Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob. Poya o’simlik tayanch organi
Bir va ikki pallali o’simliklar poyasining hamda ko’p yillik daraxtsimon o’simliklar poyasining anatomik tuzilishi
Download 113.96 Kb.
|
Poyaning birlamchi ichki tuzulishi va axamiyati
Bir va ikki pallali o’simliklar poyasining hamda ko’p yillik daraxtsimon o’simliklar poyasining anatomik tuzilishi.
Poya o’simiklarning asosiy organlardan biri bo’lib tashqi ko’rinishi nixoyatda xilma xil poyaning asosiy funksiyasi o’simlik shox shabbasi ko’tarib turish va suv xamda unda erigan mineral moddalarning ildizdan barglarga,barglardagi plastik moddalarni ildizga o’tkazishdan iborat.Xar hil o’simliklarning poyasining shakli,uzun qisqaligi xilma xil bo’ladi yumaloq,silindirsimon,yassi,va ko’p qirrali poyalar bor.G’alladosh o’simliklarning yumaloq va ichi xavol poyasi poxol poya deyiladi.O’simliklar poyasining sirti xam juda xilma xil bo’lib,uzunligi bir necha millemetrdan bir necha o’n xatto yuz metrgacha yetadi.Qarag’ay va qoraqarag’ay tanasining balandligi 50 m gacha,oqqarag’ayni 70 m ga amerika mamont yoki sekvoyaniki 140 m ga yetadi.Bir yillik o’simliklar o’z xayot siklini bir yilda tugallaydi masalan:g’alla – donlar,kungaboqar va boshqalar ikki yillik o’simliklar xayot siklini birinchi yili tugallamay ikkinchi yil xam davom etadi.Birinchi yili ular to’pbarg yoki qisqargan poya xosil qiladi,ikkinchi yili poya chiqarib gullaydi,sabzi karam,sachratki,lavlagi,karam.Ko’p yillik o’t o’simliklarning xayot sikli bir necha yil davom etadi, beda sebarga. Xar qanday gulli o’simliklarning poyasi ildiz singari o’sish nuqtasi yoki o’sish qonusi deb ataladigan uchidan yuqoriga qarab o’sadi.Bir pallai o’simlar poyasining ichi zich to’q bo’lsa bazi turlarniki kovak bo’ladi.Makkajo’xori poyasining tashqi yuzasi epidermis bilan qoplangan bo’lib uning ostida mexanik to’qimaning tutash xalqasiqalin devorli yog’ochlashgan va o’lik prozenxima xujayralardan iborat sklerinxima joylashadi.Sklerinxima ostida yupqa devorli yumaloq va tirik xujayralardan xosil bo’lgan asosoiy parenxima joylashgan.Asosiy parenximaning markaziy qismidan tashqari xamma joyida yopiq tolalai naychalar bog’lami tartibsiz ravishda yoyilgan bo’lib ular o’tkazuvchi mexanik to’qimalar bilan asosiy to’qimaning o’zaro bog’langan sistemasidan iborat.Bir pallai o’simliklar poyasining markazida parenxima yupqa po’stli o’lik xujayralaridan tashkil topgan o’zak bo’ladi. Ikki pallali o’simliklar poyasi birlamchi yo’g’onlashib bo’lgandan keyin ikkilamchi xosil qiluvchi to’qima – kambiy xisobiga ikkilamchi yo’g’onlasha boshlaydi.Ko’p yillik ikki pallali o’simliklar poyasining to’imalari dastlab bir pallali o’simliklardagi singari birin ketin xosil bo’ladi.Ikki pallali o’simliklarning birlamchi yog’ochligi naychalari mayda va radial joylashgan bo’lishi bilan bir pallalilardan farq qiladi.Bir va Ikki pallali o’simliklarning birlamchi lubi bir biridan farqq qilmidi birlamchi yog’ochliq xujayralari markazdan chetga qarab,birlamchi lub esa aksincha chetdan marka tomon xosil bo’ladi.Biroq ikki pallali o’simliklar prokambiy xujayralaining xammasi yog’ochliq va lubga aylanmay balki ikkilamchi xosil qiluvchi to’qima - kambiyni xam prokambiy xosil qiladi.Ikki pallali o’t o’simliklar poyasining yo’g’onlashuvi gul va mevalar xosil bo’lish vaqtiga kelib to’xtidi,chunki bu vaqtda kambiy nobud bo’ladi.Daraxt va butalarning kambiy qatlami esa o’simlik organizmining butun xayoti davomida ishlayveradi.Qarri daraxtlarning po’kak kambiysi ikkilamchi lub xujayralardan xosil bo’ladi.Kambiy qayerda bo’lmasin tashqi tomonga qarab po’kak qatlami,ichkariga qarab felloderma ajratadi.Baxorda kurtaklar yozilgan paytda kambiy yupqa devorli naychalari ko’p bo’lgan ancha yirik yog’ochliq elementlarini xosil qiladi.Kuzga borib kambiyning ishi asta sekin susayadi,qishda kambiy butunlay to’xtaydi.Shuning uchun kuzgi mayda xujayrali yog’ochlik bilan baxorgi yirik xujayrali yog’ochlik o’rtasida aniq chegara paydo bo’ladi bu yillik xalqa deb ataladi. Download 113.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling