Mundarija: Kirish Asosiy qism Sanoat binolarining devorlari Sanoat binolarining ora yopmalari (pol)


Download 49.59 Kb.
bet2/7
Sana24.12.2022
Hajmi49.59 Kb.
#1054642
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SANOAT BINOLARINING KONSTRUKTIV ELEMENTLARI

1.SANOAT BINOLARINING DEVORLARI
Devor — 1) bino, uyning tomini ko’tarib turuvchi yoki xonalarga ajratuvchi tik qismi. Bino va uylarda yuk tushuvchi (tomni ko’tarib turuvchi) devorga va faqat xonalarni ajratib va to’sib turuvchi — pardevorga; ichki va tashqi devorlarga bo’linadi. Devor pishitilgan loydan (paxsa devor), pishiq g’isht va xom g’ishtdan (g’ishtin devor), tosh, shlak-beton va temir-betondan (tosh devor) qilinishi, pardevor yaxlit gips plitalardan ham ko’tarilishi mumkin. G’ishtin devor yarim, bir, bir yarim, ikki g’ishtli qilib teriladi. Devorning qalin va yupqa, yig’ma va yaxlit, terilgan va urilgan xillari bo’ladi. Har qanday devor tashqari va ichkaridan har xil usulda (somon suvoq, sement suvoq, alebastr, ganch suvoq va boshqalar) suvab qo’yiladi. devor ko’zli (deraza va eshik o’rinlari tashlab ketilgan) va ko’zsiz yoki yaxlit bo’ladi; 2) biror narsaning (oshqozonning, dvigatelnuing) atrofini o’rab olgan yoki bo’limlarga ajratgan qismi (oshqozon devori, silindr devori); 3) biror yerni (masalan, hovlini), hududni o’rab olgan yoki qismlarga ajratib turgan g’ov, to’siq; paxsa, shox-shabba, taxta, temir-beton, g’ishtdan qilinishi mumkin; 4) qal’a, qo’rg’on, shahar va hatto biror davlatni o’rab, dushman hujumidan mudofaa qilish uchun quriladigan inshoot. Masalan, XV asrda Toshkent bir necha darvozali keng paxsa devor bilan o’ralgan. XIX asr o’rtalarida Toshkent beklarbegisi ta’mirlattirgan devorning 12 darvozasi va 2 qofqasi (o’rtacha eshigi) bo’lgan. Mil. av. IV—II-asrlarda Xitoyda Buyuk Xitoy devori bunyod etilgan. Buyuk xitoy devori (xitoycha "Vanli changcheng" — "10 ming li uzunligdagi devor"), Saddi Chiniy — Shim. Xitoydagi qal’a devori. Qad. Xitoy me’morchiligining ulkan yodgorligi. Qal’a devori sifatida dastlabki qismi miloddan avvalgi 4—3-asrlarda (tosh va g’ishtdan ishlanib, ichini tuproq bilan to’ldirib, shibbalab) qurilgan. Miloddan avvalgi 2— 1-asrlarda G’arbga tomon 500 km ga uzaytirilgan. Keyinchalik uni qurish va mustahkamlash ishlari (eng muhimi 14—15-asrlar) davom etgan. 1953 yilda Szyuyyunguan qal’asi (Pekin) yaqinidagi qismi ta’mirlangan. B. Buyuk Xitoy devori Szyuyyunguan qal’asi (Gansu viloyatining g’arbi) va Shanxayguan (Lyaodun ko’rfazi qirg’og’i) qal’aqo’rg’oni oralig’ida cho’zilgan; ko’tarilish joylari va tarmoqlari bilan uz. 5000 km ga yaqin (to’liq saqlanmagan). Xitoy arxeolog olimlarining 2001 yildagi ilmiy tadqiqot ishlariga ko’ra, Xitoyning jan.g’arbidagi sun’iy tepalik ham B.Buyuk Xitoy devori ga daxldorligi — uning davomi ekanligi aniqlandi. Bu bilan B.Buyuk Xitoy devorining umumiy uz. 530 km ga ko’paydi. B.Buyuk Xitoy devori ning bal.— 6,6 m (shinaklarining devorlari bilan 8–10 m gacha), kengligi — asosida 6,5 m dan yuqorisida 5 m gacha. Har bir necha yuz metrda soqchilar uchun to’rtburchakli burjlar (balandligi 10–12 m) qurilgan, har 10 km da kuzatish va xabar berish uchun minoralari, tog’dagi muhim o’tish joylarida mustahkam qo’rg’onlari bo’lgan. B. Buyuk Xitoy devori me’moriy yodgorlik sifatida saqlanadi.
Alisher Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostonida B.Buyuk Xitoy devori "Saddi Chin" devori nomi bilan tilga olingan.
Monolit beton va temirbeton hajmining katta qismi nolinchi sikl konstruksiyalarini barpo etish uchun qo‘llaniladi, faqat 20...25% bino va inshootlarning yer usti qismini barpo etish uchun sarflanadi. Monolit konstruksiyalarning eng katta samarasi sanoat bino va inshootlarini qayta qurishda, hamda turarjoy-kommunal ob’yektlarini barpo etishda namoyon bo‘ladi. Monolit betonni qo‘llash temir sarfini 7... 20% ga, betonni sarfini 12% gacha kamaytirish
imkonini beradi. Lekin shu bilan birga ayniqsa qish sharoitida energiya sarfi ortadi, qurilish maydonidagi mexnat sarfi ko‘payadi. Qurilish maydonida monolit temirbetondan bino barpo etishdagi mehnat sarfi yirik panelli binoni barpo etishdagidan 1.65 marta ortiq. Monolit betondan bino qurilishida asosiy ish hajmi qurilish maydonida bajariladi. Yirik panelli o‘y-joy qurilishiga nisbatan beton sarfining 17...19% ga oshishi , yetarli darajada yengil beton ishlatilmasligi , zamonaviy plitali issiq saqlagichlardan foydalan-maslik, va sementni past markalari ishlatilishi bilan bog‘liqdir.
Monolit temirbetondan binolarni barpo etish ularning konstruktiv yechimlarini ma’qulini tanlash imkonini, bo‘linmaydigan-uzluksiz fazoviy sistemalarga o‘tishini, elementlarni birga ishlashini e’tiborga olish va shuni hisobiga kesim yuzasini kamaytirish imkonlarini beradi. Monolit konstruksiyalarda tutashuv joylarini muammosi osonroq yechiladi, issiqlik texnik va izolyatsion xususiyatlari oshadi, ekspluatatsion xarajatlar kamayadi.
Monolit konstruksiyalarni barpo etishdagi majmuali jarayonlarga quyidagilar kiradi:
• tayyorlash jarayonlari – qolip, armatura karkaslarni, armatura- qolip bloklarini tayyorlash va tovar beton qorishmasini tayyorlash. Bu jarayonlar asosan zavodda bajariladi.
• qurilish maydonidagi jarayonlar –qolip va armaturani o‘rnatish, beton qorishmasini tashish va joylashtirish, betonni parvarishlash, qolipni ko‘chirish.
Qolip sistemasi – bu tushunchaga qolip va uni mustaxkamligi va turg‘unligini ta’minlovchi elementlar, maxkamlovchi elementlar va ushlab turuvchi konstruksiyalar, havozalar kiradi.
Qolip va qoliplar sistemasi ayrim elementlarining turlari va vazifasi:
• qolip – monolit konstruksiyalar uchun shakl-forma;
• shchit – qolipning karkas va palubadan iborat bo‘lib, shakl hosil qiluvchi elementi;
• paluba – shchitning shakl hosil qiluvchi ishchi yuzasini tashkil etuvchi elementi;
• qolip panel – qolipning shakl-forma hosil etuvchi tekis elementi bo‘lib, bir nechta tutash shchitlardan iborat va uzaro bog‘lovchi tugunlar va elementlar yordamida bog‘langan bo‘lib aniq tekis yuzani qoliplashga muljallangan;
• qolip bloki – butun holda tayyorlangan tekis va burchak panel va shchitlardan iborat, fazoviy, perimetri bo‘yicha berk element.
Qolip uchun material sifatida alyumin qotishmalari, namga chidamli fanera va yog‘och plitalar, po‘lat, stekloplastik va katta zichlikli to‘ldirgichga ega polipropilen xizmat qiladi. Qoliplarni ushlab turuvchi elementlari odatda po‘latdan, alyumin qotishmalaridan yasaladi, bu esa o‘z navbatida ularni qayta ishlatish imkonini beradi. Qolipning kombinatsiyalashgan konstruksiyalari eng samaralidir. Ular materiallarning o‘ziga xos xarakteristikalaridan yuqori darajada to‘liq foydalanish imkonini beradi. Fanera va plastikdan yasalgan qolipning qayta ishlatilishi 50 marta va undan ortiqga teng, shu bilan birga material va betonni kam adgeziyasi hisobiga konstruksiya yuza sifati ancha oshadi. Po‘latli qolip yasashda, qalinligi
2...6 mm tunuka qo‘llaniladi, bu o‘z navbatida qolipni ancha og‘irlashtiradi. Yog‘och materiallardan yasalgan qolip yuzalari sintetik qoplamalar bilan himoyalanadi. Xozirgi paytda qalinligi 18...22 mm, namga chidamli faneradan yasalgan qoliplar eng keng tarqalgandir. Qoplama qatlam sifatida stekloplastik , qatlamli plastik, viniplast ishlatiladi.
Ayniqsa shishatola bilan armaturalangan plastmassa qoliplar ham qo‘llanilayapti. Ular statik yuklanishda yuqori mustahkamlikka ega va beton bilan ximik mosdir. Polimerdan yasalgan qoliplar boshqa qoliplardan yengilligi, shaklini o‘zgarmasligi va korroziyaga chidamliligi bilan ajralib turadi. Plastmassa qoliplarning kamchiligi – termoishlov berilgandagi harorat 60°S gacha bo‘lganda ularning yuk ko‘taruvchanlik qobiliyati keskin kamayadi.
Metall palubasiga listli polipropilen qoplangan kombinatsiyalashgan qoliplar paydo bo‘ldi. Tok o‘tkazuvchi to‘ldirgichli kompozitlarni qo‘llash betonga issiqlik ta’sirini boshqaradigan isituvchi qoplama olish imkonini beradi.
Qoliplar funksional vazifasi bo‘yicha betonlanayotgan konstruksiyalarni turiga qarab quyidagilarga tasniflanadi:
• vertikal yuzalar uchun, shu jumladan devorlar;
• gorizontal va yotiq yuzalar uchun, shu jumladan ora yopmalar;
• devor va ora yopmalarni bir vaqtni o‘zida betonlash uchun;
• xona va aloxida kvartiralarni betonlash uchun;
• egri chiziqli yuzalarni betonlash uchun (bunda asosan pnevmatik qoliplardan foyda-laniladi).
Devorni betonlash uchun quyidagi ko‘rinishdagi qoliplar qo‘llaniladi: mayda shchitli, yirik shchitli, blok –forma, blokli va sirpanuvchi. Ora yopmalarni betonlash uchun mayda shchitli ushlab turadigan elementlari bilan birgalikdagi qoliplardan va qolip yuzalari yagona qolip blokini tashkil etuvchi, kran bilan to‘liq ko‘chirib o‘rnatiladigan yirik shchitli qolipdan foydalaniladi.

Download 49.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling