Mundarija kirish. Asosiy qism


Download 63.61 Kb.
bet7/11
Sana03.12.2023
Hajmi63.61 Kb.
#1796949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
n iqtisodiyot kurs ishi

6.5. Shartnomaviy narxlar


Yo’l xo’jaligida va kapital qurilishda yo’l - qurilish va ta’mirlash ishlarini pudrat usulida bajarishda iqtisodiy boshqaruv uslubining muhim tayanchlaridan biri bo’lgan shartnomaviy narxlariga o’tilgan.
Shartnomaviy narxlar – bu amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq, buyurtmachi va pudratchi tomonidan, bosh loyihachi tashkilot va yordamchi pudratchi tashkilotlar ishtirokida binolar, inshootlar, korxonalar, ishga tushiriluvchi komplekslarni qurish uchun aniqlangan narxdir.
Shartnomaviy narxlarga o’tishdan ko’zda tutilgan maqsad - qurilishni normativ muddatlarda amalga oshirish, qurilayotgan obyektlarning texnikaviy saviyasini ko’tarish, yo’l-qurilishi mahsulotining resurstalabligini va uning qiymatini kamaytirishdan iborat. Shartnomaviy narxlarning asosiy hususiyati shundaki - ular narxlar shakllanishining eng muhim ikki tamoyili - umummajburiy smeta me’yorlari va baholari qo’llanilishiga asoslangan, markazlashgan smeta me’yorlashtirish tamoyili va konkret obyektda qurilish-montaj ishlarini bajarishning real shart-sharoitlarini har tomonlama hisobga olish tamoyillarini birlashtirish asosida yaratiladi. Shartnomaviy narxning asosida qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati yotadi. Undan tashqari uning tarkibiga pudratchi faoliyatiga tegishli bo’lgan boshqa xarajatlarning va qurilish obyektining umumlashma smeta hisob-kitobida hisobga olinadigan, pudratchi qurilish tashkiloti faoliyatiga tegishli ko’zda tutilmagan ishlar va xarajatlar rezervining bir qismi qo’shiladi.
Konkret ish turi yoki konstruktiv element uchun shartnomaviy narxni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:
SdogqSsmr+Ppr+Rg
Bu yerda:
Ssmr-limitlangan xarajatlar, shu jumladan, vaqtinchalik binolar va inshootlarga, SNiP me’yorlarida hisobga olinadigan, qurilishni tashkillashtirish loyihasida ko’zda tutilgan smeta me’yorlaridan ortiq, ishlarni qish mavsumida bajarilganda bo’ladigan qo’shimcha xarajatlar, ko’chib yuruvchi elektrostansiyalar elektr energiyasidan foydalanilganda elektr energiyaga bo’ladigan xarajatlardagi farq, tashib keltiriladigan materiallarni transportirovka qilish qiymatining farqi, yuklashtushirish ishlariga qo’shimcha xarajatlar va boshqalar hisobga olingan holda aniqlangan obyekt smetasi bo’yicha qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati;
Ppr-buyurtmachi tomonidan kompensasiya qilinadigan, qurilishmontaj ishlari tarkibiga kirmaydigan boshqa ishlar va xarajatlar; shu jumladan:
Mehnatga haq to’lashning akkord tizimini qo’llash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar; ko’chib yuruvchi qurilish-montaj tashkilotlari ishlovchilariga qo’shimcha to’lovlar; qo’shimcha ta’tillar berish bilan uzoq muddat hizmatlari uchun to’lanadigan haq bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar; tashkiliy ravishda ishchilarni ishga olish bilan bog’liq xarajatlar; pudratchi tashkilot ishlovchilarini boshqa qurilishlarga komandirovka qilishga bo’ladigan xarajatlar.
Loyihada ko’zda tutilgan ilmiy tekshirish va tajribalarga xarajatlar; qurilish-montaj ishlarini vaxta uslubida bajarish uchun qo’shimcha to’lov.
Ba’zi materiallarning ulgurji va chegaraviy narxlari orasidagi farqlar. Undan tashqari boshqa ishlar va xarajatlar tarkibiga ishlarni yuqori su’ratlarda olib borish va qurishni yangidan o’zlashtirilayotgan rayonlarda olib borish bilan bog’liq bo’lgan pudratchining qo’shimcha xarajatlari ham kiritiladi.
Rp-umumlashma smeta qiymatining hisob-kitoblarida hisobga olingan ko’zda tutilmagan ishlar va xarajatlar uchun belgilangan umumiy rezerv mablag’larning bir qismi; bundan buyurtmachi tomonidan yetkazib beriladigan materiallar, buyumlar va konstruksiyalar qiymatiga to’g’ri keladigan summa mustasno.
Shartnomaviy narxlar tarkibiga smetada aniqlangan, lyokin pudratchi faoliyatiga tegishli bo’lmagan xarajatlar kiritilmaydi: yer maydoni ajratilishini rasmiylashtirish xarajatlari; inshoot o’qlarini belgilab chiqish, yangi yerlarni o’zlashtirish xarajatlarini qoplash, egallab turilgan yerlar uchun kompensasiya, bino va inshootlarni buzish, obyektlarni o’z vaqtida yoki muddatidan oldin ishga tushirilishini mukofotlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar; aftorlik texnik nazoratiga xarajatlar, loyiha va izlanish ishlari qiymati.
Ko’zda tutilmagan ishlar va xarajatlar uchun rezervning bir qismini shartnomaviy narxlarga kiritish rezervning funksional vazifasi bilan bog’liq bo’lib, u pudratchi tashkilotning ishlarini bajarish uslubining o’zgarishi, smetada ko’zda tutilgan katta xarajatlar talab qiluvchi qurilish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanish oqibatida yuzaga keladigan qo’shimcha xarajatlarini qoplashga yo’naltiriladi.
Shartnomaviy narxlarga rezerv mablag’lar bir qismini kiritishning iqtisodiy ma’nosini obyektlarni o’z vaqtida ishga tushirishga topshirilishiga erishish uchun mavjud rezervlardan foydalanishda qurilish tashkilotining manevrligini ta’minlash, iqtisodiy mustaqillikni kengaytirish va o’z faoliyatining natijalari uchun iqtisodiy javobgarlikni oshirishdan iborat.
Rezervning bu qismi loyihaning ishchi hujjatlarini ishlab chiqish bosqichida o’zgartirishlar kiritilishi, qurilish jarayonida ilgari ishchi xizmatlar va smetalarda hisobga olinmagan ishlar aniqlanishi sababli smeta qiymatlariga aniqliklar kiritilishi tufayli pudratchi tashkilotning qo’shimcha xarajatlarini qoplashga xizmat qiladi. Ko’zda tutilmagan ishlar va xarajatlar rezervi avval boshda aniqlangan smeta qiymatining stabilligini ta’minlash, ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlanishi va u erishgan natijalarni ishlab chiqarishga joriy etilishi bilan bog’liq bo’lgan, iqtisodiy jihatdan asoslangan xarajatlarni qoplashga yo’naltirilgan iqtisodiy dastgohdir.
Shartnomaviy narxlar pudrat shartnomalari tuzish uchun hamda, bajarilgan ishlar, pudratchi tomonidan qilingan, loyiha-smeta hujjatlarida, texnik iqtisodiy asoslash va texnik - iqtisodiy hisobkitoblarda ko’zda tutilgan xarajatlar uchun hisob - kitoblarga asosdir. Qurilish-montaj ishlarining hajmi va tarkibida o’zgarish sodir bo’lmasa, shartnomaviy narxlar butun qurilish davri mobaynida o’zgarmasligi lozim.
Loyiha yechimlarini takomillashtirish natijasida obyektning ishchi hujjatlar smetalarida aniqlangan smeta qiymati bilan shartnomaviy narxlar farqidan tejam hosil bo’lishi mumkin. Bu tejamning 25 foizi davlat byudjetiga yo’naltiriladi. Tejamning qolgan qismi (75 foizi) bosh pudratchi tomonidan qurilish, montaj va loyihachi tashkilotlarga har birining qurilish bahosini kamaytirishga qo’shgan hissasini hisobga olgan holda taqsimlab beriladi. Pudratchi qurilish tashkilotlari tejamdan olingan ushbu mablag’ni iqtisodiy rag’batlantirish fondlariga yo’naltiradilar.
Agar ishlarning haqiqiy qiymati va xarajatlar shartnomaviy narxdan ortib ketsa, narxlar qayta tasdiqlanmaydi, qo’shimcha xarajatlar esa bajaruvchi tashkilotlar ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatlari natijalariga o’tadi.
Shartnomaviy narxlarni loyihaning umumlashma smeta hisobkitoblari asosida (loyihalashtirishning birinchi bosqichi) yoki amaldagi smeta me’yorlari va narxlar tizimiga qat’iyan rioya qilingan holda ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar (loyihalashtirishdan avvalgi bosqich) asosida aniqlanadi.
Shartnomaviy shartlarni muvofiqlashtirishga asos bo’luvchi loyihasmeta hujjatlari majburiy ravishda davlat ekspertizasidan o’tkazilishi va ekspertiza natijasiga muvofiq ravishda to’g’rilanib chiqilishi kerak.
Umumlashma smeta hisob-kitobiga loyiha tashkiloti tomonidan tuzilgan qurilish tarkibiga kiruvchi barcha obyektlar bo’yicha, hamda butun qurilish bo’yicha shartnomaviy narxlar vedomostlari ilova etilishi kerak. Bu vedomost buyurtmachi va loyiha tashkilotining shartnomaviy narxlar darajasi bo’yicha taklifi bo’ladi (uzil -kesil). Qat’iy shartnomaviy narxlar buyurmachi, pudratchi va loyiha tashkilotlari o’rtasidagi kelishuv asosida aniqlanadi.
Agar loyiha yechimlarini takomillashtirish bo’yicha takliflar pudratchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilsa va joriy qilinsa, shartnomaviy narxlar kamaytirilmaydi.

Download 63.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling