Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob. Poya o’simlik tayanch organi


Yer ustki shakli o`zgargan novdalar


Download 113.96 Kb.
bet6/16
Sana31.01.2024
Hajmi113.96 Kb.
#1829690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Poyaning birlamchi ichki tuzulishi va axamiyati

Yer ustki shakli o`zgargan novdalar. O`simliklarning yer usti novdalari ham o`z shaklini o`zgartirib, ma`lum bir funktsiyalarni bajaradi. Bunday novdalar bir necha xil bo`ladi.
Tikan. Asosan qurG’oqchilik zonalaridagi o`simliklarda ko`pincha tikanning borligini ko`ramiz. Bunday tikanlar novdaning morfologik belgisi bo`lmasdan, balki shakli o`zgargan organlar hisoblanadi. Agar tikan novdaning barg qo`ltiG’idan chiqsa, shakli o`zgargan novda bo`ladi, chunki barg qo`ltiG’ida faqat kurtak bo`lib, bu kurtakdan yon novda yoki gul hosil bo`lishi kyerak. Lekin ularning o`rniga tikan o`sib chiqadi. Ayrim o`simliklarda (masalan, yantoqda) tikandan kurtak rivojlanib gul va meva tugadi. Tikanning bunday belgilari yantoqda shakli o`zgargan novda ekanini isbotlaydi. Do`lana, yovvoyi nok, anor kabi o`simliklarda ham tikan bor. Demak, o`simliklar suvni kam buG’lantirish uchun yon novdalarini qisqartirib tikanga aylantirgan. Tikan esa o`z navbatida o`simliklarni hayvonlarga em bo`lishidan saqlaydi. Jingalak. Ayrim o`simliklarning yon novdalari metamorfozga uchrab, jingalaklar hosil qiladi. Jingalak asosan ayrim liana o`simliklarda bo`ladi. Bunday o`simliklar jingalaksiz o`z gavdasini tik tutolmaydi. Tok, qovoq, bodring kabi o`simliklarda ana shunday jingalaklar bo`lib, ular shakli o`zgargan novdalar hisoblanadi.
Gulli o`simliklarning har qanday poyasi uchidagi kurtak bilan o`sadi. Ma`lumki, kurtakning uchida o`sish nuqtasi yoki konusi bo`ladi. Ularni boshlanG’ich bargchalar yoki qalin tukli qobiqlar (qishda) o`rab turadi. O`sish konusida birlamchi hujayralar hosil qiluvchi to`qima joylashgan bo`lib, birlamchi myeristema deb ataladi. Birlamchi myeristemaning yirik yadroli hujayralari vokuolasiz, lekin hujayra po`sti yupqa tsellyulozadan iborat. Poyalar shunday tuzilishga ega bo`lgan hujayralar yordamida uzoq muddatgacha nobud bo`lmaydi. O`sish konusidagi birlamchi myeristema hujayralari ikkita kompleks hujayralardan tashkil topgan. O`sish konusining yuza qismida joylashgan bir yoki bir necha qavat hujayralar tunika deb ataladi. Tunika hujayralari poya yuzasiga nisbatan parallel bo`linadi. Uning ostida korpus deb ataladigan hujayralar mavjud va ular barcha yo`nalishda bo`linadi. Korpus hujayralarini o`rab olgan tunika hujayralardan birlamchi qoplovchi to`qima - epidyermis yoki birlamchi po`stloq hosil bo`ladi. Korpus hujayralarining bo`linishidan esa boshqa doimiy to`qimalar rivojlanadi. O`sish konusidagi hujayralarning bo`linishi, uning tashqi tunika va korpus hujayralarining bir qismini egallab olgan qavatlarida yuz byeradi. Natijada hujayralardan do`mboqchalar (bargning boshlanG’ich tuzilishi) hosil bo`ladi. Keyinchalik esa ulardan haqiqiy barglar o`sib chiqadi. BoshlanG’ich bargchaning tashqi qismidagi hujayralar ancha tez bo`linadi. SHuning uchun ham barg ichkariga egilib, o`sish nuqtasini o`rab turadi.
Birlamchi myeristema hujayralarining bir qismi cho`zilib prokambiy hujayralariga aylanadi. Prokambiy hujayralari cho`ziq, o`tkir uchli va yupqa tsellyulozali po`stdan iborat, ichida yirik yadroli sitoplazmaga ega. Prokambiy hujayralari uzunasiga ham bo`linadi. Bir pallali o`simliklarda prokambiyning markazga yaqin hujayralardan birlamchi ksilema, chetdagi ikkinchi hujayrasidan esa birlamchi lub hujayralari hosil bo`ladi va shu bilan prokambiy hujayralari tugaydi.

Download 113.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling