Mundarija: Kirish. Asosiy qism


Download 45.83 Kb.
bet2/9
Sana31.01.2023
Hajmi45.83 Kb.
#1142448
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Biskvit

Asosiy qism:
1.Pazandachilik ustaxonasida ish o’rnini tashkil qilish,sanitariya gigiyena talablari texnika xavfsizligi qoidalari.
Ma’lumki, hayot uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarining mo’l-ko’lchiligini ta’minlash, asrash qayta ishlash, isrof qilmaslik kabi masalalar insekundt paydo bo’lgan davrlardanoq dolzarb bo’lib kelgan. Pazandachilikning boshqa san’at tarmoqlari kabi o’ziga xos «janrlari» ham mavjud bo’lib, ular o’zbek pazandachiligida oshpazlik, kabobsozlik, novvoyilik, qandolatchilik, mantipazlik, yaxnapazlik va shu kabilardir. Mana shu pazandachilik janrlarining barchasidan xabardor mutaxassislar umumiy nom bilan pazanda deb yuritiladi. Taom har qanday insonning hayot kechirishi va ishlashi uchun zarur bo’lgan ehtiyojdir. Taom tayyorlash – murakkab va nozik jarayondir. Chunki e’tiborsizlik bilan tayyorlangan taom bemaza bo’lishi, hatto, insonni zaharlishi mumkin. Shu sababli ham insonlar orasida asrlar davomida taom tayyorlash usullari va uni iste’mol qilish bo’yicha o’ziga xos ovqatlanish madaniyati shakllangan. Har bir xalqning o’ziga xos pazandachilik udumlari, urf-odatlari, milliy taomlari yuzaga kelgan. Pazandachilik – keng tarmoqli soha hisoblanadi.
Sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari
Pazandachilikda rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari:

  1. Ovqat tayyorlashni boshlashdan oldin ishlatiladigan elektr (gaz) asboblari va jihozlarning sozligini tekshirish;

  2. Yelektr jihozlarini tok manbaiga ulashda qo’l quruq bo’lishi;

  3. Go’sht qiymalagichda ishlashda unga mahsulotni maxsus moslama bilan surish;

  4. Pichoqni boshqa kishiga dasta tomoni bilan uzatish;

  5. Kastryul yoki qozonda suyuqlik qaynatishda uni to’ldirib yubormaslik;

  6. Suyuqlik qaynab turgan idish qopqog’ini narigi tomonga qaratib ochish;

  7. Tovodagi qizigan yog’ga mahsulotni sekin-asta, tovaning bir chetidan solish;

  8. Qaynayotgan suyuqlikka turli mahsulotlarni sochratmasdan, yehtiyotkorlik bilan solish;

  9. Issiq idish-tovoqlarni maxsus qalpoq, moslama yoki ushlagichlar bilan ushlash.

  10. Oshxonada tagi qiyshiq, bandlari singan, cheti uchgan, siri ko’chgan idish-tovoqlarni ishlatmaslik.

  11. Tayyorlanayotgan taomni uzoq vaqt qarovsiz qoldirmaslik;

  12. Taom tayyor bo’lgandan keyin elektr (gaz) qurilmalarini tarmoqdan uzib qo’yish.



Download 45.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling