Mundarija Kirish Badiiy-muhandislik qismi
BUYUM MODELLARIGA KONSTRUKTIV TA'RIF
Download 0.67 Mb.
|
SHaxnoza.BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modelning qisqacha tasnifi Modelning homaki rasmi Detallar nomi
- Material tanlash va asoslash
BUYUM MODELLARIGA KONSTRUKTIV TA'RIF
Material tanlash va asoslash Ayollar ko'ylaklarini tikishda qo'llaniladigan gazlamalarni ishlab chiqarishda sifatli tolalardan, ya’ni tabiiy, sintetik tolalar va ularni aralashmalaridan foydalaniladi. Gazlamalarni sifatini quyidagi ko'rsatkichlarga qarab ajratiladi: matoni uzilish ko'rsatkichi, yuvganda kirishishi, rangini o'zgarishi, havo o'tkazishi va h.k. Ularga bezak va rang berish jarayonida zamon talablariga javob berishi maqsadga muvofiq. Ko'ylak bop ip gazlamalar. Bu gazlamalarning gigiyenik xususiyatlari (nam va havo o'tkazuvchanligi va boshqalar) yaxshi, tashqi ko'rinishi chiroyli: mustahkamligi, turli deformatsiyalar ta’siriga chidamliligi yuqori, oson yuviladi. tez quriydi, yaxshi dazmollanadi. Biroq ular ko'p g'ijimlanadi, ishqalanishga chidamliligi kam, yuvilganda kirishadi. Bu xususiyatlarni yaxshilash uchun ip gazlamalar paxta va sintetik tolalari aralashmasidan ishlab chiqarilyapti. Ko'ylaklar uchun ip gazlamalar quyidagilarga bo'linadi: yozgi, kuzpi-bahorgi va qishki. Yozgi kiyimlarga mo'ljallangan gazlamalar yupqa, yengil. havo o'tkazuvchanligi yuqori bo'lib, quyidagilar kiradi: chit, satin, markezit. volta, maya. vual, xom surp va hokazo. Chit va xom surplar ohorlash, bosib gul tushirish usulida bezakli qilib, o'chmaydigan bezakli, bosma gulli, sidirg'a qilib ishlab chiqariladi. Yozgi faslga mo'ljallangan ip gazlamalar yuza zichligi 60-130 g/ m2 bo'ladi. Kuzgi-bahorgi (mavsumiy) fasllarga mo'ljallangan ip gazlamalar rang-barang gulli va sidirg'a to'qilgan murakkab to'qima gulli (jakkard va hokazo) qilib ishlab chiqariladi. Bu guruhdagilar yozgi gazlamalarga nisbatan bir oz qalin bo'lib. yuza zichligi 100-220 g/ m‘ bo'ladi. Mavsumiy ko'ylaklarga mos keladigan gazlama turlari quyidagilar: shotlandka, sherstyanka, kashemir, poplin, tafta va hokazolar. Ko'ylakbop gazlamalarning qishki turlaridan issiq yaxshi saqlashlik xususiyati talab qilinadi. Shuning uchun bu guruhdagi gazlamalar apparat yigirish usulida olingan iplardan sirti taralgan tukli qilib ishlab chiqariladi. Bu guruhga flanel. bumazeya, bayka nomli paxmoq tuzilishdagi gazlamalar kiradi. Qishki kiyimlar uchun bir tomonida va ikki tomonida tuki bor, tekis bo'yalgan bosma gulli va rang- barang gulli gazlamalar ishlatilaldi. Qish fasliga mo'ljallangan ip gazlamalarning yuza zichligi 140-360 g/m2 bo'ladi. Sun’iy ipakni qo'shib ishlab chiqarilgan ip gazlamalarning tandasida paxta tolasidan olingan ip, arqog'ida esa viskoza yoki atsetat yaltiroq kompleks iplari ishlatiladi. Bu gazlamalar yirik va mayda gulli o'rilishda ishlab chiqariladi. Shu sababli bu gazlamalarning sirtida ajoyib tovlanuvchi naqsh hosil bo'ladi. Yuza zichligi 95-110 g/ n Jun gazlamalar. Bularga tabiiy jun va yarim-jun gazlamalar kiradi. Tabiiy jun gazlamalar o'zining issiqni saqlash xususiyati bilan afzal. Ular mustahkam va mayin bo'ladi, lekin yuvishga chidamsiz, suvda kirishadi. Sof junli ko'ylakbop gazlamalarning katta qismini yuqori uzilishga ega bo'lgan iplardan mayda o'rilishda to'qilgan jilvali “krep” nomli gazlamalar tashkil,qiladi. Pardozlanishi - oqartirilgan yoki sidirg'a rangli. Yarim jun gazlamalar polotno, sarja, mayda va yirik gulli o'rilishda ishlab chiqariladi. Pardozlanishi - sidirg'a rangli, turli rangdagi iplardan yo'l-yo'l yoki kataksimon naqshda to'qilgan va gul bosilgan bo'ladi. Bu gazlamalarning katta qismi sarja o'rilishdagi klassik-kashemir” nomli gazlamalar tashkil qiladi. Ularning yuza zichligi 100 -270 g/ m2. Yarim-jun gazlamalar jun tolalari va kimyoviy tolalar aralashmasidan iborat (viskoza, kapron, lavsan, nitron). Bu esa ularni sifat ko'rsatkichini yaxshilaydi, ya’ni suvda kirishishi kamayadi, mustahkamligi oshadi. Lekin mayinlik xususiyati kamayadi. Yarim jun ko'ylaklik gazlamalarda junning miqdori 18-80 %, lavsan tolasining miqdori 20-50 % tashkil etadi. Sintetik tolalarni (lavsan, nitron, kapron) yarim jun gazlamalarga qo'shilishi natijasida ularning sitiluvchanligi yo'qoladi, yirtilishiga chidamliligi ortadi, ishqalanishga sof jun tolalarga nisbatan chidamliligi ortadi. Yarim jun gazlamalarning yuza zichligi 150-320 g /m2 . Ipak gazlamalar. Ipak gazlamalarini ishlab chiqarish uchun turli xom ashyolar, jumladan tabiiy ipak, sun’iy va sintetik birikkan iplar, sun’iy va sintetik tolalardan olingan iplar kiradi. Barcha ipak gazlamalarning umumiy hajmiga nisbatan tabiiy ipak iplaridan olinuvchi gazlamalarning miqdori faqat 2-3 % ga yetadi. Biroq bu gazlamalarning nafisligi, mayinligi, tashqi ko'rinishining chiroyligi, yuqori gigiyenik xususiyatlari boshqa tolali ipak gazlamalaridan yuqoridir. Tabiiy ipak gazlamalarning xususiyatlari ko'p vaqt davomida uncha o'zgarmaydi ham. Bu guruhning katta qismini krepdeshin, krep-jorjet, krep-shifon nomli gazlamalar tashkil qiladi. Bu gazlamalarni ishlab chiqarishda yuqori yechilishga ega bo'lgan (krep) iplardan foydalaniladi. O'z navbatida bu iplar chiziqli zichligi 1,56; 2,33 va 3,23 teks bo'lgan xom ipak iplaridan pishitib olinadi. Gazlamalarning o'rilishi polotno bo'lsa ham, tarkibida krep iplari ishlatilgani tufayli, ularning sirtida mayda donli naqsh hosil bo'ladi. Krep gazlamalari oson cho'ziladi, qiyshayib ketadi, iplari to'kiladi. Shu sababli ularni to'quvchilikda ishlatish qiyin. Pardozlash turlari - sidirg'a rangli, oqartirilgan va gul bosilgan bo'ladi. Tabiiy ipak gazlamalarning yuza zichligi 25-190g/ . Tabiiy ipakdan sirti silliq bo'lgan gazlamalar ham olinadi. Polotno o'rilishda va atlas o'rilishida to'qilgan milliy gazlamaga xon-atlas kiradi. Polotno xom, oqartirilgan va kam miqdorda gul bosilgan holda pardozlanadi. Xon-atlaslar esa abr usulida turli ranglarga bo'yalgan iplardan to'qiladi. Tukli gazlamalarga baxmal kiradi. U ipak tolasidan yigirib olingan iplardan tanda tukli o'rilishda ishlab chiqariladi. Tabiiy ipak iplariga boshqa iplarni qo‘shib to'qilgan gazlamalarning soni uncha ko‘p emas. Bu gazlama arqog'ida tabiiy ipakli krep iplari, tandasida esa kapron yoki atsetat kompleks iplari ishlatiladi. Tukli baxmallarni to'qiganda asosi tabiiy ipakdan, tuki esa viskoza iplaridan ishlab chiqariladi (velyur-baxmal. naqshli velyur-haxmal). Sun'iy iplardan to'qilgan gazlamalar assortimentning eng ko‘p sonli guruhini tashkil qiladi. Ularni ishlab chiqarishda atsetat kompleks, viskoza kompleks iplari, hajmdor, shakldor va zarsimon iplar qo'llaniladi. Tabiiy ipakdan to'qilgan gazlamalarga qaraganda bular ancha og'ir, qalin, g'ijimlanuvchan va kirishuvchan bo'ladi. Ularning yuza zichligi 126-208 g/m bo'ladi. Ularga namlab-isitib ishlov berganda tola tarkibini hisobga olish kerak. Silliq sun’iy gazlamalar bichish to'shamasida sirpanib, qiyshayib va cho'zilib ketadi, iplari to'kiladi. Ana shu xossalari bichish va tikish jarayonlarida hisobga olish kerak. Zig'ir tolali gazlamalar. Zig'ir tolali gazlamalar yaxshi gigiyenik xususiyatlarga ega. Ular issiq, bug' va suvni tez o'tqazadi, namlikni tez shimadi va tez qaytaradi. Ularning ishqalanishga chidamliligi katta, ular yengil yuviladi va dazmollanadi. Zig'ir tolali gazlamalarning kamchiliklari quyidagicha: ular tez g'ijimlanadi, bichish va tikishda ma’lum qiyinchiliklar bor - bichish mashinalarning pichoqlari va tikuv ignalari tez-tez o'tmas bo'lib qoladi. Ko'ylak va kostyumbop gazlamalar guruhiga ko'ylak, yozgi kostyumlar, xalat va boshqa kiyimlami tikish uchun mo'ljallangan gazlamalar kiritilgan. Ko'ylakbop zig'ir tolali gazlamaning yuza zichligi 100-220 g/ m2, kostyumbopniki 250-290 g/ nr bo'ladi. Sof zig'ir tolali gazlamalar guruhiga kiradigan kiyinbop gazlamalarning soni kam. Ularning chiziq zichligi 45-85 teksga teng bo'lgan iplardan atlas yoki mayda o'rilishda sirg'a rangli, ayrim oq va oqartirilgan holda ishlab chiqariladi. Yarim zig'ir tolali kiyimbop gazlamalarning soni va turlari ko'p. Ularning tola tarkibida zig'ir tola bilan paxta, lavsan, kapron, viskoza tolalari kiradi. Ko'ylakbop gazlamalar mayda gulli o'rilishlarda ishlab chiqariladi. Trikotaj matolar.Trikotaj matolarning afzalligi ularning mayinligi ishqalanishga chidamliligi va yuqori qayishqoqligidadir. Ularning burmabopligi. g'ijimlanmasligi, issiqni saqlash qobiliyati va gigiyenik xususiyatlari juda yaxshi. Shuning bilan birga trikotaj matolarning cho'ziluvchanligi va chetlari buralgani sababli ularni bichish va tikish jarayonlari qiyinlashadi. Ayollar ko'ylak, kostyum va bluzkalari uchun momiqday mayin junsimon jakkard o'rilishdagi chipor to'qilgan matolar, sirtida tuk bo'lgan va tukli o'rilishdagi baxmalsimon matolar. hajmdor kapron ipidan olingan shoyisimon matolar, to'rsimon matolar va hokazolar qo'llaniladi. Trikotaj matolaming yuza zichligi 237-326 g/ m bo'ladi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling