Mundarija: Kirish Asosiy qism Sanoat binolarining devorlari Sanoat binolarining ora yopmalari (pol)


SANOAT BINOLARINING ORA YOPMALARI (POL)


Download 49.59 Kb.
bet3/7
Sana24.12.2022
Hajmi49.59 Kb.
#1054642
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SANOAT BINOLARINING KONSTRUKTIV ELEMENTLARI

2.SANOAT BINOLARINING ORA YOPMALARI (POL)
Devor va ora yopmalarni yoki binoning bir qismini bir vaqtning o‘zida betonlash uchun, hajmdor-ko‘chiriladigan qolipdan foydalaniladi. SHu maqsadlar uchun gorizontal ko‘chiriladigan, jumladan vertikal, gorizontal va yotiq yuzalarni betonlash uchun sirpanuvchi qolip qo‘llaniladi. Ajratib-qayta o‘rnatiladiganmayda shchitli qolip kichik o‘lchovli yuzasi 3 m2 gacha va massasi 50 kg gacha bo‘lgan elementlar to‘plamidan tashkil topadi, bu esa ularni qo‘lda o‘rnatish va qismlarga ajratish imkonini beradi. Qolip elementlardan yirik panellarni va bloklarni yig‘ish mumkin. Ularni qismlarga ajratmay kran yordamida montaj va demontaj qilish mumkin. Qolip unifikatsiyalashgan bo‘lib, turli xil doimiy, o‘zgaruvchan va qaytariluvchi o‘lchovlarga ega monolit konstruksiyalar uchun qo‘llanilishi mumkin. Unifikatsiyalashmagan kichik hajmdagi konstruksiyalarni betonlash uchun bu qolipni ishlatish juda ham maqsadga muvofiqdir.
Yirik shchitli qoliplar – biriktiruvchi elementlar va katta o‘lchamdagi shchitlardan tashkil topgan. Qolip shchitlari barcha texnologik og‘irliklarni qo‘shimcha ko‘taruvchi va ushlab turuvchi elementlar o‘rnatilmagan holda qabul qiladi. Bu qoliplar, uzun devorlarni, ora yopmalarni va tunnellarni betonlashda qo‘llaniladi. SHchit o‘lchami betonlanayotgan konstruksiya o‘lchamiga teng: devor uchun – xona balandligi va eni, ora yopma uchun – ora yopma uzunligi va eniga teng. Katta maydondagi yopmalarni betonlaganda, bir smena davomida betonni konstruksiyaga joylashtirish va zichlash mumkin bo‘lmasa, yopma xaritalarga bo‘linadi. Xaritani o‘lchamlari texnologik reglament asosida berilib, ularni chegara qismlarida keyingi xaritalar bilan yaxshi bog‘lanishi uchun yacheykasi 10×10 mm qalinligi 2...4 mm li metall to‘r o‘rnatiladi. Yirik shchitli qoliplarni devorlari va pardadevorlari monolit, ora yopmalari yig‘ma bo‘lgan binolarda qo‘llash tavsiya etiladi. Yig‘ma ajratib-ko‘chiriladigan yirik shchitli qoliplar ko‘ndalang kesim yuzasi o‘zgaruvchan konstruksiyalarni betonlashda ham qo‘llaniladi (siloslar, tutun quvurlari, gradirnyalar).
Blokli qolip – bu xajmdor-ko‘chiriladigan qolip, oraliq tom yopmasini barpo etmasdan bino yacheykasini konturi bo‘ylab, uchta yoki to‘rtta devorni bir vaqtni o‘zida barpo etishga mo‘ljallangandir. Qolip alohida bloklardan montaj qilinadi va ular orasidagi masofa barpo etiladigan devorlarni qalinligiga teng. Ichki va tashqi devorlari monolit yuk ko‘taruvchi va yopmalari yig‘ma bo‘lgan binolarga kombinatsiyalashgan variant: tashqi devor yuzalariga − yirik shchitli qolip, ichki yuza va devorlar uchun – blokli, vertikal ko‘chiriladigan va chiqarib olinadigan qolip tavsiya etiladi.
Blok-forma fazoviy berk bloklardan tashkil topgan bo‘lib: bo‘laklarlarga bo‘linmaydigan va bikir, bo‘laklarga bo‘linadigan yoki suriladiganlarga (ochiladigan) bo‘linadi. Blok-formalar hajmi uncha katta bo‘lmagan berk konstruksiyalarni vertikal va gorizontal yuzalarni betonlash uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari – devorlarni hajmdor elementlarini, lift shaxtalarni, aloxida turuvchi poydevorlarni, ustunlarni betonlashda xam foydalaniladi.
Hajmli-ko‘chiriladigan qolip “P” ko‘rinishidagi seksiyalardan tashkil topgan gorizontal chiqarib olinadigan yirik o‘lchovli blok bo‘lib, bir vaqtni o‘zida devor va qavatlar aro tom yopmalarni betonlashga mo‘ljallangan. Qolipni ko‘chirishda seksiyalar ichkariga suriladi va keyinchalik kran bilan ko‘tarib olish uchun oraliqqa dumalatilinadi. Bu qoliplar turar joy va fuqaro binolarini ko‘ndalang yuk ko‘taruvchi devorlari va qavatlararo tom yopmalarni betonlashda qo‘llaniladi. Ushbu turdagi bo‘ylama ko‘chiriladigan qolip bo‘ylama yuk ko‘taruvchi devorlari monolit va yopmalari monolit temirbetondan bo‘lgan binolarda ham qo‘llanilayapti.
Planda oddiy ko‘rinishga ega, qavatlari katta yuzali, fasad yuzasi tekis binolarda hajmli-ko‘chiriladigan qoliplarni – tunnelli, vertikal va gorizontal ko‘chiriladigan qoliplari tavsiya etiladi.
Tunnelli qolip – hajmdor-ko‘chiriladigan qolip, bir vaqtni o‘zida binoning ikkita ko‘ndalang bitta bo‘ylama devorini va ular ustiga qavatlar ora yopmalarni betonlashga mo‘ljallangan. Tunnel ikkita qarama-qarshi turgan yarim tunnellarni vertikal va gorizontal shchitlarini tez yechiladigan qulflar bilan bog‘lash hisobiga hosil qilinadi. Bu turdagi qoliplar, ichki devorlari monolit, monolit yopmali va fasad panellari osma bo‘lgan binolarni barpo etishda keng qo‘llaniladi.
Gorizontal ko‘chiriladigan (suriladigan) qolip – gorizontal uzun konstruksiyalar va inshootlarni hamda kesimi berk katta perimetrli konstruksiyalarni betonlash uchun muljallangan.
Sirpanuvchi (sirg‘anuvchi) qolip – baland bino va inshootlarni devorlarini betonlash uchun qo‘llaniladi. Bu qolip fazoviy shaklga ega bo‘lib, devor perimetri bo‘ylab o‘rnatiladi va betonlash maromiga qarab gidrodomkratlar yordamida ko‘tarib boriladi.
Pnevmatik qolip – egiluvchan, inshoot o‘lchamlari bo‘yicha bichilgan havo o‘tkazmaydigan qobiq. Qolip ish xolatiga o‘rnatilib , uni ichkarisida havo yoki boshqa gaz yordamida ortiqcha bosim hosil qilinadi va betonlanadi. Bu turdagi qolip hajmi nisbatan katta bo‘lmagan egri chiziqli ko‘rinishdagi inshootlarni betonlashda qo‘llaniladi.
Ko‘chirib olinmaydigan qolip – konstruksiyalarni qolipi ko‘chirilmaydigan, pardoz qoplamasiz hamda issiqlik izolyatsiyasi va gidroizolyatsiyasizli barpo etishda qo‘llaniladi. Beton ishlarini bajarganda qolip sistemalarining quyidagi yordamchi elementlari qo‘llaniladi:
Osma so‘rilar – maxsus so‘rilar, devorlarga fasad tarafidan kronshteyn yordamida osiladi. Kronshteynlar devorlarni betonlash chog‘ida qoldirilgan teshiklarga mahkamlanadi.
Dumalatib chiqariladigan so‘rilar – tunnel qoliplarni yoki demontaj qilingan yopma qoliplarni dumalatib chiqarish uchun mo‘ljallangan surilar.
Bo‘shliq xosil qiluvchilar − maxsus qolip, monolit konstruksiyalarni shakllanishida deraza, eshik va boshqa o‘rinlarni xosil qilish uchun mo‘ljallangan.
Monolit konstruksiyalarni texnologikligini oshirishga va beton ishlarni majmuali bajarishda mexnat sarfini kamaytirishning asosiy yo‘nalishlari:
• kimyoviy qo‘shimchali yuqori qo‘zg‘aluvchanli va qo‘yma beton qorishmalarini qo‘llashga o‘tish, bu o‘z navbatida betonni tashishga, joylashtirishga va zichlashga bo‘lgan mexnat sarfini minimumgacha kamaytiradi − qo‘l mexnatini 35%, dan 8% pasayishi va bir vaqtning o’zida betonlashni jadallashtirish oshganda beton qorishmasini joylashtirish nisbiy tannarxi anchaga kamayadi;
• to‘liq tayyor armokarkaslarni qo‘llash, payvandli biriktirishdan mexanik tutashuvlarga o‘tish − mexnat sarfini 1,5... 2 martaga pasaytirish;
• maxsus antiadgezion polimer qoplamalar bilan qoplangan inventar, tozalash va moylash ishlari bajarilmaydigan modul sistemali tez ko‘chirib olinadigan qoliplarni qo‘llash;
• uzluksiz betonlashni qo‘llaydigan qolip sistemalaridan foydalanish, demontaj qilishga mexnat sarfi bo‘lmaydigan yoki kamaytiradigan ko‘chirib olinmaydigan qoliplarni qo‘llash.
Agarda, monolit temir beton konstruksiyalarni barpo etishga ketadigan mexnat sarfini 100% deb qabul qilsak, shundan qoliplarni o‘rnatishga ketgan mexnat sarfi taxminan – 45... 65%, armatura o‘rnatishga – 15... 25% va betonlashga – 20... 30% ni tashkil etadi.
Shisha-oyna sanoati - sanoatning shmishdan taxta oyna, me’morlik qurilish, optika, yorug’lik texnikasi, elektrotexnika shishalari, uy-ro’zg’or idishlari, shisha tolalar va boshqalar mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tarmog’i. Shisha ishlab chiqarish qadimdan ma’lum bo’lib, hunarmandchilik sifatida o’rta asrlarda keng tarqalgan. Rossiyada dastlabki shisha zavodi 1685 yilda ishga tushirilgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida, ayniqsa, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiyada shisha ishlab chiqarish rivojlandi. O’zbekistonda 1951 yilda Shisha-oyna sanoatis.ning dastlabki korxonasi — G’azalkent oyna zavodi deraza oynalari ishlab chiqara boshladi. 1975 yilda Farg’ona shisha idishlari zavodining birinchi navbati ishga tushirildi. Bu zdda turli sig’imdagi shisha bankalar, butilka, profilit shishasi, shisha bloklari chiqarish o’zlashtirildi.
80-yillarda Quvasoy shisha zavodida (hozirgi Quvasoy "Kvars" aksiyadorlik jamiyati) 0,5, 1, 2, 3 l li shisha bankalari, 0,5 l li butilkalar ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Mustaqillik yillarida Shisha-oyna sanoatis. korxonalarida deraza oynasi ishlab chiqarish quvvatlari 13,3 mln.m2ga yetkazildi, "Kvars" aksiyadorlik jamiyati mahsulotlari bazasida avtomobil oynalarini ishlab chiqarish, o’zlashtirildi, shisha butilkalar ishlab chiqaradigan "Farmglass" (yillik quvvati 70 mln. dona), tibbiyot ampulalari ishlab chiqaradigan "Medglass" (yillik quvvati 252 mln. dona) qo’shma korxonalari ishga tushirildi. O’zbekistonda 9982 ming m2deraza oynasi, 280,9 mln.dona shisha idishlar va butilkalar, 47,9 mln.dona tibbiyot ampulalari ishlab chiqarildi (2004). Shisha-oyna sanoatis. chet ellarda AQSH, GFR, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Belgiyada ayniqsa rivojlangan.
Derazalar va ularning konstruktiv yechimlari. Xona ichiga tabiiy
yorug'lik devordagi vertikal yoki tomlardagi gorizontal joylashgan ochiq deraza o'rni orqali tushadi.
Xonaning yoritilganlik darajasi qurilish me'yorlari va qoidalari asosida aniqlanadi. Amaliyotda turar-joy binolari uchun deraza o’rni yuzasi. xona poli maydonining 1/8—1/5 qismi oralig'ida olinadi. Shunda xona ichi yetarlicha tabiiy yoritilgan bo'ladi.
Deraza va vitrajlar xonalarni tabiiy yorug‘lik bilan ta'minlovchi asosiy konstruksiyalar bo'lib hisoblanadi. Issiqlik o'tkazmaslik, issiqlik isrofini
kamaytirish va xonaning tovush izolatsiyasini ta’minlash talab etiladi, bular derazalarga qo'yiladigan asosiy talablardan hisoblanadi.
Derazalar yog'och, metall va plastmassadan tayyorlanadi.
Derazalar ochilish yoki yopilish usuliga va konstmktiv yechimga ko'ra
tavaqali (bir, ikki va uch tavaqali), ochilmaydigan, surilib ochiladigan, tavaqalari yuqoriga yoki pastga ilingan, jalyuzali va boshqa turlarga bo'linadi
Derazalar bir qavat, ikki va uch qavat oynalangan bo'lishi mumkin. Bir qavat oynalangan derazalar issiq iqlimli rayonlarda ishlatiladi. Iqlimi
yumshoq rayonlarda joylashgan binolarda ikki qavat oynalangan derazalar qo'llanilib, bunda oynalar oralig'ida ma’lum qalinlikda havo qatlami bo'ladi.
Qattiq sovuq iqlimi rayonlarda uch qavat qilib oynalangan derazalar ishlatiladi. Deraza o'lchamlari unifikatsiyalangan bo'Iib, GOST ga muvofiq yasaladi. Deraza balandligi, odatda, bino qavati balandligidan 1100—1300 mm
kichik qilib olinadi. Bunda bir tavaqali derazalar eni eng kamida 600 mm, ikki tavaqali uchun 900, 1100 va 1300 mm va uch tavaqali derazalar uchun 1600—1800 mm qilib olinadi.
Derazalar asosan uch xil konstruktiv elementdan, ya’ni deraza romi (kesakisi), panjarasi va deraza osti taxtasidan iborat bo'ladi. Deraza kesakisi yog'och g'o'la va taxtalardan yasalib, ularga deraza panjaralari mahkamlanadi. Katta derazalarning mustahkamligini oshirish uchun ulaming kesakisi
ichidan qo‘shimcha vertikal va gorizontal taxtachalar o‘rnatiladi.
Derazaning yuqori qismida joylashgan ochilmaydigan bo‘lagi «framuga» deb ataladi. Deraza tavaqalari va framugani o‘rab turuvchi (karkas) va uni
orasida (ichida) joylashgan hamda tavaqalarni kichik turlarga ajratuvchi gorizontal va vertikal bmslar deraza panjaralari deb ataladi.
Maxsus o‘yiqlari bo'lgan deraza panjaralariga oynalar joylashtirilib, mix yoki metall bo'laklari (planka- shtampik) yordamida mahkamlanadi.
Tashqi tavaqa, framuga va «fortochka»larni ostki gorizontal karkaslari oynadan oqib tushgan atmosfera suvlarini xonadan tashqariga yo'naltirish
uchun ular nishabli qilinib, tashqi tomonga bo'rtgan bo'ladi.
Qo'sh panjarali deraza tavaqasi ochilib-yopiladigan qulay bo'lishi uchun ichki tavaqasi tomonlari tashqi tavaqa tomonlaridan 25—35 mm kichik bo'ladi.
Konstruktiv yechimga ko'ra deraza kesakisi ajraladigan va yaxlit bo'lishi mumkin.
Deraza kesakisi devorlarda deraza o'm ida qoldirilgan maxsus yog'och bmslarga mixlar yordamida qotiriladi. Kesaki bilan devor oralig'iga tuproq yoki gips loyiga bulg'angan kanop shamol va sovuq o'tmaydigan qilib tiqiladi.
Deraza qutisiga (kesakiga) chirishga qarshi ishlov berilib, uni o'rnatish paytida chor atrofiga to'l yoki mberoid o'raladi.
Qurilish maydonchasiga deraza bloklari tayyor holda keltiriladi. Qurilishda tabaqa panjaralari tutash bo'lgan derazalar keng ko'lamda
qo’llanilmoqda. Bunda tashqi va ichki derazalar panjaralari go'yo bir butun tavaqali derazadek yaqin joylashgan bo'ladi. Bunday derazalarda yog'ochni 30% tejash, narxini 10% arzonlashtirish va og'irligini 1,5 marta kamaytirish mumkin bo'ladi. Bunday derazalarning kamchiliklaridan biri xona issiqligini 25% yo'qotish hisoblanadi. Ularda oynalari orasidagi masofa 47 mm bo'Iib, deraza panjaralari bir-biri bilan burama mixlar yordamida tutashtiriladi.


Download 49.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling