Mundarija kirish. Asosiy qism


Download 63.61 Kb.
bet1/11
Sana03.12.2023
Hajmi63.61 Kb.
#1796949
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
n iqtisodiyot kurs ishi



MUNDARIJA

  1. KIRISH. …………………………………………………………3

  2. ASOSIY QISM:

    1. Yo’l xo’jaligida narx shakllanishining o’ziga xos tomonlari.

    2. Smeta xarajatlari

    3. Smeta hujjatlarining tartibi va tarkibi.

    4. Qurilish smeta qiymatining me’yoriy bazasi.

    5. Shartnomaviy narxlar.

    6. Smeta hujjatlarini ekspertiza qilish va tasdiqlash.

    7. Umumiy jami xarajat(Ilova N -1)………… ……………………..38

    8. Yuklarni avtomobil transportida tashish narxi(Ilova N -2)………42

    9. Transport xarajatlarini kal’kulyatsiyasi(Ilova N -3)………… …..44

    10. Lokal smeta hisobi(Ilova N -4)……………………………… ….45

  3. XULOSA…………………………………………………… …..46

  4. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………..47


Kirish
Yo‘l harakati xavfsizligi va ishonchliligi darajasini quyidagilar orqali oshirish nazarda tutilmoqda:
-avtoyo‘llarni harakatlanishni tashkil etishning texnik vositalari bilan jihozlashni davom ettirish, yo‘l harakatini boshqarishning va ular texnik holatini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish;
-ixtisoslashgan oliy va o‘rta-maxsus o‘quv yurtlarida mutaxassislarni ishlab chiqarishdan ajratmagan holda sirtqi tayyorlash kurslarini tashkil etish;
-yetakchi xorijiy o‘quv yurtlarida o‘qitish kurslarini va tajriba almashish bo‘yicha xorijiy kompaniyalarda amaliyot o‘tashni, shuningdek xorijlik mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilgan va taklif etgan holda seminarlar tashkil etish;
-qulay va xavfsiz harakatlanishni ta'minlash uchun avtoyo‘llarni tegishlicha ekspluatatsiya qilish, shuningdek avtoyo‘llarni ekspluatatsiya qilishda yo‘l harakati xavfsizligini va favqulodda vaziyatlarni nazorat qilish bo‘yicha organlar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish tizimini takomillashtirish.
Rivojlangan, zamonaviy yo‘l chetidagi infratuzilmani yaratishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
-yo‘l chetidagi servis va xizmatlarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va arxitektura-landshaft dizaynini yanada rivojlantirish hamda avtomobil yo‘llariga tutash hududlarda transportning bulg‘ashi va tashlanmalarining salbiy ekologik ta'sirini kamaytirish choralari quyidagi yo‘nalishlarni ko‘zda tutadi:
-avtomobil yo‘llarini qurish va qayta qurish loyiha hujjatlari tarkibida ko‘kalamzorlashtirish, arxitektura-badiiy loyihalash va landshaft dizayni ishlarini kiritish;
-ilg‘or zamonaviy texnologiyalar va xalqaro tajribalarning keng qo‘llanilishini hisobga olgan holda tomchilab sug‘orish tizimini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
“O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UK korxonalarining manzarali o‘simliklar ixtisoslashtirilgan ko‘chatxonalarida yetishtirilgan yashil ko‘chatlaridan foydalanishni bosqichma-bosqich kengaytirish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining yashil ko‘chatlar, butalar va gullarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta'minlash.
Yo‘l-qurilish sanoati samaradorligi quyidagilar yordamida oshiriladi:
yo‘l-qurilish sanoatining moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash;
loyiha hujjatlari tarkibiga qurilish va rekonstruksiya qilish uchun zarur yo‘l-qurilish sanoati obektlarini xarid qilishni kiritish;
yo‘l-qurilish sanoatining yangi korxonalarini qurish va amaldagilarini rekonstruksiya qilish;
xorijiy kompaniyalar bilan qurilish materiallar ishlab chiqarish, xomashyo resurslarini qayta ishlash va pudrat kompaniyalari qurilishini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish;
yo‘l-qurilish texnikasiga xizmat ko‘rsatish va uni ta'mirlash uchun zamonaviy ta'mirlash-ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish.
Yo‘l tarmog‘i xodimlarining ijtimoiy himoyasi quyidagilar yordamida amalga oshiriladi:
-poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari, Sog‘liqni saqlash vazirligining klinik kasalxonalarini shartnoma asosida jalb qilish orqali yo‘l tarmog‘i xodimlari salomatligini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va kasbiy tekshirish tizimini yaratish;
-o‘qitadigan va yo‘l xo‘jaligi xodimlari oilalari farzandlariga qaraydigan maktabgacha ta'lim muassasalari, bolalar bog‘chalari va yaslilar tashkil etish uchun binolar qurish, tiklash, ixtisosligini o‘zgartirish va rekonstruksiya qilish;
-yo‘l xo‘jaligi xodimlari oilalari farzandlarini o‘qitadigan va jismonan rivojlantiradigan mavjud bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini tiklash va yangilarini qurish;
-yo‘l tarmog‘i xodimlari uchun xizmat uy-joylari qurish.

Download 63.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling