar bilan savdoni qisqartirishga olib keladi. Jahon iqtisodiyotida shakllanayotgan va rivojlanayotgan integratsion birlashmalar o ‘z oldiga quyidagi vazifalami qo‘yadilar: 1. Keng ko‘lamli iqtisodiyot afzalliklaridan foydalanish. Keng ko‘lamli iqtisodiyot nazariyasi asosida bozorlar hajmini kengaytirish. transaksion xarajatlarni kamaytirish va boshqa qator afzalliklardan foydalanish. Bu, o‘z navbatida, katta hajmdagi bozorlarga kata ishtivoq bilan kirib keladigan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalami jalb qilishga bevosita imkon beradi. 2.Qulay tashqi siyosiy muhitni yaratish. Aksariyat integratsion birlashmalaming maqsadi ularda ishtirok etuvchi mamlakatlaming siyosiy, harbiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda bir-birini tushunishi, hamkorligini mustahkamlashdir. 3.Savdo siyosatidagi vazifalami hal qilish. Mintaqaviy integratsiya, ko‘pincha, GATT/JST doirasida ishtirok etayotgan mamlakatlaming muzokarasi nuqtayi nazaridan olib qaraladi. Mamlakatlar bloki nomidan bildiriladigan bayonot jiddiy masala hisoblanadi va savdo siyosati sohasida kutilgan natijalarni beradi. 4.Iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishga ko‘maklashish. o‘z milliy iqtisodiyotini integratsiya jarayonlariga qo‘shar ekanlar, rivojlanganroq davlatlar ham o‘sha mamlakatlardagi to'laqonli va kata hajmli bozorlami yaratish hamda ulardagi bozor islohotlarining rivojlanishidan manfaatdor boladi. Yelning u yoki bu shakliga qo'shila turib, ko‘plab G'arbiy Yevropa mamlakatlari mazkur maqsadlami ko‘zlagan edi. 5.Milliy sanoatning yosh sohalarini qo‘llab-quwatlash. Integratsion birlashmalar uchinchi mamlakatlarga nisbatan kamsituvchi chora-tadbirlarni qo'llamagan hollarda ham mahalliy ishlab chiqaruvchilarni faoliyati uchun kengroq mintaqaviy bozor ochiladigan qo‘llab-quwatlovchi usul sifatida qaraladi. Tarixan integratsion jarayonlar o‘z rivojlanish bosqichlariga ega. Ulaming har biri uning rivojlanishining ma’lum darajaga yetganligini ifoda etadi. Integratsion guruhlar tipologiyasining asoslari ishtirokchi mamlakatlar milliy iqtisodiyotining makro va mikro darajada o‘zaroyaqinlashishi hamda bir-biriga iqtisodiy jihatdan qanchalik chuqur kirib borishini baholashda namoyon bo‘ladi (16.2.1-jadval). Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling